Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


Download 0.66 Mb.
bet12/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

LABORATORIYA ISHI №6


KONDENSATORLARNING ELEKTR SIG`IMINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: Kondensatorlarni elektr sig`imini aniqlash va ularni ketma-ket hamda parallel ulash usullari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: Sig`imi aniqlanishi kerak bo`lgan kondensator, sig`imi aniq bo`lgan kondensator, voltmetr, ampermetr, reostat, ulash simlari.


Nazariy muqaddima
Kondensator deb, bir xil shaklga ega bo`lgan va bir-biridan ma’lum masofada joylashgan qarama-qarshi ishorali teng miqdordagi zaryad bilan zaryadlangan ikkita o`tkazgich sistemasiga aytiladi. Bir-biridan dielektrik qatlami bilan ajratilgan ikkita parallel metall plastinka yassi kondensatorning qoplamalari deyiladi.
Kondensator zaryadining plastinkalari potensiallar ayirmasiga nisbati bilan o`lchanadigan kattalik kondensatorning sig`imi deyiladi.
C = (1)
Bir nechta C1,C2,...,Cn sig`imli kondensatorlar berilgan bo`lsa, ularni o`zaro ketma-ket va parallel ulash natijasida kerakli sig`imlarni hosil qilish mumkin. Kondensatorlar ketma-ket (1-rasm) ulanganda natijaviy sig`im
(2)
parallel ulaganda esa (2-rasm)
C= (3)
Ifodalar bilan hisoblanadi.

1-rasm 2-rasm

O`zgarmas tok zanjiriga kondensator ulanganda tok kondensator qoplamalari orasidan o`tmaganligi sababli u cheksiz katta qarshilik rolini o`ynaydi.


Kondensator o`zgaruvchan tokka ulanganda uning qoplamalari navbat bilan zaryadlanishi va razryadlanishi natijasida tashqi zanjirdagi o`zgaruvchan tokni tanlab turadi. Shunday qilib kondensator o`zgaruvchan tok zanjiri uchun chekli qarshilik bo`ladi, bu qarshilikga sig`im qarshilik deyiladi.
Faraz qilaylik S sig`imi bo`lgan kondensator sinusoidal o`zgaruvchan elektr yurituvchi kuch manbaiga (3-rasm) ulangan bo`lsin. Bunda manba va kondensatorni tutashtiruvchi o`tkazgichlarning aniq qarshiligi juda kichik bo`ladi.
Bu vaqtda kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish berilgan e.yu.k. ga teng bo`ladi:
Uc =  = msin  t (4)
Vaqtning istalgan momenti uchun
q=CUc=Cm  sint (5) ifoda o`rinlidir.

3-rasm 4-rasm

Agar kondensatorning zaryadi dt vaqt ichida dq ga o`zgargan bo`lsa, o`tayotgan tok quyidagicha ifodalanadi:


I=
Zanjirdan o`tayotgan o`zgaruvchan tokning amplituda qiymati:
Im= m  C   (6)
bundan (7)
Bu ifodani o`zgarmas tok uchun Om qonuni ifodasi U=IR bilan solishtirsak kattalikning qarshilik ekanligi ko`rinadi.

Bu qarshilik Rc bilan belgilanib sig`im qarshiligi deyladi


Rc= (8)
Agar 4-rasmda ko`rsatilgan sxemadandan foydalansak, Om qonuniga asosan kondensatorning sig`im qarshiligi Rc= bo`ladi. (8) formulaga asosan
Rc= bu ifoda  = 2   v; (9)
Bu yerda U va I mos ravishda V-voltmetr va A-ampermetrning ko`rsatishi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling