‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/79
Sana10.11.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1764587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi sao

SO ‘ZBOSHI
M ustaqillikka erishganim izdan keyin hayotim izga ko‘plab 
yangiliklar kirib keldi. H ar kungi ijtim oiy-siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy-mahiaviy, huquqiy, ilmiy muloqotlarda foydalanilayotgat; 
so‘zlar, iboralarning ishlatilish doirasi, yozma va og‘zaki shakllari 
o ‘zgarib, kengaymoqda. Shuningdek, ulardan foydalanish qoidalari, 
tartiblari, usullari ham rang-baranglashib borm oqda. Bunday 
o ‘zgarishlar, yangilanishlar hamma sohada, shu jum ladan, Oliy 
ta ’lim muassasalarida o ‘qitiladigan fanlar doirasida ham o ‘z ifodasini 
topmoqda.
Bu jarayon dastlab Davlat ta'lim standartlarini, shu asosda o'quv 
rejalari va fan dasturlarini yangilashdan boshlandi. 0 ‘tmishdan qolgan 
darsliklarni qayta ko‘rib chiqish, ularning m azm unini jahon 
standartlari talablari darajasiga muvofiqlashtirish kun tartibiga qo'yildi.
Oliy ta ’lim muassasalari filologiya va jurnalistika fakultetlarida 
o ‘qitilib kelinayotgan « 0 ‘zbek tili stilistikasi» fani bo‘yicha darslik 
va o ‘quv q o ‘llanmalari yetarli emas edi. Shu paytgacha 1983-yiIda 
nashr qilingan A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. Q o‘ng‘urov, H. 
Rustamovning « 0 ‘zbek tili stilistikasi» va 1992-yilda chop etilgan 
R. Qo‘ng‘urov, E. Begmatov, Y. Tojiyevning «Nutq madaniyati va 
uslubiyat asoslari» nomli o ‘quv qo‘llanmalaridan foydalanib kelindi.
Mustaqillikdan so'ng gazeta va jumallar sonining ko‘payib ketishi 
tufayli matbuot tilining rivojlanishi stilistika fani bo‘yicha mavjud 
darslik va o ‘quv qo‘llanmalarni yangicha talablarga javob beradigan 
tarzda yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu qo'llanmaning yuqoridagi 
q o T la n m a la rd a n fa rq i s h u n d a k i, b u n d a b a rc h a m avjud 
ma'lumotlardan tahlil asosida foydalanilgan va yangi maTumotlar 
kiritilgan. N azariy fikrlarni dalillovchi m isollar bugungi kun 
matbuoti va adabiyotlaridan olingan.
Mazkur o ‘quv qoTlanma bir-birini taqozo etuvchi 2 qismdan 
iborat: ya’ni nazariy va amaliy. Nazariy qism nutq stilistikasi va 
lisoniy stilistikadan iborat. Nutq stilistikasi so‘z!ashuv, rasmiy, ilmiy, 
publitsistik va badiiy stilni qamrab oladi. Lisoniy stilistikada esa
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


fonetika, leksikologiya, gram m atikaning stilistik im koniyatlari 
yoritilgan.
Ushbu qo‘llanmaning yaratilishida o'zbek tili stilistikasi bo‘yicha 
yozilgan o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, dissertatsiyalar va 
ularning avtoreferatlari, ilmiy m aqolalar, shuningdek, rus tili 
stilistikasi bo‘yicha yaratilgan darslik va o ‘quv qoMlanmalaridan 
nazariy m aterial sifatida foydalanildi. U lar «Foydalanilgan 
adabiyotlar» ro‘yxatida ko‘rsatilgan.
QoMlanmada stilistika va stil terminlaridan foydalanildi. Bunga 
sabab, birinchidan — tilsh u n o slik term in lari — gram atik a, 
morfologiya, sintaksis, fonetika, leksikologiya kabilarning shu 
paytgacha o'zgartirilmagani bo‘lsa, ikkinchidan — uslub va uslubiyat 
so ‘zlarining am aliyotda m etodika, m etod m a 'n o la rid a ham
qo‘llanilishidir. Shundan kelib chiqqan holda, qo'llanm ada stilistika 
terminining ishlatilishini o ‘rinli, deb hisoblaymiz.
M azkur qoMlanmaning maqsadi talabalarga yozma va og‘zaki 
matn tuzishlarida til qurilishining asosiy birliklari: tovush, leksema, 
frazema, morfema, birikma, gaplardan o ‘rinli vaunum li foydalanish 
usullarini o ‘rganishlarida yordam berishdir. Shu asosda o ‘zlari 
egallaydigan mutaxassisliklari asoslarini yaxshi o ‘zlashtirishlarini 
ta’minlashdir.
« 0 ‘zbek tili stilistikasi» o ‘quv qoMlanmasining nazariy qismi
ya’ni «Stilistika fan sifatida», «N utq stilistikasi» va «Lisoniy 
stilistika»ning barcha boMimlari, «Sintaktik figuralar», «Troplar» 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent Saodat Sultonsaidova, amaliy 
m ashg'ulotlarning barcha mashqlari va testlar filologiya fanlari 
nomzodi, dotsent 0 ‘lmas Sharipova tom onidan tayyorlangan.

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling