„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti
Kapital olib chiqish va olib kirish, qo„shma tadbirkorlik
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida
Kapital olib chiqish va olib kirish, qo„shma tadbirkorlik.
Tashqi iqtisodiy aloqalar ko‗pincha bizga tovarlarni olib kirish va olib chikish, ipmort va eksport shaklida namoyon bo‗ladi. Lekin, zamonaviy iqtisodiyetda olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlar katoriga kapital ham
7
Hamedov I.A., Alimov A.M. O‗zbekiston Respublikasi tashki iktisodiy faoliyati asoslari. T.: Uzbekiston yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot jamg‗armasi» nashriyoti, 2001, 13-bet
kiritiladi. Kapitalning xalqaro harakati-kapitalni chet elda foyda olish maqsadida joylashtirish va ishlatishdir. Bunda «kapital» termini zaminida faqat ishlab chiqarish omili sifatida kapitalning o‗zi emas, qisman mehnat, yer, tadbirkorlik qobiliyati ham tushuniladi, chunki chet elda kapital sarflanganda ularni bir-biridan ajratish anchayin qiyin 8 . Chet elga kapital chiqarish (kapital olib chiqish) shunday bir jarayonki, uning davomida bir mamlakatning milliy muomalasida bo‗lgan kapitalning bir qismi chiqarib olinadi, turli shakllarda (mahsulot, pul) ikkinchi bir davlatning ishlab chiqarish jarayoniga, muomalasiga kiritiladi. Kapitalning xalqaro harakati mamlakatlar o‗rtasidagi kapitallar migratsiyasidan iborat bo‗lib, o‗z egasiga daromad keltiradi. Kapitallar chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: 1.Xususiy va davlat kapitallari shaklida; 2.Pul va tovar shaklida; 3.Qisqa muddatli (odatda 1 yilgacha), o‗rta uzoq muddatli shakllarda; 4.Ssuda va tadbirkorlik kapitallari shaklida. Ssuda kapitali mulk egasiga ko‗pincha qo‗yilgan pul, zayom va kreditlar bo‗yicha foiz shaklida, tadbirkorlik shaklidagi (tadbirkorlik kapitali) kapital esa foyda tarzida daromad keltiradi. Kapitalning chet elga chiqishiga asosiy sabab uning o‗z mamlakatida - donor mamlakatda nisbatan ko‗pligidir. Bu xol yanada ko‗proq daromad topishga, kapitalni chet elga joylashtirish natijasida ham dividend, ham foiz shaklida foyda olishga imkon beradi. Kapital olib chiqish jarayonini uning u yoki bu qirrasini aks ettiruvchi mezonlarga bog‗liq ravishda sinflarga ajratish mumkin. Kapital harakati manbalari nuqtai nazaridan, hukumatlararo kelishuvlarga mos ravishda e‘tiborli davlat organlari qaroriga binoan davalt budjetidan rasmiy moliyaviy resurslarni olish (bu tipga xalqaro tashkilotlar mablag‗lari ham mablag‗lari ham kiradi) jarayoni yoki hususiy, huquqiy va jismoniy shaxslarning tuzilgan shartnomalari asosidagi investitsion faoliyati natijasida kapital eksportiga ega bo‗lamiz. Iqtisodiy mazmuniga bog‗lik ravishda bo‗sh turgan mabla/lar tadbirkorlik kapitali (ma‘lum miqdordagi foydani divident ko‗rinishida olish huquqiga ega bo‗lish maqsadida ishlab chiqarishga mablag‗ qo‗yishga asoslangan) va ssuda kapitali (foiz olish maqsadida qarz oluvchmga pul mablag‗i berishni ifoda etadi) ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. Muddatidan kelib chiqadigan bo‗lsak qisqa (bir sutkadan bir yilgacha), o‗rta (bir yildan besh yilgacha) va uzoq (besh yildan ortiq) muddatli kapital qo‗yilmalar bo‗lishi mumkin. Aniq bir muddatni tanlash tuzilayotgan shartnoma shartlari bilan aniqlanadi.
8 Shodiyev R.X., Mahmudov E.R. Jahon iktisodiyoti, Toshkent, G‗. G‗ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi, 2005 yil 66- bet.
Va, nihoyat, foydalanish maqsadiga ko‗ra, kapital qo‗yilmalari to‗g‗ri va portfel investitsiyalariga bo‗linadi. To‗g‗ri investitsiyalar kapital ko‗yilgan obyektni boshqarish (nazorat qilish) ni nazarda tutadi, portfel investitsiyalar esa kapital qo‗yilayetgan obyekt qimmatli qog‗ozlari (aksiyalar, sertifikatlar, polislar kabilar)ni sotib olish va emissiya qilishda o‗z aksini topadi hamda faqatgina foyda olish huquqini kafolatlaydi. Jahon xizmatlar bozorining rivojlanish jarayonida kapital olib chiqishning ko‗rsatib o‗tilgan sinflashda keltirilgan turli xil ko‗rinishlari orasidagi chegaralar «yo‗qolib bormokda». Xalqaro hamkorlikning Yangi ko‗rinishlari: konsalting, lizing, forveyting va boshqalar tashqi iqtisodiy aloqalarning savdo, valyuta, kredit, axborot sohalari chegarasida keng tarqala boshladi. Kapitalni bir mamlakatdan boshqa mamlakatga olib o‗tish avvalo olib chiqayotgan mamlakat ichki iqtisodiy rivojlanishining uning tashqi savdosi o‗sishi bilan taqqoslaganda ildam borishi bilan bog‗langan. Lekin shu bilan birga tashqi iqtisodiy faoliyat shakli sifatida kapitalni olib kirish va olib chiqish o‗zaro boglangan va quyidagi xizmatlar tufayli bir-birini shartlaydi: kapitalni tovar shaklida olib chiqish mashinalar, uskunalar, ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlarni yetkazib berishni anglatadi; kapitalni olib chiqish - asosan kreditor mamlakatda tovar xaridi uchun taqdim etiladigan kreditlardir. Agar tashqi savdo hajmlari ko‗paysa, demak, kapitalni olib o‗tish o‗sgan, ya‘ni kapital eksporti tovarlarni xorijga olib chiqishni rag‗batlantirish vositasiga aylangan.
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling