Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


Eksperimentchiga ba'zi maslahatlar


Download 0.66 Mb.
bet4/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

Eksperimentchiga ba'zi maslahatlar

Laboratoriyalarda tajriba o’tkazib, biron fizik miqdorni o’lchash uchun har xil asboblardan foydalanishga to’g’ri keladi. Eksperimentchi avvalo o’z oldiga qo’ygan masalani aniq, ravshan tushunib olmog’i lozim. Buning uchun tekshirilayotgan hodisaga doir masalani o’qishi va uni yaxshi anglab olishi kerak.


So’ngra masalani tajribada hal etish uchun nima kerakligini va qanday sharoitda bo’lishi kerakligini, ishni nimadan boshlash yo’llarini aniqlashi kerak. Tajribani bajarish uchun ishlatiladigan asboblarning tuzilishi, o’lchash metodi va o’lchashning aniqlik darajalarini to’la aniqlab olish zarur. Aks holda eksperimentchi tajribadan kutilgan natijani ola olmasligi turgan gap.
Ayrim fizik tajribalarni o’tkazish uchun zarur asboblarni ishga sola bilash (asbobning ayrim qismlarin to’g’ri yig’ish, asbobni to’g’ri o’rnatish va h.k) katta ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan optik (yoruhlik) va elektromagnit hodisalarga doir masalalar ustida tajriba o’tkazishda eksperimentchi uchun eng qiyin masala asboblarni ishga tayyorlash va rostlab o’rnatishdir, bu ishlar tegishlicha bajarilsa o’lchash ancha oson bo’lib qoladi. Laboratoriyada o’tkaziladigan hamma o’lchash natijalarin albatta o’z vaqtida ma'lum bir tartib bilan tajriba jurnaliga jadval sifatida yozish lozim. Har bir tajribaga doir ish hamma ma'lumotlarni tegishli tajribada ishlab (hisoblab) chiqilgandan keyin uning uzil kesil natijasini maxsus jadval (sxema) grafik tarzida taxt qilib rahbarga hisobot berish bilan tamomlanadi.
FIZIKA O’QUV LABORATORIYASIDA ISHLASHDA TEXNIKA
XAVFSIZLIGI.
Labaratoriya ishlarini bajarishga kirishishdan oldin hamma talabalar texnika xavfsizligi bilan tanishib, ishni bajarayotganda ushbu qoidalarga amal qilishlari shart.
1. Elektr toki bilan ishlaydigan asbobning xavfli ekanligini esdan chiqarmang! Ehtiyot bo’ling.
2. Elektr zanjiri yig’ilganda u oxirgi navbatda manbaga ulanadi: yig’ilgan zanjir faqatgina o’qituvchi tomonidan tekshirilgandan so’ng manbaga ulanadi.
3. Elektr asboblarning birida nosozlik kuzatilsa u darhol manbadan uzilishi kerak.
4. Izolyatsiyalangan elementlar bilan elektr zanjiriga tegish man etiladi.
5. Elektr zanjirdagi har qanday o’zgarishlar faqat elektr zanjir kuchlanish manbaidan uzilganidan so’ng kiritilishi kerak.
6. Ish bajarilib bo’lingandan so’ng amma manbalar o’chirilishi va elektr zanjiri uzilishi kerak.
7. O’lchov natijalari olingandan so’ng tok manbai o’chirilishini unutmang.
8. Tok manbaini o’qituvchining ruxsatisiz o’chirmang va yoqmang.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling