3-mavzu: Ilmiy janrlar. Ilmiy o‘qish va turlari
Dars rejasi:
1. Ilmiy janrlarning turlari haqida.
2. Sof ilmiy tadqiqotlar.
3. Ilmiy o‘qish shakllari to‘g‘risida.
4. Ko‘chirma, tezis va konspektlarning qanday tuzilishi haqida.
4. Xulosa.
Ilmiy ishning o‘rganuvchi tomonidan idrok etilishi ko‘p jihatdan ilmiy janr bilan aloqadordir. Ilmiy janr – bu o‘ziga xos tuzilma hisoblanadi. Bu tuzilma matnni nafaqat mazmuniga ko‘ra, balki boshqa ahamiyatli bo‘lgan omillarga ko‘ra tashkil qilish tamoyillarini ajratib beradi. Ayrim holda, bitta bir xil ilmiy axborot institut darsligida va lingvistlarning xalqaro kongresidagi yirik olimning ma’ruzasida turlicha aks etadi. Ikki xil vaziyatda axborotni kim yetkazib berayotgani va kim tinglayotganligi o‘rtasidagi munosabatlar o‘xshash emasligidadir. Ilmiy matnlarni turli asoslar bo‘yicha tasnif qilishi mumkin. Ilmiy matnlar maqsadiga, adresatiga, kichik va kattaligiga va qayd etish uslubiga ko‘ra turlarga ajratiladi. Ilmiy matn shunday tuzilishi kerakki, o‘sha ilmiy axborot nafaqat mohirona (professional), balki u yoki bu ilmiy muammoga qiziqqan kishi, hatto havaskor ham tushunishi lozim.
Sof ilmiy tadqiqotlar nimani o‘rganishiga qarab ikkiga ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiylarga bo‘linadi. Tilshunoslikda ilmiy nazariy matnlar quyidagicha tavsiflanadi: ilmiy-ommabop, ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy.
Ilmiy matnlar turli hajmlarda bo‘lishi mumkin: kichik maqola yoki eslatma, maqola, risola (broshyura) va monografiya (kitob).
Do'stlaringiz bilan baham: |