Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


Download 0.66 Mb.
bet22/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

ISHNI BAJARILISH TARTIBI:
1) Radiokomplektning elementlari bilan tanishib chio’ing.
2) Berilgan sxema bo’yicha radioni yihing.
3) Priyomnikni antenaga va erga ulang. (vodoprovod trubasiga)
4) Kondensator dastasini aylantirib bitta radiostansiyaning aniq tovushini ulang.
5) Savollarga javob yozing.
SINOV SAVOLLARI:
1. Sxemaning elementlarini va ularning vazifasini tushuntiring.
2. Modulyatsiya deb nimaga aytiladi? Modulyatsiya turlari?
3. Ampletudali modulyatsiya deb nimaga aytiladi?
4. Detektor bo’lib qaysi asbob ishlayli? (detektorlash jarayonini tushuntilring.)
LABORATORIYA ISHI № 14


MIKROSKOP YORDAMIDA SHISHANING NUR SINDIRISH KO’RSATKICHNI ANIQLASH.


Ishning maqsadi: Mikroskopning tuzilishi va uning ishlashini o'rganish. Shisha plastinkani sindirish ko'rsatgichini aniqlashni o'rganish.
Kerakli jihozlar: Mikroskop, soat turidagi, yuqori aniqlikdagi indikator asbobi, indikator qondiriladigan polatdan yasalgan moslama, bir tomoni chizilgan yupqa shisha plastinka, sirti tekis ,toza va tirnalmagan har xil qalinlikdagi shisha plastinkalar, stol lampasi.


Nazariy muqaddima


Shisha optik, texnik va oddiy turlarga bo’linadi. Shuning uchun shishaning yorug’lik nurini o’tkazish xususiyati tulicha. Nurni eng yaxshi o’tkazadigan va ortiqcha qo’shimchalardan tozalangan shishadan optik asboblar yasaladi. Shunday asboblarga linzalar, lupa, ko’zoynak shishasi misol bo’la oladi. Linzalar ko’zoynak, lupa, durbin (binokl), ko’rish trubasi, teleskop va mikroskopda keng qo’llaniladi.


Shisha plastinka ichida nur sinib, o’z yo’nalishini, ko’zga juda aniq ko’rinmasa-da, o’zgartiradi. Demak, nur shisha plastinkadan o’tish jarayonida sinib o’tadi. (5.2.1 - rasm).
Ma’lumki, nurning tushish burchagi sinusining o’tgan nur sinus burchagiga nisbati bilan ifodalanadigan kattalikni muhitning sindirish ko’rsatkichi deyiladi va quyidagicha yoziladi:
n=sin α/sin γ, (1)
bunda α va γ – tushgan nurning tushish va singan nurning sinish burchaklari.
Faraz qilaylik, d qalinlikdagi shisha plastinkaning B nuqtasiga nur biror α burchak ostida tushayotgan bo’lsin. Shu shisha plastinka sirtidagi B nuqtaga va nurning sinib shisha plastinkadan chiqqan A nuqtasiga normal (vertical tik chiziq) o’tkazamiz. Shunda tushgan va singan nurlar bilan normal o’rtasida burchaklar hosil bo’ladi. Mikroskop stolchasiga qo’yilgan birinchi shisha plastinka ustida birorta belgi (chiziq, nuqta) qo’yiladi va shu belgining mikroskopda aniq tasviri hosil qilinadi. So’ngra ikkinchi shisha plastinka birinchi plastinka ustiga jips joylashtiriladi va yana qaytadan birinchi shisha plastinkadagi belgining aniq tasviri mikroskopda hosil qilinadi. Shunda mikroskopda A nuqta biror A` nuqtagacha ko’tarilganday bo’lib ko’rinadi. Natijada A nuqta A` nuqtagacha bo’lgan a masofaga, ya’ni AA` ga siljiydi. Bunda ABC uchburchakdan BC topiladi:
BC=AC tg β=d tg β. (2)
Xuddi Sunday, mos ravishda, ABC uchburchagidan quyidagini yozish mumkin:
BC=(d-a) tg a
yoki
tg β = (d-a) tg a (3)
(2) va (3) tanglamalarni bbirgalikda yechib, undan nurning tushish va sinish burchaklari nisbati topiladi, ya’ni
tg a/tg β = d/(-2

Trigonometriyadan malumki , burchaklar kichik bolganda burchaklar


Tangenslari nisbatini shu burchaklar sinuslari nisbatini shu burchaklar
Sinuslari nisbatini shu burchaklar sinuslari nisbati bilan almashtirish mumkin . Unda , yuqoridagi(4)formulani quydagicha yozish mumkin :
Sin a /sin =n=d / (d-a). (5)

Demak ,nurning tushish va sinish burchaklarini olchamasdan , faqat


mikraskop yordamida shishaning d va a qalinliklarini olchash bilan chegaralanib, shishaning sindirish korsatgichini aniqlash mumkin.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling