„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Dunyoda tinchlik o„rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Bozor munosabatlariga o„tishning inson tafakkuriga ta‟siri.
- 2. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha sohalardagi ma‟naviy yangilanish va tafakkur o„zgarishidagi o„rni va ahamiyati.
5.Dunyoda tinchlik o„rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy- siyosiy hamkorlik g„oyalarining ustuvor ahamiyati. Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa, globallashgan dunyo voqeligi shundan dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir davlatdagi mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib ketmaydi. Bir qancha sabablarga ko‗ra, bunday mojaro nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar. Bu esa ertamikechmi, qo‗shni davlatlar uchun talay salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi, jiddiy muammolarni ko‗ndalang qilib qo‗yishi, hatto, mintaqadagi vaziyatni butunlay izdan chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mojaroning yashirin va oshkora tarzda baynalmilallashuvi tanglikni chuqurlashtiradi. Chunki turli maqsadlarni ko‗zlaydigan va tanglik mavjud bo‗lgan hududda o‗z manfaatlarini ta‘minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt shay turadi. Markaziy Osiyoning ba‘zi mamlakatlari o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritib, taraqqiyot sari qadam tashlayotgan hozirgi sharoitda ham jahondagi ma‘lum bir siyosiy kuchlar, mafkuraviy poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geosiyosiy mavqega ega bo‗lgan bu mintaqani o‗z manfaatlari doirasiga tortish harakatlaridan to‗xtagani yo‗q. Ular o‗z maqsadlariga erishish uchun ta‘sir va bosim o‗tkazishning barcha shakllarini qo‗llamoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‗zaro munosabatlari jarayoniga to‗sqinlik qilish, ularda turli sabablarga ko‗ra (masalan, transchegaraviy daryolar tufayli) birbiriga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‗otish kabi mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish holatlari sodir bo‗layotganini ta‘kidlash mumkin. Shu maqsadda mintaqada tarixan shakllangan ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, ma‘rifiy aloqalarni izdan chiqarish, do‗st va qardosh davlatlar, xalqlar va millatlar o‗rtasiga nizo solish, keskinlik o‗choqlarini keltirib chiqarish uchun turli g‗oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmoqda. Ayniqsa, xalqlarimiz dunyoqarashi va ma‘naviyatida islom dinining mustahkam o‗rin egallaganidan foydalanib, ularga islomiy "saboq" berish, islomni qayta tiklash bayrog‗i ostida mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan qo‗poruvchilik harakatlari sodir etilmokda. Aslida "fundamentalizm" va "ekstremizm" g‗oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‗zlangan maqsad diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‗oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxiroqibat esa hokimiyatni qo‗lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bo‗lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‗lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash g‗oyasiga ham zo‗r berilmoqda. Ana shu yo‗lda islom fundamentalizmi vakillari, hatto diniy e‘tiqod darajasida, inson qalbi ma‘naviy boyligining ajralmas qismi bo‗lgan milliy o‗ziga xoslikni "qurbon" qilish g‗oyasidan ham toymayapti. Aynan ana shu xattiharakatlar bugungi kunda o‗z mavqeidan butunlay mahrum bo‗lgan marksizmleninizm ta‘limotini eslatib turadi. Masalan, Rossiyada marksistlarning eng jangari oqimi bolsheviklar millati va irqidan qat‘i nazar, dunyoda yashayotgan barcha xalqlarni birlashtirish g‗oyalarini ilgari surib, terror yo‗li bilan hokimiyatni qo‗lga kiritgan edi. Ularning asosiy fojialaridan biri ham milliy va diniy omillar hamda tadrijiy taraqqiyot tamoyillari ahamiyatini tan olmaganlarida edi. Shuning uchun ham ular tarixda zo‗ravon ekstremistik g‗oyalar targ‗ibotchi va amaliyotchilari sifatida nom qoldirdi. Bugun diniy ekstremizm hamda fundamentalizm tarafdorlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‗poruvchilik hamda terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yo‗l va uslublarga tayanmoqda. Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mintaqamiz, xususan, mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug‗dirayotganini Prezidentimiz teran anglab, bu qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda 1999 yil fevral fojialari sodir etilmasdan ikki yil oldin Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov "O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli fundamental asarida shunday deb yozgan edi: "Ko‗plab siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar XX asr oxirida yuz bergan "islom uyg‗onishi", "qayta islomlanish", "islom fenomeni" va boshqa turlituman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, e‘tiborni jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog‗i ostida ro‗y berayotgan hodisalar g‗oyat xilmaxil, ko‗p qirrali, ba‘zan ziddiyatli va hatto qaramaqarshi qutbli ekanligiga qaratmoqchiman. Shu bilan birga, aniqravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba‘zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko‗zga tashlanmokda. Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o‗ta keskin ko‗rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi insoniyatni cho‗chityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar anchamuncha to‗planib qolgan. O‗zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta‘minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug‗dirmoqda" . Bu fikr haqiqat bo‗lib chiqdi. Ekstremistlar 1999 yilning 16 fevralida o‗zlarining qora niyatlariga erishish maqsadida Toshkentda qo‗poruvchilikni amalga oshirdi. Bu qo‗poruvchilik harakatlari orqasida katta kuchlar borligi ayon bo‗lib, ularning maqsadi, Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, xalqimizning tinchligini buzish, qo‗rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchini so‗ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarga zarba berishdan iborat edi. Xo‗sh, nima uchun bu fojialar O‗zbekistonda sodir etildi, uning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarga ta‘siri bo‗lishi mumkinmidi? Buning asosiy sababi shuki, yurtimizda olib borilayotgan siyosatning yutuqlari jahon jamoatchiligi tomonidan e‘tirof etilmoqda. Nisbatan qisqa davr ichida O‗zbekiston ijtimoiysiyosiy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‗lgan, ma‘naviy meros va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarini ustuvor soha darajasiga qo‗tara olgan mamlakatga aylandi. Xalqining Prezideshta, davlatga ishonchi nihoyatda mustahkam bo‗lgan O‗zbekiston Markaziy Osiyoda barkarorlikni ta‘minlash va mintaqa davlatlarining o‗zaro integratsiyalashuvi jarayonida yetakchilik qilmoqda. Xuddi mana shu goyat muhim ahamiyatga ega bo‗lgan omillar xalqimiz va mamlakatimiz taraqqiyotining dushmanlarini vahimaga solmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikning naqadar zarurligi, umummintaqaviy mafkuraviy tamoyillarga ehtiyoj O‗zbekistonning bu jarayondagi o‗rni va roli naqadar katta ekanligi Qirg‗izistonda, uning janubida, O‗sh va Jalolobod hududlarida ro‗y bergan mojarolar misolida yanada yaqqol namoyon bo‗ldi. Turli muammolar va mojarolar iskanjasiga tushgan bu joylardan hayoti xavf ostida qolgan 150 mingdan ortiq qochoqlar mamlakatimizdan o‗z yurtlariga qaytib ketganlariga qadar boshpana topdilar. Markaziy Osiyoni "yoqib" yuborish mumkin bo‗lgan urush xavfining oldi olindi, mamlakatimiz aholisi hayotida Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi g‗oyalari ustuvor bo‗lgan milliy istiqlol g‗oyasining qadri va ahamiyati namoyon bo‗ldi. Agar mintaqada dushmanlarimiz mo‗ljallagan maqsadlar amalga oshsa, bu nafaqat bizda, balki butun mintaqa davlatlarida ham ko‗plab salbiy jarayonlar sodir bo‗lishiga sabab bo‗lishi, mintaqaviy munosabatlarga o‗zining ulkan salbiy ta‘sirini o‗tkazishi mumkin edi. G‗animlarning amalga oshirgan harakatlari bilan ko‗zlagan maqsadiga yetmadi va yetolmaydi ham. Umuman, Markaziy Osiyo xalqlari o‗zaro hamkorligi va do‗stligining ahamiyatini alohida ta‘kidlash lozim. Chunki, mintaqa tub xalqlarining ma‘naviy ildizlari bir, ruhi, turmush tarzi yaqin, ular ana shu boy manbadan birdek bahra oladi. Shu ma‘noda, ular birligini mustahkamlash umummintaqaviy ma‘naviy yuksalishga ijobiy ta‘sir etishi shubhasiz. Bu jarayonga qarshi qaratilgan har qanday mafkuraviy ta‘sir yoki terroristik harakatlar umummintaqaviy qarshilikka uchramog‗i va barbod bo‗lmog‗i lozim. Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afgonistonda davom etayotgan urush ham alohida o‗rin egallab turibdi. Qirq yildan buyon davom etib kelayotgan harbiy mojarolar oqibatida umuminsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg‗oniston xududi xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurolyarog‗ va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi o‗chog‗i bo‗lib qoldi. Bu esa turli zararli g‗oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika yo‗li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‗dirmoqsa. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon hayotga bo‗lgan ishonch e‘tiqodni mustahkamlash yo‗lida xavfxatarlarning oldini olish uchun muttasil ogoh bo‗lib yashash, birgalikda kurash olib borish mintaqa xalqlari uchun hayotiy zaruratga aylanib qoldi. Shu ma‘noda, Uzbekistonning "6+3" tamoyilini ko‗llash to‗g‗risidagi tashabbusi muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi uchrashuvlari umumiy xavfsizlikni ta‘minlash, mintaqa xalqlarining o‗zaro do‗stligini mustahkamlash va mavjud iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu ma‘noda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi xalqlarning xavfsizligiga daxl qiluvchi tajovuzlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi hamjihatligini mustahkamlash, ularning bu yo‗ldagi sa‘yharakatlari, imkoniyatlari, salohiyatlarini muvofiklashtirish va birlashtirish, ayniqsa, muhim. Xullas, bugungi qunda mintaqaning mafkuraviy manzarasini sog‗lomlashtirish, umumiy xavfsizlikni ta‘minlash bilan bog‗liq muammolarni hal etish mintaqadagi barcha mamlakatlarning istiqbolini ham bir qadar belgilab beradi. Shu bilan birga, bu mintaqada yashayotgan xalqlarning azaliy hamkorligi va yaqinligini mustahkamlash ham o‗ta muhim ahamiyatga molik masala bo‗lib qolaveradi. Xuddi shuningdek, mintakaga qarshi qaratilgan mafquraviy ta‘sirlarga qarshi kurashni kuchaytirishda umummintaqaviy hamjihatlikni mustahkamlashning ahamiyati ham oshib boraveradi. Adabiyotlar 1. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019. 2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 3. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 4. Karimov . O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xafsizlikka tahdid, barqororlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‗zbekiston, 1997. 5. Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‗lida. T. 6. – T., 1998. 6. Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‗z qo‗limiz bilan quramiz. -T.7. T.: «O‗zbekiston», 1999. 7. Karimov I.A. Rus provaslav cherkovi Toshkent va O‗rta osiyo yeparxiyasining 125 yilligiga bag‗ishlangan tantanali majlis ishtirokchilariga tabrigi. – Toshkent: 1996. 13 noyabr 8. Karimov I.A.Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining10 yilligiga bag‗ishlangan tantanali majlis qatnashchilariga tabrik xafsizlik va tinchlik uchun kurashamiz.10 jild –T: ―O‗zbekiston‖, 2002. 9. Karimov I.A. O‗zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaydi. -T.: O‗zbekiston, 2005. 10. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. -T.: O‗zbekiston, 2005. 11. O‗zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo‗lishi. – T. : O‗zbekiston, 1992 . 12. Ubaydullayev R. Bekmurodov M. Prioritet lichnostnogo razvitiya Pravda Vostoka, 2004, 13 fevral‘ 13. Vladimir (Ikim). Ma‘naviyatning gullashi. Mustaqillik va dinlararo totuvlik // demokratlashtirish va inson huquqlari. 1999. №3-4. 14. Saidov A.X. Religioznaya tolerantnost i svetskaya gosudarstva a Uzbekistan po prav cheloveka, 2002. 15. Ochildiyev A. Millatlararo totuvlik- barqarorlik va taraqqiyot omili. –T .: ―Akademiya‖, 2005.. 12-20-bet. 16. Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007. 9- Мa‟ruza. Tafakkur o„zgarishi va ma‟naviy yangilanishda milliy g„oyaning roli Reja: 1. Bozor munosabatlariga o‗tishning inson tafakkuriga ta‘siri. 2. ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyili, uning barcha sohalardagi ma‘naviy yangilanish va tafakkur o‗zgarishidagi o‗rni va ahamiyati. 3. ―Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch‖ asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati. 4. Milliy o‗zlikni anglash va ma‘naviy yuksalishning strategik va taktik vazifalari. Tayanch so„zlar. Bozor munosabatlariga o„tishning inson tafakkuriga ta‟siri. Tafakkurga jamiyat, maktab, oila va tarbiyani amalga oshiruvchi boshqa omillar ta‟sirining o„zaro nisbati. Milliy g„oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o„rni. Milliy g„oya qonun ustivorligiga asoslangan demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy omili. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va jamiyat hayotini modernizatsiyalashning g„oyaviy asoslari. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha sohalardagi ma‟naviy yangilanish va tafakkur o„zgarishidagi o„rni va ahamiyati. 1.Bozor munosabatlariga o„tishning inson tafakkuriga ta‟siri. Dunyoda yangi jamiyatni barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimi-ni shakllantirishning tayyor andozasi yo‗q. Bu borada hatto ja-hondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‗la-to‗kis qo‗llash qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi va taraqqiyot tamoyillari boshqa davlatnikiga aynan o‗xshamaydi. Ba‘zi mamlakatlarda yaxshigina samara beradigan g‗oyaviy tamo-yillar o‗zga davlatlarda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin. Shu bois yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin taraqqiyot tamoyillari tanlab olinayotganida rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan birga, xalqimizning tarixiy qadriyatlari, mentaliteti, turmush va tafakkur tarzi, milliy davlatchilik an‘analari, xalqimiz boshidan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi. Vatanimiz mustaqillikni qo‗lga kiritgach, hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz tabiati va dunyoqarashiga yot bo‗lgan mustabid tuzum va uning mafkurasi barham topdi. O‗z umrini o‗tab bo‗lgan eski mafkura o‗rnida yangi ijtimoiy munosabatlar, xalqning asl maqsadmuddaolarini ifoda etuvchi ilg‗or va bunyodkor ta‘limot milliy istiqlol g‗oyasi shakllandi. Yurtimizda shakllanayotgan yangi g‗oyalar tizimining asoslari qanday yaratildi? Ushbu yo‗nalishdagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat? Prezident Islom Karimovning asarlarida, ayniqsa, «Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch" kitobi va "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da ushbu savollarga to‗liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor ko‗pdanko‗p siyesiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy vazifalarni amalga oshirishni takrzo etmokda. Insoniyat tarixida ro‗y bergan turli voqealar, islohotlar va tub burilish jarayonlarining tahlili shundan dalolat beradiki, hech bir mamlakatda yangi jamiyat barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimini shakllantirish, birdaniga, bir kunda amalga oshib qoladigan oddiy hodisalar emas. Balki bu har bir davlat va jamiyat hayotida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviyma‘rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan muddatda ro‗y beradigan o‗zgarishlarning natijasidir. Ma‘lumki, sobiq totalitar g‗oya va yakka mafkura tizimi yangi jamiyat qurish talablariga mos kelmasligi tabiiy edi. Shu sababdan ham o‗tgan yillarda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo‗lgani kabi, g‗oya va mafkura sohasida ham tub o‗zgarishlar ro‗y berdi. Mazkur jarayonning mazmunmohiyatini belgilaydigan asosiy jihatlar mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlar va o‗zgarishlar bilan uzviy bog‗liq. Bu, avvalo, sobiq ittifoqning parchalanishi va mamlakatimiz mustaqilligining qo‗lga kiritilishi tasodif yoki "fojia" emas, balki totalitar tuzum va kommunistik mafkuraga xos ko‗plab ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ziddiyatlar asosida sodir bo‗lgan qonuniyat ekanidan dalolat beradi. Shu ma‘noda, mustaqillik oson va o‗zo‗zidan qo‗lga kiritilmagan, ya‘ni O‗zbekistonning istiqloli kimningdir in‘omi emas, balki muttasil kurashlar natijasida qo‗lga kiritilgan ulkan tarixiy yutuqdir. Mamlakatimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab o‗zi uchun bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo‗lini aniq belgilab oldi. Bu xalqimiz va jamiyatimiz tarixi hamda bugungi hayotini belgilaydigan tadrijiy xususiyatlarni chuqur o‗rganish va tahlil qilish, hozirgi zamonda butun dunyo va O‗zbekistonda ro‗y berayotgan jarayonlarning kelajagini oldindan ko‗ra bilish asosida tanlab olingan taraqqiyot yo‗lidir. Mazkur taraqqiyot yo‗li, o‗z navbatida, islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab, boshqa mamlakatlarda turli sohalarda ro‗y bergan shoshmashosharlik va buzilishlarning oldini olish imkonini berdi, demokratiyaning xalqarb andozalari hamda milliy an‘analarga sodiqlikning asosiy omili bo‗ldi. Shu ma‘noda, O‗zbekistondagi bugungi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati barpo etishda ham ana shunday omillar ta‘sirini, mazkur jarayonning samarali kechishini taminlayotgan bunyodkor g‗oyalar ahamiyatini anglab olish nihoyatda muhim. Zero, yangi g‗oyalar tizimining shakllanishi respublikamiz milliy mustaqillikka erishganidan buyon uzluksiz ro‗y berayotgan barcha ijtimoiyiqtisodiy, siyosiyhuquqiy va ma‘naviyma‘rifiy islohotlarning asosiy bo‗g‗ini, ularning mazmunmohiyatini belgilovchi mezonlardan biridir. Bu jarayon dastlabki yillarda sobiq ittifoqqa xos bo‗lgan totalitar tuzum, yakka mafkuraga asoslangan siyosatning tanazzuli, fikr qulligi va qaramligiga tayanadigan ijtimoiy tafakkur tamoyillaridan voz kechish sifatida ro‗y berdi. O‗sha davrda jamiyatda ana shu tuzum o‗rnida shakllanayotgan yangi davlat va jamiyatning tarkibiy qismlarini yaratish, bunda yangi g‗oyalar tizimiga xos bo‗lgan umuminsoniy andozalar va milliy xususiyatlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan edi. Mustaqillikni mustahkamlash jarayoni bu vazifalarni muttasil hal qilish, g‗oyaviy tarbiya ishlarini doimiy olib borish, o‗sibunib kelayotgan yosh avlod mafkuraviy immunitetini uzluksiz shakllantirib turishni zaruratga aylantirdi. Mamlakatimiz rivojlanishiga xos g‗oyaviy tamoyillarning hayotbaxshligi taraqqiyotning o‗zbek modelini amalga oshirishda yaqqol namoyon bo‗ldi. Jahonda tan olingan bu modelning ratsional mag‗zi jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion tadrijiy ravishda isloh etish g‗oyasini bosqichmabosqich amalga oshirishni nazarda tutadi. Uning ko‗pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma‘nodagi yangi jamiyatni barpo etish modelidir. Bu borada jahon tajribasida mavjud bo‗lgan Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy kabi mamlakatlarning taraqqiyot modellari ko‗proq iqtisodiy modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas. Ushbu mamlakatlarning birortasida, iqtisodiy islohotlar davrida, milliy davlatchilikni, madaniy meros va ona tilini qayta tiklash singari masalalar ham dolzarb bo‗lmagan (faqat Janubiy Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan). Ulardan farqli ravishda, o‗zbek modeli iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish bilan birga, davlat qurilishi, jamiyatni demokratiyalashtirish, mulkdorlar sinfini, xususan, o‗rta sinfni shakllantirish, kadrlar tayyorlash, madaniy meros va ma‘naviyat bilan bog‗liq boshqa ko‗plab sohalarni qamrab oladi. Bu uning o‗ziga xos ustuvor xususiyatlaridan biri bo‗lib, uni amalga oshirishda jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyili muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 2. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha sohalardagi ma‟naviy yangilanish va tafakkur o„zgarishidagi o„rni va ahamiyati. "Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari" dasturiy vazifasining mazmunmohiyati shundan iboratki, jamiyatning ijtimoiysiyosiy, ijtimoiyiqtisodiy qudrati mustahkamlanib, jamiyatning siyosiyhuquqiy madaniyat saviyasi yuksalib borgani sari mamlakatni isloh qilishning tanlab olingan shakli mantig‗ining o‗zi mamlakatni kelgusidagi demokratik yangilanish borasidagi vazifalar va eng avvalo, boshqarishda fuqarolarning rolini kuchaytirish borasidagi vazifalarni ilgari sura boshlaydi. Bu, birinchi navbatda, davlatning rolini bosqichmabosqich va izchil kamaytirib borish hamda bir vaqtning o‗zida fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari — mahallaning vazifalari va vakolatlarini kengaytirish, aholining turli qatlam hamda guruhlari manfaatlarini ifodalovchi va himoyalovchi siyosiy, ijtimoiy institutlarning rolini oshirishga doir masalalarga tegishli. Shunisi ham o‗ta muhimki, ular markazda va joylarda davlat hokimiyatini shakllantirishda, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda fuqarolar ishtirokini kengaytirish masalalariga ham tegishli. Aholining keng qatlamlari qo‗llabquvvatlaydigan, xalq orasida chuqur ildizga ega bo‗lgan mustaqil, mustahkam, barqaror, ixcham turlituman fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish ham O‗zbekistonda rivojlangan bozor iqtisodiyoti bilan demokratik jamiyat qurishning eng muhim tarkibiy qismiga aylanmoqsa. Xalqning an‘analari va madaniyatini aks ettiruvchi,asrlar davomida shakllangan o‗zini o‗zi boshqarish tajribasi zamonaviy demokratik jarayonlarga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatmoqda. 2008 yilning yanvaridan kuchga kirgan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‗g‗risida"gi Konstitutsiyaviy qonun bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Mazkur qonun mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‗lidan izchil va olg‗a qarab borishida yana bir muhim qadamdir. Umuman olganda, O‗zbekistonda o‗zining yangilanish va taraqqiyot modeli asosidagi davlat va jamiyat qurilishi tizimini rivojlantirish quyidagilarga imkon yaratdi: birinchidan, ijtimoiysiyosiy va ijtimoiyiqtisodiy tizimni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarining bosqichmabosqichligi va izchilligini ta‘minlash; ikkinchidan, milliy an‘analar va qadriyatlarni avaylabasrashni ko‗zda tutuvchi milliy davlatchilikni tiklash; uchinchidan, huquqiy davlat qurilishining ustuvor yo‗nalishlari, vazifalari va tamoyillarini belgilash hamda davlat va jamiyat institutlari tizimining yanada shakllanishi, mustahkamlanishiga ko‗maklashish; to‗rtinchidan, ta‘sirchan ko‗ppartiyaviylik tizimi va boshqa jamoat tashkilotlarini vujudga keltirish, davlat markaziy organlarining ayrim vakolatlari va vazifalarini mahalliy hokimiyat organlari, ijtimoiy tuzilmalar, fuqarolarning o‗zinio‗zi boshqarish organlariga bosqichmabosqich va izchil o‗tkazishni ko‗zda tutuvchi "Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini hayotga joriy qilish. Bir so‗z bilan aytganda, mamlakatimizda siyosiy sohadagi islohot va modernizatsiya strategiyasini amalga oshirish erkin saylovlar va siyosiy partiyalarning jahon andozalari va jamiyatimiz taraqqiyoti tamoyillariga mos yangi tizimi shakllanishiga olib keldi. Bu o‗tkazilayotgan islohotlarning tizimliligi, izchilligi va uzviy bog‗liqligini ko‗rsatib turibdi. Jamiyat hayotida yangi goyalar tizimini shakllantirishning asosiy tamoyillari orasida umuminsoniy jihatlar va milliy xususiyatlarga tayanish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon ana shu ikkita omil asosida amalga oshayotganligi va ularning har biriga xos rivojlanish qonuniyatlarini o‗zida uyg‗unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan mamlakatimizga xos yangi g‗oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib turadi: 1) tarixiylik, ya‘ni shu sohada insoniyat taraqqiyotining hozir gi davrgacha o‗lgan yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqi mizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy faoliyati natijalaridan, milliy qadriyatlari, ma‘naviy boyliklari va an‘analaridan unumli foydalanish; tizimlilik jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, ma‘naviyma‘rifiy sohalarida amalga oshirilayotgan o‗zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash; ijtimoiy o‗zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‗tmishdan bugun orqali kelajak tomon uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy jihatlar va xususiyatlarga ega bo‗lganlarini ajratib olish, tanlash va ularni hayotga tadbiq etish; umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham yangi g‗oyalar tizimi shakllanishida muhim o‗rin tutadi. Jamiyatimizni yangilashda, bir tomondan, yurtimiz tarixi, milliy an‘analar va xalqimizning o‗tmishda to‗plagan tajribasi, ikkinchi tomondan esa, bugungi dunyoda ro‗y berayotgan o‗zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, avvalo, O‗zbekistonni jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va xalqaro munosabatlarning teng huquqli a‘zosi sifatidagi o‗rni, mavqeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‗lmoqda; yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi ko‗pmillatlilik va ko‗p konfessiyalik sharoitida jamiyatning barcha a‘zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‗rikenglik tamoyiliga ham asoslanadi. Bu tamoyil istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakat hayotini demokratlashtirish va liberallashtirishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas; an‘anaviylikka tayanish va yangilanishga intilish tamoyili ham O‗zbekistonda yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonining tarkibiy qismidir. Ya‘ni, O‗zbekiston misolida yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonini ilmiyfalsafiy nuqtai nazardan o‗rganish, uning birbiri bilan uzviy aloqador tushunchalar, chunonchi, "an‘ana va yangilanish", "inkor va vorislik" bog‗lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‗rsatadi. Xuddi shu ma‘noda, istiklol , ning dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz hayotiga xos o‗zgarish va yangilanishlar jarayonining asosiy tamoyillari sifatida "Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik", "O‗tmishni yozg‗irishdan ko‗ra ezgulik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik yo‗lidan og‗ishmasdan borish» to‗g‗risidagi xulosalar asos qilib olingani bejiz emas. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi (2010 yil) "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi" haqidagi ma‘ruzasi bu borada yangi bosqichning boshlanganini anglatadi. Ushbu Konsepsiya hozirgi davrda jamiyatimizni bosqichmabosqich yangilash, mamlakatni isloh etish va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‗rin olishiga xizmat qiladigan jarayonning umumiy tamoyillari va xususiyatlariga asoslangan yaxlit tarixiy hujjatdir. U istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlarning mantiqiy natijasi, jamiyat hayotini yangilash yo‗lidagi muhim qadamdir. Konsepsiyada o‗tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‗zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishilgani, yurtimizning ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‗lida qanday sur‘atlar bilan rivojlanib borayotganiga alohida e‘tibor qaratildi. Bu borada xalqimiz oldiga qo‗ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya‘ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotning barqaror o‗sishini ta‘minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallash borasidagi sa‘yharakatlarga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berildi. Mazkur Konsepsiyaning tahlili bugungi kunda mamlakatimizda yangi g‗oyalar tizimining shakllanishi yana quyidagilarda namoyon bo‗layotganidan dalolat beradi: qonunchilik hokimiyati bo‗lmish parlamentning roli va ta‘sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‗rtasida yanada mutanosib, barqaror muvozanatga erishish; hokimiyatning barcha tarmoqlari qatori sudhuquq tizimini yanada liberallashtirish; demokratik yangilanish jarayonini chuqurlashtirish va fukarolarning erkinliklarini ta‘minlash, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining o‗rni hamda ahamiyatini yanada oshirish; bu jarayonning muhim sharti ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo‗yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirish; bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kuchli ijtimoiy himoya siyosatini yanada samaraliroq amalga oshirishga erishish. Ushbu Konsepsiyani amaliyotga tadbiq etishda quyidagilarga e‘tiborni oshirish zarur. Birinchidan, bu borada mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga molik. Bu esa yurtimizda barpo etilayotgan jamiyatda hokimiyatning barcha tarmoqlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolik institutlari faoliyatining samarasini oshirishga jiddiy e‘tibor qaratilayotganini anglatadi. Bu, o‗z navbatida, yuksak siyosiy madaniyatga ega bo‗lishni, hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o‗z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg‗unlashtirishni talab qiladi. Ikkinchidan, jamiyatimizdagi turli manfaatlar, xilmaxil kuchlar va harakatlar o‗rtasidagi muvozanatni ta‘minlaydigan samarali mexanizmni takomillashtirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma‘nodagi ijtimoiy sherikchilik tamoyilini qaror toptirish ham dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko‗rsatishi uchun yanada kengroq shartsharoit yaratish, hokimiyatning konstitutsiyaviy bo‗linish tamoyiliga qat‘iy amal qilish, jamiyat a‘zolarining barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini, tashabbus erkinligini ro‗yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlarni ishga solish islohotlarjarayonining tarkibiy qismiga aylandi. Bu mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, qonun ustuvorligi tamoyili asosida ishni faol tashkil qiladigan, o‗z mohiyatiga ko‗ra, jamiyatning olg‗a siljishiga xizmat qiladigan samarali tizimni yanada takomillashtirish demak. To‗rtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining faoliyat doirasini kengaytirish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquqi va nufuzini oshirishni ko‗zda tutadigan "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" konsepsiyasini amalga oshirish zaruratini yanada chuqurroq anglash, bu borada mamlakatni yanada demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish lozim. Bu hech qaysi zamonda osonlikcha hal bo‗lmaydigan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‗zgarishini taqozo etadigan, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan serqirra va murakkab jarayon. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling