Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


LABARATORIYA ISHINING QURILMASI


Download 0.66 Mb.
bet8/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

LABARATORIYA ISHINING QURILMASI



SINOV SAVOLLARI

1. Butun olam tortishish qonunini yozing.


2. Matematik mayatnikning tebranish davrining matematik ifodasini yozing.
3. Og’irlik kuchi deb nimaga aytiladi?
4. Erkin tushish tezlanish jismning massasiga bog’liq emas. Og’irlik kuchichi?


LABORATORIYA ISHI №3


GEY - LYUSSAK QONUNINI TAJRIBADA O’RGANISH.


Ishning maqsadi: Ideal gaz uchun izobarik jarayonni o’rganish. Gaz kengayish koeffitsiyentini aniqlash hajmini aniqlash.
Kerakli qurollar: Izobarik jarayonni o’rganuvchi kompyuter dasturi.


Nazariy muqaddima

Izobarik jarayonda bosim o’zgarmas (P = const) bo’lib, gaz hajmi uzgarishining temperaturaga bog’liqligi aniqlanadi. Ya'ni V = f(t). Gey-Lyussak qonuniga ko’ra, izobarik jarayonda gaz massasi o’zgarmas bo’lsa, gaz hajmininig temperaturaga bog’liqligi quyidagicha aniqlanadi:


Vt = V0 (1 + αt) (1)


Bunda Vt va V0 hajmini mos holdagi berilgan haroratdagi va harorat ta'sir etganga qadardagi hajmlari, α - hajm termik koeffisienti. α = 1/273.


(1) tenglamadan

Vt / V0 = (1+ 1/273 t) = (273 + t) / 273 (2)


Oxirgi tenglamada 273 + t haroratni Kelvin shkalasidagi qiymatini hisobga olsak, (2) tenglikni quyidagicha yozamiz:


Vt/V0 = T/T0 yoki V/T = const


Gey-Lyussak qonuni V = f (t) diagrammasida to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi.

Animatsiya


ISHNI BAJARISH TARTIBI:



  1. Sichqoncha kursorini “Animatsiya” yozuviga keltiring.

  2. Sichqonchaning chap tomonini “Ctrl” tugmasi bilan birgalikda bosing.

  3. Natijada Gey-Lyussak qonunini ifodalovchi animatsiya oynasi ochiladi.

  4. Spirtovkani yoqib idishdagi gazni qizdiring.

  5. Idishdagi porshenning holatini o’zgartirish orqali gaz hajmini o’zgartirib boring.

  6. Gaz hajmi o’zgarishiga mos keluvchi temperatura o’zgarishini yozib oling.

  7. Harorat va hajm orasidagi bog’lanish grafigini chizing.

  8. Berilgan bog’lanish grafigi bilan o’zingiz chizgan grafikni solishtiring va xulosa qiling.



SINOV SAVOLLARI

1. Gey-Lyussak qonunini tushuntiring.


2. Izotermik protsesda gazning bosimi bilan hajmi bir-biriga qanday bog’langan?
3. Izotermik, izobarik, izoxorik jarayonlarni qanday qilib amalda qilib ko’rish mumkin?
4. Nima uchun stakandagi va naydagi suv sathlari bir xil bo’lganda naydagi suv bosimi atmosfera bosimiga teng bo’ladi?

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling