Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: Filologiya fan sifatida. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik filologiya fanining bo‘limlari Dars rejasi
- Kul tigin
- Amir Temur
Asosiy adabiyotlar
1. Manual for writers of apers in English linguistics. Darslik. Gunnel Tottie: University of Zurich, English Department, 2012. 2. Sodiqova Sh. Ilmiy ish asoslari.O‘quv qo‘llanma – T., 2016. 3. Исломжонова Х. Основы научных исследований. Т., 2009. 4. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. O‘quv qo‘llanma – Toshkent: Akademnashr, 2010.
Filologiyaga fan sifatida keng qamrovli bilimlar majmuidir. Filologiya (yunoncha “phileo” – sevaman + “logos” – so‘z, bilim) biror xalqning tili va adabiy ijodida o‘z ifodasini topgan madaniyatini o‘rganuvchi fandir. Masalan: Antik filologiya. O‘zbek filologiyasi. Til va adabiy ijod inson tafakkuriga ta'sir o‘tkazib, insonning fikrlash jarayonini tarbiyalab boradi. Insonlar o‘qish-o‘rganish natijasida ko‘p narsalarni bilib boradilar. Hayotiy tajribasi oshgan sari jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglab oladilar. Filologiya tafakkur manbalariga asoslangan fan hisoblanadi. Filologik bilim faqat ilmiy yondashuvga tayanmasdan, balki sog‘lom tafakkur, to‘g‘ri fikr yuritish, hayotiy donolikka asoslangan bo‘ladi. Filologiya o‘z ichiga til va adabiyotni qamrab oladi. Shuning uchun ular bilan aloqador nazariy asoslar filologiyaga tegishli hisoblanadi. Masalan: adabiyotda birinchi badiiy ijod namunasi Odamota, ya’ni Safiyulloh (ma’nosi “tanlangan”, “saylangan”) tomonidan ovoz chiqarib aytilgan. Bunga o‘g‘li Hobilning o‘g‘li Qobil tomonidan o‘ldirilishi sabab bo‘lgan, degan faraz ilgari suriladi va bu taxmin asoslidir. Til ilmida ham nazariyaga tegishli qoidalarning yuzaga kelishida tayaniladigan asoslar mavjud. Jumladan, hindlar tilshunoslikda so‘z turkumlarini ilmiy jihatdan asoslab berishgan. Ular so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishiga qarab mustaqil so‘z turkumlarini aniqlaganlar. Bizga ma’lumki, birinchi bog‘lanish ot bilan otning birikuvi (otning abzali), ikkinchi bog‘lanish ot bilan fe'lning birikuvi (otni minmoq)dir. Shu nazariyaga tayanib hindlar ikkita mustaqil so‘z turkumi (ot va fe'l) borligini e’tirof etishgan. Bundan tashqari yordamchi so‘zlar borligini aytishgan. Ularning nazariy asoslaridan ilhomlangan arablar ikkita mustaqil so‘z turkumi (ism va fe’l) borligini qayd etishgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling