Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.49 Mb.
bet8/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

Tilshunoslik (lingvistika) til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fandir. Tilning paydo bo‘lishi ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Shu bois tilga tegishli asoslar inson hayoti va yashashi bilan uzviy bog‘liqdir. Alisher Navoiyning qit’asi: So‘z gavharedurki, rutbasining, Sharhidadur ahli nutq ojiz, Andinki erur xasis muhlik, Ko‘rg‘uzguchidur Masih mo‘jiz.

Turkiy tillarning qaysi tillar oilasiga mansubligi haqida uch xil ilmiy qarash bor: Birinchisi, bir guruh olimlar (O.Betling, G.Vinkler, R.Rask, V.Shott, V.Tomsen, M.Kastren) turkiy tillarni O‘rol-Oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblaydilar. Bu oilaga fin-ugor, tungus-manjur, mongol, koreys, yapon tillarini ham kiritadilar. Mazkur ilmiy asos Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan xaritaga mos keladi. Ikkinchisi, bir guruh olimlar (Y.D.Polivanov, Ramsted, Y.Nemet, V.Kotvech, V.Ryasyanin) turkiy tillarni Katta Oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblaydilar. Fin-ugor tillarini esa ajratishadi. Uchunchisi, bir guruh olimlar (N.A.Baskakov, V.V.Radlov, F.Korsh, V.A.Bogorodskiy) turkiy tillarni alohida tillar oilasi sifatida ajratishadi. Dunyo tilshunosligida ikkinchi tasnif asos sifatida qabul qilingan.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling