Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.49 Mb.
bet13/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

Kitob (monografiya) bir muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron-bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishining jarayoni natijasidir. Monografiya hajmi bo‘yicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy-nazariy yoki ilmiy-uslubiy ishdir. Monografiya alohida kitob tarzida nashr etiladi. Monografik turdagi tadqiqotlar qatoriga o‘rganilayotgan muammo muhimligi bo‘yicha fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyani ham kiritish mumkin. Dissertatsiya kitob sifatida nashr etilmaydi. Uning to‘liq matni bilan dissertatsiya himoyasi bo‘layotgan muassasaning kutubxonasi, milliy kutubxona yoki boshqa kutubxonalarda tanishish mumkin. Har bir dissertatsiya muallifi hajmi risolaga teng alohida matn yaratadi. Bu matn dissertatsiyaning avtoreferati deb nomlanadi. Unda dissertatsiya tadqiqoti mazmunining eng ahamiyatli jihatlari, muallifning joriy nashrlari (maqola, ma’ruza) o‘z aksini topadi.

O‘quv-uslubiy kursning mavzu va muammolarini tanlash esa uning dasturi bilan belgilanadi. Darslik o‘z hajmi bo‘yicha odatda, butun fanni yoki uning asosiy bo‘limlarini qamrab oladi. O‘quv qo‘llanma esa alohida mavzu va muammolar bilan cheklanib qolishi mumkin. Darslik va o‘quv qo‘llanma muvofiq fanning nazariy materialini bayon qilish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, muallif bir qator uslubiy vazifalarni hal qiladi. Majmua (xrestomatiya) bu o‘quv maqsadlari uchun moslashtirilgan ohariy (original) matnlar yoki ularning qismlaridan tanlab to‘plangan asar. Bularning barchasi o‘quv dasturi mavzulariga muvofiq amalga oshirilgan nashr sifatida o‘z aksini topadi. Annotatsiya, odatda, tadqiqot qanday mavzudaligi, unda qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qaysi til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati ko‘rsatiladi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling