Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.49 Mb.
bet5/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

Ilmiy izlanish jarayoni ilm o‘rganishdan boshlanadi. Ilmlarni saralash, keraklarini yig‘ish va ulardan insoniyat uchun foydali holatlarda foydalanish muhim hisoblanadi. Ilmiy axborot nazariy asoslarga tayangan, inson uchun foydali va ishonarli bilimlardir. Inson ilmiy faoliyatining barcha sohalarida bilim maqsadga erishishning asosiy vositasi hisoblanadi. Biz buni moddiy ishlab chiqarish jarayonida ham ko‘rishimiz mumkin. Har bir tarixiy bosqichda ilm-fan o‘zining o‘tmishdagi yutuqlarini jamlaydi. Agarda fan yangi bilimni olish jarayoni sifatida tushunilsa, bu yangi axborotni olishning ikki yo‘li bor: birinchisi tadqiqot ob’ekti bevosita o‘rganish jarayonida jamlanadi. Unda mavzuga tegishli ilmiy adabiyotlar bilan tanishish va ishlash kiradi. Ikkinchisi boshqa manbalardan kerakli ma’lumotlarni to‘plashdir. Bunga erishish uchun ilmiy anjuman, seminar va simpoziumlarda o‘zaro muloqot olib boriladi. Ilmiy-tadqiqot jarayonining boshlanishi o‘qish-o‘rganishdir. Zamonaviy fanda biron-bir uslubning ustuvorligi haqida gapirish qiyin. Chunki qo‘llangan uslublarning nuqtai nazari haddan ziyod keng qamrovli va xilma-xildir. Biroq, ularning orasidan ikkita ilmiy metodlar (metodoligik) omilini qayd etish lozim. Bulardan birinchisi: axborot tuzilmasi va umumiy xususiyatlarini aniqlash. Axborotni to‘plash va faoliyat yuritish jarayonini yuqori darajada tashkillashtirish. Bu voqyelik esa informatikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchisi ilm-fanni ilmiy idrok etgan holda o‘rganish ob’ektiga aylantirish.

Bilim esa ob’ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmuidir. Ana shu ma’lumotlar majmui kengayib ilmni shakllantiradi. Bilimning bir qancha turlari bor: ilmiy bilim, maishiy bilim va estetik bilim.

Ilmiy bilim fanga tegishli aniq, muhim va zaruriy ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi. Ilmiy bilim yuqori (maksimal) darajada tabiiy (ob’ektiv) lashtirilgan bilim bo‘lib, umummuhim xarakterga egadir. Chunki u topilishning uslubi, joyi va vaqtiga bog‘liq bo‘lmagan holda ilmiy ongning unsuriga aylangan. Ilmiy bilim nazariy, muayyan (konseptual) xususiyatga ega voqyelik sanaladi. Ilm-fanda bilim olish bosh va bevosita oliy maqsaddir.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling