Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


Download 0.66 Mb.
bet16/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

LABOROTORIYA ISHI №9


MISNING ELEKTROKIMYOVIY EKVIVALENTINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: 1.Elektroliz hodisasini o’rganish.
2. Faradeyning birinchi qonunini tajribada o’rganish.
3. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlashni
o’rganish
Kerakli jihozlar: O’zgarmas tok manbai, elektron tarozi va sekundomer, rheostat, elektrolit vanna, distillangan suv, miss kuporosining eritmasi, elektrodlar, o’zgarmas tok ampermetri va voltimetri, o’lchovchi simlar va boshqa yordamchi aslahalar.


Nazariy muqaddima

Suvda kislota ishqor va tuz eriganda ularning molekulalari ionlarga ajraladi. Bu jarayon elektrolitik dissotsiya deyiladi. Molekulalari ionlarga dissotsiyalangan eritma elektrolit deyiladi. Faradeyning birinchi qonuniga ko’ra elektrolitdan elektr toki o’tganda elektroda ajralib chiqqan moddaning m massasi I tok kuchiga va tokning o’tish vaqti t ga proporsionaldir.


m= kIt (1)
Demak (1) formulaga ko’ra q= I t=l bo’lganda m=k bo’ladi.
Bu koeffitsiyent moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi.Tenglama (1) ga asosan elektrokimyoviy ekvivalent koeffitsenti SI o’lchov sistemasida kg/S da o’lchanadi. Agar elektrolitlardan o’tgan I tok kuchi va tokning o’tish vaqti hamda elektroliz jarayonida ajralib chiqqan moddaning m massasi ma'lum bo’lsa moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti quyidagicha aniqlanadi.
k = m/ It (2)
QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI
Qurilma elektrolik vanna miss kuporosining distillangan suvdagi eritmasi elektrodlar elektrolitdan o’tayotgan tokni rostlaydigan R reostat o’zgarmas tok manbai, zanjirdagi tok va kuchlanishni o’lchaydigan tok ampermetri va voltimerri va kalitdan tashkil topgan(4.9.1.-rasm). Qurilmani ishga tushirish uchun to’g’rilagich o’zgaruvchan elektr tarmog’iga ulanadi, so’ngra kalit (K) berkitiladi. Shunda elektrolitdan tok o’ta boshlaydi.
Elektrolitdan tstayotgan tok kattaligi ampermert ko’rsatishidan olinadi.Tokning kattaligi R reostat bilan rostlab turiladi.



+

Ishning elektr sxemasi



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling