Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


Download 0.66 Mb.
bet1/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO OZIQ OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI
BUXORO VILOYAT HOKIMLIGI O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIM BOSHQARMASI


S. Astanov, M.A.Vahobova, I.B.Raupova
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

Buxoro – 2006


Mualliflar: S.Astanov, M.A.Vahobova, I.B.Raupova


Taqrizchilar: BuxDU “Umumiy fizika” kafedrasi
dotsenti Sh.M. Mirzayev.

Buxoro bank va iqtisodiyot kolleji fizika o’qituvchisi,


f.-m.f.n. Obidov K.
Annotatsiya.

Ushbu uslubiy ko’rsatma - akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy fizika kursining mexanika, molekulyar fizika, elektr, magnetism va optika fizikasi bo’limlariga doir tajriba ishlarini o’z ichiga oladi.


Uslubiy ko’rsatma - akademik litsey, kasb-hunar kollejlari talabalari hamda umumta’lim maktablarining o’quvchilari uchun mo’ljallangan.
Mazkur uslubiy ko’rsatma Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti hamda Buxoro turizm kolleji professor-o’qituvchilarining hamkorligida tayyorlandi.

Uslubiy ko’rsatma kollej "Umumta'lim fanlar" uyushmasida ko’rib chiqildi va ma'qullandi.


Bayonnoma №___ “___________” 2006 y.


Uslubiy ko’rsatma institut uslubiy kengashi yig’ilishida ko’rib chiqildi va ma'qullandi.


Bayonnoma №___ “___________” 2006 y.


Kimda bo’lsa donishu, aqlu, tamiz,


Ilm ila ahlini tutgan aziz,
Sen xatolardan o’zingni tut uzoq ,
Ey o’g’il! Oqil esang solg’il quloq!

Farididdin Attor


Muqaddima

O’zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta'lim to’g’risida"gi qonun va uni amalga oshirish bo’yicha chiqarilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini o’z vaqtida bajarish Davlat ta'lim standartlarida ko’rsatilgan har bir o’quv fanini har tomonlama mukammal o’qitishda, talabalar bilimini chuqurlashtirishga, ularning ko’nikma va malakalarini rivojlartirishga xizmat qiladi.


Har qanday jamiyatda texnika taraqqiyoti, kundalik turmush tarzidan tortib yuqori avtomatlashgan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha fizika fani qonuniyatlarisiz amalga oshmaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda alohida fizika fanini ham nazariy o’qitish, ham amaliyotda tadbiq etishga e'tibor berish -shu kunning muhim vazifasidir .
Zero, fizika fani qonunlari amaliyotda eng ko’p qo’llanilganligi uchun ham uni o’qitishdagi tajriba-amaliyot ishlariga alohida e'tibor berish vaqti yetib keldi. Mazkur o’quv qo’llanma shu maqsadda yozilgan bo’lib, unda fizika fanini tso’itishdagi eng zaruriy laboratoriya ishlari berilgan.
O’quv ko’rsatmada 20 ta laboratoriya ishining uslubiy tavsiyanomalari berilgan bo’lib, unda labaratoriya ishlarining mavzusi maqsadi, qisqacha nazariyasi keltirilgan .

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling