Darajalash natijalari:
Abssissalar o`qiga asbob shkalasidan oldingi sonlarni va ordinatalar o`qiga tok kuchining hisoblab topilgan qiymatlarini qo`yib, grafik ravishda tasvirlanadi. Grafikda shu tartibda qayd qilingan nuqtarni birlashtiruvchi chiziq asbobning darajalash chizig’i bo`ladi. Keyinchalik uning yordamida asbobning istalgan ko`rsatishiga tegishli bo`lgan tok kuchini hisoblamasdan topish mumkin.
Yasalgan grafik to`g`ri chiziqqa yaqin bo`lib chiqqan holda butun shkala uchun o`zgarmas (faqat shu holdagina) kattalikni ya’ni shkala bo`limining bahosini topish ma’noga ega bo`ladi.
SINOV SAVOLLARI
Ampermetr nega zanjirga ketma-ket ulanadi?
A2-ampermetrning ichki qarshiligini qanday topamiz?
1 va 2 sxemalarni chizing.
Ishning bajarilish tartibini aytib bering.
LABORATORIYA ISHI № 11
ELEKTROMAGNITIK INDUKSIYA HODISASINI O'RGANISH
Ishning maqsadi: Elektromagnit induktsiya hodisasini o’rganish
Kerakli jiozlar: Milliampermetr, akkumulyatorlar batareyasi, o'zakli g’altaklar, yoysimon magnit, vklyuchatel, ulovli simlar.
Elektromagnit induksiya qonuni tok kuchi uchun emas, aynan EYuK uchun ta'riflanadi. Bunday ta'rifda induksion tok hosil bo’ladigan o’tkazgichlarning xossalari bilan bog’liq bo’lmagan hodisaning mazmunigina ifodalanadi. Elektromagnit induksiya qonuniga ko’ra berk konturda hosil bo’ladigan induktsiya EYuK moduli bo’yicha kontur bilan chegaralangan sirt orqali o’tuvchi magnit oqimining o’zgarish tezligiga teng
Agar berk konturni kesib o’tayotgan magnit maydon vaqt o’tishi bilan o’sib borsa konturda hhosil bo’lgan induksion tokning magnit maydon induksiyasi vektori tashqi magnit maydon induksiyasi vektoriga nisbatan qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’ladi. (1a-rasm)
Agar berk konturni kesib o’tayotgan magnit maydon oqimi vaqt o’tishi bilan kamayib borsa konturda hosil bo’lgan induksion tokning magnit maydon induksiyasi vektori tashqi magnit maydon induksiyasi vektori bilan bir xil yo’nalishga ega bo’ladi.(b-rasm)
Bu ifodadagi minus ishora induksion EYuK o’zini hosil qilayotgan tashqi magnit maydon oqimining o’zgarishiga to’sqinlik qilayotganligini
bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |