„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‟oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega.
- Mazmuni-mohiyatiga ko‟ra namoyon bo‟lish shakliga qarab, g‟oyalarning asosiy turlari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-siyosiy g‟oyalar;
- Diniy g‟oya va mafkuralar
- 2. Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari. «Mafkura» tushunchasi mazmuni.
- Birinchidan
- Mafkuralar ma‟no-mohiyatiga ko‟ra bunyodkor g‟oyalar va mafkuralar 1) falsafiy, 2) dunyoviy, 3) diniy ta‟limotlar asosida yaratiladi.
- Monarxiya
Inson - ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya‘ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam (bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, his-hayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya‘ni mantiq fani o‘rganadi). Falsafaning oltin qoidalaridan biri - til va tafakkur birligidir. Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘zlar bilan ifoda-lanadi; ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bil-ganmiz. Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta‘limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta‘sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa- da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. g‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta‘sir ko‘rsatgan nazariya, ta‘limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql- zakovat, iste‘dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Sokrat va Platon, Konfutsiy va Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir. G‟oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlam-lariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta‘sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e‘tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi. Har bir narsaning o‘z ibtidosi va intihosi bo‘ladi. G‘oyalar ham o‘z «umri»ga ega. Ular ham ma‘lum makonda va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo‘shishi, kishilarning ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi ham mumkin. g‘oyaga ta‘rif berish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarini sanab o‘tish lozim bo‘ladi. g‘oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, g‟oya deb, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta‘sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‘vor fikrga aytiladi. G‟oyalarning turlari. Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san‘at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivoj-lantiradi. Ma‘lum ma‘noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi. Mazmuni-mohiyatiga ko‟ra namoyon bo‟lish shakliga qarab, g‟oyalarning asosiy turlari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-siyosiy g‟oyalar; siyosiy g‟oyalar. ilmiy g‟oyalar; bunyodkor g‟oyalar; vayronkor g‟oyalar; diniy g‟oyalar; falsafiy g‟oyalar; badiiy g‟oyalar; milliy g‟oyalar; umuminsoniy g‟oyalar va hokazo. Ijtimoiy-siyosiy g‟oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o‘lmas g‘oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlab, ularni o‘z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan. Ilmiy g‟oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. Ilmiy g‘oyalar - ilm-fan sohasida biron bir sensatsion yangilikni ilgari surish orqali uni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi urinishlar. G‘oyalarning «hayoti» ularning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, boshqa g‘oyalar bilan o‘zaro munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g‘oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g‘oyalar misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo‘linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-Aristoteldan tortib, o‘rta asr Ulug‘bek astronomiyasigacha dunyoning markazi Yer deb hisoblab kelganlar; Yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta‘limoti ham o‘z davrining eng ilg‘or ilmiy g‘oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo‘linishini, koinot markazi Yer emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko‘plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A.Eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.S.Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g‘oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko‘p ilmiy g‘oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televidenie va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo‘ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiq-lanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g‘oyalar bilan o‘rin almashaveradi. Vayronkor g‟oyalar esa xalqlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. O‘rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bo‘lgan g‘ayriinsoniy g‘oyalar shular jumlasidandir. Yovuz g‘oya va mafkuralarning eng ko‘p tarqalgan shakli: aqidaparastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda G‘arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo‘ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Aqidaparastlik, qanday shaklda bo‘lmasin, hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdek xatarlidir. O‘rta asrlarda G‘arbdagi aqidaparastlik mafkurasi bo‘lgan inkvizitsiya cherkovning mutlaq hukmronligini o‘rnatib, hur fikr rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ldi. Galiley va Kopernik kabi yuzlab buyuk aql-zakovat sohiblari ana shunday aqidaparastlik ta‘qibiga uchraganlar, Jordano Bruno ilmiy qarashlari uchun jaholat qurboni bo‘lgan. Sharqda esa Imom Buxoriy, Ibn Sino singari buyuk allomalar ham turli tazyiqlarga duchor bo‘lganlar. Mansur Xalloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab singari hur fikrli zotlar esa qatl etilgan. Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg‘or g‘oyalar tug‘ilaveradi. Buzg‘unchilik g‘oyalarining vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo‘ladi. Shunday ekan, ya‘ni doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashamoq hayotning asosiy zarurati bo‘lib qolaveradi. Demak, falsafada ilmiy bilishning asosiy shakllariga: ilmiy g‟oya; muammo; gipoteza; nazariya; ilmiy oldindan ko‟rishlar tashkil qiladi; Diniy g‟oyalar deb, har bir diniy ta‘limot va oqimning asosini, diniy iymon-e‘tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Diniy g‟oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o‘zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya‘ni iymon-e‘tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi. Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to‘g‘risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, hindlarning diniy tasavvurlariga ko‘ra, jon ko‘chib yuradi, bu hayotda u insonda bo‘lsa, keyingi hayotda boshqa jonzotga o‘tishi mumkin. Ilohiy zotlar haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib monoteistik - yakkaxudolik g‘oyasi asosidagi dinlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan. Yakkaxudolik g‘oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa jahon dinlari - xristianlik va islomda o‘z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi g‘oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan. Falsafiy g‟oyalar har bir falsafiy ta‘limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘g‘risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o‘rab turgan dunyoni bilish jarayonida, kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to‘plangan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma‘no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi. Insoniyat tarixida turli xalqlarning aql-zakovat sohiblari, dono faylasuf va ilohiyotchilari turfa xil g‘oyalar yaratganlar. Ammo falsafiy g‘oyalar haqida gap ketganda, jahon falsafiy fikri rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan o‘zbek mutafakkirlari yaratgan merosni yodga olmaslik mumkin emas. Forobiyning fozil shahar to‘g‘risidagi, tasavvuf daholarining komil inson haqidagi, Ibn Sinoning tana va ruh munosabatiga oid, Alisher Navoiyning adolat va insoniylik borasidagi teran fikrlari falsafiy g‘oyalarning yorqin namunasidir. Badiiy g‟oyalar - adabiyot va san‘at asarining asosiy ma‘no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladigan etakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi, o‘quvchida muayyan taassurot uyg‘otadi. Abadiy qahramonlarni sevish, ularga ergashish hollari ham ana shu asosda ro‘y beradi. Badiiy ta‘sir vositalari juda katta kuchga ega. Inson va jamiyat ongini o‘zgartirishda, shaxs ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazishda, odamlarni harakat va junbushga keltirishda badiiy adabiyot va san‘atning ahamiyati beqiyosdir. Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib etish, xalqning ongi va qalbiga singdirishda ham bular muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 2. Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari. «Mafkura» tushunchasi mazmuni. Har qanday nazariya yoki ta'limot bir tizimga solingan g'oyalar majmuidan iborat bo'ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch- e'tiqodning asosini ham g'oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaat hamda maqsadlari ham g'oyalarda ifoda etiladi. O'z oldiga qo'ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo'l va vositalar bilan erishmoqchi bo'layotgani haqidagi g'oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyat milliy g'oyasining asosini tashkil etadi. Mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'-naviy tamoyillarini ifoda etadigan g'oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha bo'lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun'iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o'ta siyosiylashadi, aholini o'zaro qarama-qarshi qilib qo'yadi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko'zlagan davlatlarda milliy g'oya aholining barcha qatlamlarini jipslangtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo'lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi. Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muammolari, manfaatlari, orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir bo‘lib, G‘arb davlatlari va rus tilidagi ilmiy adabiyotlarda ―Ideologiya‖ atamasi bilan ifodalanadi. Bu atama ilk bor 1797 yilda fransuz inqilobi davrida faylasuf va iqtisodchi Destyut de Trasse tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. U 1815-yilda yozgan ―Ideologiya elementlari‖ nomli kitobida ―ideologiya‖ so‘zini falsafiy tushuncha sifatida ishlatgan. Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logos - ta‘limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta‘limotni anglatadi va ikki xil ma‘noda ishlatiladi: - g‘oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi. - muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta‘rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman» (Asarlar, Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. 89-bet). «G‘oya» va «mafkura» tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak. Sababi: Birinchidan, mafkura g‘oyaga nisbatan mazmunan kengroq tushunchadir. Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish yoki o‘zgartirishga qaratilganlik, ya‘ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy tarkibda mavjud bo‘lishini, mafkuraning o‘zagini tashkil etadi. Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g‘oya faqat ma‘lum bir mafkuraviy qarashlar doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik, yo‘naltiruvchilik salohiyatini, jozibadorlik kuchini namoyon qila olishi mumkin. Mafkuraning nazariy manbalari: 1. Mafkuraning falsafiy ildizlari. 2. Mafkuraning dunyoviy ildizlari. 3. Mafkuraning diniy ildizlari haqida so‘z yuritish mumkin. Mafkuralar ma‟no-mohiyatiga ko‟ra bunyodkor g‟oyalar va mafkuralar 1) falsafiy, 2) dunyoviy, 3) diniy ta‟limotlar asosida yaratiladi. Turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi. Mafkuraning elementlari: mo‘ljal, emotsiyalar, xulq-atvor hisoblandi, ular o‘ziga xos individual va jamoaviy xarakterlarga ega. Mafkuraning funksiyalari: integratsiyalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, ta‘sirchanlik, tarbiyaviy, tashkillashtiruvchi, gnoseologik, praksiologik, prognostik, baholash (qadriyatli), futurologik (bashorat qilish), himoya qiluvchilarga bo‘linadi. Mafkuraning shakllari: anarxiya, monarxiya, totalitarizm, liberalizm, demokratiyaga bo‘linadi. Аnarxiya (yun. anarchia - hokimiyatsizlik, beboshlik) — rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat to'g'risidagi ta'limot. Monarxiya (yun. monarchia - yakka hokimlik) — hokimiyat bir kishining qo‘lida bo‘lgan davlat boshqaruvi shakli. Liberalizm (lot. liberalis) — 1) dastlabki ma'nosi — hur fikrli, erkin shaxs. Murosasoz ma'nosini ham anglatadi; 2) liberalizm izdoshi va tarafdori) - 17-18-asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan va fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy erkinliklarga oid asosiy qoidalarni e‘lon qilgan g'oyaviy va ijtimoiy-siyosiy oqim. Totalitarizm (lot. totalis — yaxlit, to'liq) — 1) davlat boshqaruv shakllaridan biri (totalitar davlat). Totalitarizmda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, to'la (total) nazorati o'rnatiladi, konstitusiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning (mas., harbiylarning yoki bir partiyaning) yakkahokimligigaso'zsiz bo'ysuniladi, muholafat va o'zgacha fikrlovchilar qatag'on qilinadi (mas., 20-asrning 20-yillari oxiridan boshlab fashistlar Italiyasidagi, nasistlar Germaniyasidagi Totalitarizmning turli shakllari, SSSRdagi kommunistik rejim, Ispaniyadagi frankizm va b.); 2) etatizm, avtoritarizmni oqlovchi siyosiy tafakkur yo'nalishi. 20-asrning 20-yillaridan Totalitarizm Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy mafkurasiga aylangan.Liberal va totalitar mafkuralar o‘zaro ziddiyatlidir. Demokratiya (yun. demos — xalq va kratos - hokimiyat) — fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o'rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilann inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: ko'pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitusiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning bo'linishi, davlat boshlig'i va vakolatli organlarning saylab qo'yilishi. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yig'ilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yo'li bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qo'yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Demokratiyada asosiy e‘tibor inson manfaatlariga qaratilganligi bois unga asoslangan mafkura ustivor ahamiyat kasb etadi. 3. Milliy g‟oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‟lish xususiyatlari. Insoniyat taraqqiyoti biron-bir jamiyatning ezgu g'oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. Milliy g'oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo'ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g'oyalarni singdirib kelganlar. Masalan, zardushtiylik dinining «Avesto» kitobidagi g'oyaviy konsepsiya – «Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal» tamoyili buning yorqin dalilidir. Milliy g'oya o'z mohiyatiga ko'ra, xalq, millat taqdiriga daxldor, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo'lgan vazifalar va mo'ljallarni ham aks ettiradi. O'z davrida (1941-1945 yillarda) fashistlar bosib olgan Fransiyada ―qarshilik ko'rsatish‖ g'oyasining milliy g'oya darajasiga ko'tarilgani va bu mamlakat ozod etilishi bilan o'z ahamiyatini yo'qotgani fikrimizga dalil bo'la oladi. Muayyan g'oyaning milliy g'oya sifatida maydonga chiqishi millatning mavjud holati bilan bevosita bog'liqdir. Chunki, ana shu negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo'lgan maqsad-muddaolari va mo'ljallarini to'g'ri ifodalay olishi mumkin. Har bir xalq o'z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning o'zagini tashkil etadigan, o'ziga xos birlashtiruvchi yadro vazifasini o'taydigan ijtimoiy g'oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. Mamlakatimiz uchun milliy g'oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz yangi jamiyat qurish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi xilma-xil qarashlar shakllanishi mumkin. Bunday sharoitda millat va jamiyatning parokanda bo'lib ketishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Aks holda siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o'z ahamiyatini yo'qotadi, mustaqillik yo'lida g'ovlar paydo bo'ladi. Ba'zi sobiq ittifoq davlatlarida jamiyatning bir-biriga qarama-qarshi turuvchi kuchlarga bo'linib ketgani yoki ayrim qo'shni mamlakatlarda mahalliychilik zaminida jamiyatni bo'lib yuborishga urinishlar bo'layotgani ham ana shuning oqibatidir. Birinchi Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek: «Oldimizga qo'ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo'lish, g'oyaviy bo'shliq paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, begona va yot g'oyalar xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda». Mamlakatimizda erkin, huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, Milliy g'oyani jamiyatimiz a'zolari ongiga singdirishda madaniy-ma'rifiy muassasalarning o'rni beqiyosdir. Ushbu tashkilotlar orqali milliy g'oyada ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilab berilgan qadriyatlar targ'ibotiga e'tibor qaratish, ushbu jihat xalqimizning milliy o'zligini anglab, mustaqillikni mustahkamlash ishiga kamarbasta bo'lishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, g'oya, ya'ni maqsad ko'p hollarda amaliyotdan ilgari yuradi. Avval muayyan g'oya jamiyat a'zolarining umumiy maqsadi sifatida ilgari surilib, so'ng ushbu maqsadni bajarish uchun amaliy faoliyat boshlanadi. Shu jihatdan ham milliy g'oya o'zligimizni anglab ijtimoiy taraqqiyot va barqarorlikni ta'minlashimiz yo'lida muhim omil bo'lib xizmat qiladiki, ushbu ishlarni amalga oshirishda ma'naviyat sohasi xodimlarining faoliyati muhim o'rin tutadi. ―Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch‖ asarida ta'kidlangan quyidagi fikr mazkur yo'nalishdagi faoliyat uchun asosiy mezondir: ―Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo'yish, ularni yangi bosqichga ko'tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat‖. Shunday qilib, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g‘oyadir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling