Zbekiston respublikasi oliy va o‘


Fanning maqsadi va vazifalari


Download 0.57 Mb.
bet5/18
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1123429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Sherkulov Sh 1- KURS DASTURI

Fanning maqsadi va vazifalari

Fanni o`qitishdan maqsad – doktorantga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o`rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilish.


Fanning vazifalari – doktorantni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo`lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko`maklashish; ular ongiga milliy istiqlol g`oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to`g`risida amaliy ko`nikmalarni hosil qilish.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

«Iqtisodiyot nazariyasi» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida izlanuvchi:


- iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi;
- iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo`llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni), iqtisodiy muammolar bo`yicha yechimlar qabul qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi;
- iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar to`plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo`lishi kerak.

  • iqtisodiy ta’limotlar tarixi tushunchasi va asoslari, iqtisodiy ta’limotlar manbalari, tamoyillarni va omillari, iqtisodiy g‘oyalar va ijtimoiy konsepsiyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • iqtisodiy taraqqiyotga olib kelgan g‘oyalar va iqtisodiy siyosatning mazmunini; iqtisodiy rivojlanishning yuksalish va sustlashuv sabablarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • iqtisodiy ta’limotlarni oddiydan murakkabga tomon rivojlanish jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, iqtisodiy muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

  • chiziqli va kvadratik funksiyalar;

  • regressiya parametrlarini EKK usulida hisoblash;

  • Gauss-Markov teoremasi va EKK usuli yordamida hisoblangan parametrlar taqsimoti;

  • tasodifiy xatolik dispersiyasini hisoblash;

  • ko‘p omilli regressiya modeli va dinamik qatorlar regressiyasini hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling