O`LCHASH VA NATIJALARNI HISOBLASH
Kalorimetrning ichki idishi (aralashtirgichni ham qo`shib) tarozida tortib, uning m2 massasini aniqlang,
Kalorimetrga suv quying va suvli kalorimetrning M massasini aniqlang.
Suvning massasini m1=M-m2 dan hisoblang
Jismning (alyuminiy, temir...) m3 massasini tarozida tortib aniqlang.
Isitgichni tarmoqqa ulab, tekshirilayotgan jism tushirilgan suvni qaynaguncha kuting.
Idishda qaynab turgan t1 haroratli suvdan ilgak yordamida tekshirilayotgan jismni olib, tezgina kalorimetrga soling.
Aralashtirgich yordamida kalorimetrdagi suvni asta-sekin aralashtiring. Termometr yordamida suvning harorati oshib borayotganini kuzatib boring.
Suvning harorati maksimal qiymatga etib, ko`tarilish tugagandan keyingina t haroratni yozib oling.
Jismni ilgak yordamida olib, filtr qog`oz bilan quriting va tarozida tortib uning с3 massasini aniqlang.
(7) formuladan foydalanib, tekshirilayotgan jismning с3 solishtirma issiqlik sig`imini hisoblang. va mos ravishda suvning va kalorimetr ichki idishi (mis) ning solishtirma issiqlik sig`imlari.
Tajribani boshqa jismlar uchun ham takrorlang.
Olingan natijalarni jadvalga yozing.
SINOV SAVOLLARI
Issiqlik miqdori nima? Uning birliklarini ayting?
Moddaning solishtirma issiqlik sig`imi deb qanday kattalikka aytiladi? Uning birliklarini ayting?
Jismlarning solishtirma issiqlik sig`imlarini qanday aniqlash mumkin?
Massasi 200 g jez kalorimetrga harorati 17°S bo`lgan 400 g suv quyib 85°S haroratdagi 600 g kumush tushurilgan. Bunda suv 220 S gacha isigan bo`lsa kumushning solishtirma issiqlik sig`imini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |