Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI


Download 0.66 Mb.
bet21/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI

Tokning magnit ta’siridan amalda juda keng miqyosda qo’llaniladi. Masalan, po’lat, cho’yan, temir qirindilari va quymalarini yuklashda elektromagnitli ko’tarish kranlaridan keng foydalaniladi.


G’altak ichiga joylashtirilgan temir o’zak uning ichida yuzga keluvchi magnit maydonini kuchaytiradi. Tokli g’altakdagi magnit maydonining bu xossasidan amalda elektromagnitlarda keng foydalaniladi. Shunday elektromagnitlardan birining modeli 3 rasmda tasvirlangan. Bu elektromagnit quyidagicha tuzilgan: 2 g’altak o’zaro ketma-ket ulanib, ular taqasimon temir o’zagiga kiritilgan holda mahkamlangan. G’altaklar cho’lg’amlarining uchlari shisha izolyatorga mahkamlangan klemmalarga ulangan. Shisha izolyator esa taqasimon temir o’zakka vintlar yordamida qotirilgan. Qurilma (6V kuchlanishli) tok manbaiga ulansa temir o’[zakda kuchli magnit maydoni yuzaga keladi. Agar o’zakka temir plastinkani yaqinlashtirsak, uning kuchli tortilganligini, ayni paytda uni qo’l bilan uzish oson emasligini payqash mumkin. Qurilma tok manbaidan uzilganda esa temir plastinka o’zakdan osongina ajraladi.
Yuqorida izohlab o’tilgan qurilma o’quvchilarning tokning magnit ta’sirini amaliy namoyishda ko’rishiga yordam beradi.

3 rasm

1 – mis simdan o’ralgan g’altak, 2 - taqasimon temir o’zak, 3 – g’altakni tok manbaiga ulsah simlari, 4 – temir plastinka, 5 – shisha izolyator, 6 – g’altak uchlari ulangan klemmalar.




LABORATORIYA ISHI №13.


ENG SODDA RADIONI YIG’ISH VA ISHLASHINI O’RGANISH.
Ishning maqsadi: Oddiy radiopriyomnikning tuzilishini va ishlash prinsipini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Radiokollektor, g’altak, o’zgaruvchan simli kondensator, telefon ikki karnay, ditektor, panel.


Nazariy muqaddima

Priyomnik qabul qilib olgan modulyasyalangan yuqori chastotali signal hatto kuchaytirilgandan keyin am telefon yoki radiyokarnay membranasini bevosita tovush chastotasi bilan tebranma harakatga keltira olmaydi. Bunday signal bizning o’ulohimiz qabul qila olmaydigan yuqori chastotali tebrnishlar uyg’otadi xolos. Shuning uchun priyomnikda avval yuqori chastotali moduleyasiyalangan tebranishlardan tovush chastotasidagi signalni ajratib olish kerak. Signall har bir tomonlama o’tkazuvchan element-detektorli qurilma yordamida detektorlanadi. Detektor vazifasini elektron lampa (diod, triod) yoki yarim o’tkazgichli diod o’tishi mumkin.


Yarim o’tkazgichli detektor zanjiriga modulyasiyalangan tebranishlar manbai va nagruzka bilan ketma - ket ulanadi.
Bu zanjir orqali tok asosan bir yo’nalishda o’tadi, chunki diodning to’g’ri yo’nalishidagi tokka kursatadigan qarshiligiga qaraganda ancha kichik. Teskari tokni biz umuman hhisobga olmasak va diodni bir tomonlama o’tkazuvchan deb hisoblasak ham bo’ladi. Bu zanjir orqali grafigi tasvirlangan pulslanuvchi tok o’tadi. Bu pulslanuvchi tok filtr yordamida tekislanadi. Endi oddiy filtr nagruzkaga ulangan kondensatordan iborat. Filtr quyidagicha ishlaydi:


Diod tok o’tkazayotgan paytlarda tokning bir qismi esa tarmoqlanib boradi va uni zaryadlaydi. Rasmdagi tutash strelkalarda tokning tarmoqlanish nagruzka orqali o’tadigan pulsasiyalanishini kamaytirdi. Impulslar orasida, ya'ni diod berk bo’lgan paytlarda esa kondensator nagruzka orqali qisman zaryadsizlanadi. Shu sababli impulslar orasidagi vaqtda nagruzka orqali tok avvalgi yo’nalishda o’taveradi. har bir Yangi impuls kondensatorlar qo’shimcha ravishda zaryadlab turadi. Shu tufayli nagruzka orqali tovush chastotasidagi tok o’tib turadi. Bu tok tebranishlarning shakli uzatuvchi stansiyadagi past chastotali signal shaklini deyarli aynan takrorlaydi. Bunday murakkabroq tuzilgan filtrlar uncha katta bo’lmagan yuqori chastotali pulsasiyalarni am tekslaydi va tovush chastotali tebranishlar silliqroq bo’ladi.


1. Detektorli eng oddiy radiopriyomnik antenna bilan boq’langan tebranish konturidan va bu konturga ulangan ditektor kondensator va telefondan tuzilgan zanjirdan iborat. Radio to’lqinlar tebranish konturida modulyasiyalangan tebranishlarni uyg’otadi. Telefonning g’altaklari nagruzka vazifasini bajarali. Ulardan tovush chastotasidagi tok uradi. Yuqori chastotali kuchsiz pulsasiyalar membrananing tebranishlariga sezilarli ta'sir kursatmaydi va quloqqa eshitilmaydi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling