‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi sao
NUTQ STILISTIKASI
Bu tushuncha adabiyotlarda funksional stilistika yoki funksional stil turlari deb ham yuritiladi. N utq stiUari bir-biriga bogMiq vositalaming tuzilishidan tashkil topadi. Ular tilning vazifasi bilan chambarchas bogMiqdir. Shuning uchun ham ular nutq stillari deyiladi. Tilning vazifasi jam iyat taraqqiyoti bilan bogMiq va uning ijtimoiy moliiyatidan kelib chiqadi. N utq stili tizimini tashkil etuvchi ifodalar faqat bir stil doirasida cheklanib qoladi. Masalan, ilmiy stilda ishlaliladigan term inlar badiiy, publitsistik, rasmiy va so‘zlashuv stillarida ishlatilmasligi ham mumkin. Lekin har bir nutq stili o‘zining barcha xususiyatlari bilan yagona bir maqsadga bo‘ysungan muayyan til vositalarining majmuasiga ega. N utq stillari til taraqqiyotining m a'lum bir davrida asta-sekin shakllanadi va o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan, XX asr boshida nashriyot va vaqtli matbuot ishlarining kengayib ketishi bilan bog‘liq tarzda 0 ‘zbckistonda publitsistik stil vujudga kelgan. Nutq stillari og‘zaki va yozma nutq shakllari bilan chambarchas bog‘liq. D em ak, har bir nu tq stili og‘zaki va yozma shaklda ifodalanishi mumkin. Masalan, so‘zlashuv stili, asosan, og‘zaki nutqqa xos. Lckin badiiy adabiyotda bu stil yozma shaklga ega bo‘ladi. Shuningdck, ilmiy stilning og‘zaki ko‘rinishi dars jarayonida m a’ruza o ‘qilganda, anjum anlarda ilmiy m a’ruzalar bayon qilinganda namoyon bo‘ladi, yozma shakli esa dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar tarzida ifodalanadi. Nutq stiUaii o ‘ziga xos belgilari va farqlaridan qat'i nazar, adabiy til me'yorlari asosida umumiylikka ega. Adabiy m e’yor nima? Adabiy m c’yor atamasiga « 0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati»da shunday sharh beriladi: «Adabiy m e’yor til tovush tizimini, grammatik ko‘rinislti va lug‘at tarkibidagi eng hayotiy va zaruriy vosilalami tanlab olish demakdir. Adabiy m e’yor tilning eng yuksak, ishlangan, silliqlangan sliaklidir». 9 www.ziyouz.com kutubxonasi Adabiy m e'yor tilning faqat yozma ko‘rinishigagina emas, balki og‘zaki shakliga ham xosdir. Shuning uchun m a’ruza o‘qilayotganda, radio va televideniyedagi cliiqishlarda ham adabiy m e’yorga rioya qilish talab qilinadi. Shu bilan birga, uning adabiy m e’yordan chetga chiqadigan tom onlari ham mavjud. Masalan, so‘zlashuv stilida shevaga xos so‘zlar ham ishlatiladi. Bu adabiy me'yorga zid, lekin stil m e’yori hisoblanadi. Badiiy stilda yozuvchi yoki shoir shunday so'zlam i yaratislii mumkinki, ular hali m e’yorlashtirilmagan bo‘lishi mumkin, lekin stil m e'yori sifatida qolaveradi. Adabiy m e’yor bilan stil m e'yorining o ‘zaro m unosabati, ya’ni m ushtarak va farqli x u su siy atlari b o ‘yicha d isse rta tsiy a lar yaratilgan. M asalan , A.E.Mamatovning «Hozirgi zam on o‘zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norm a muammolari» nomli doktorlik dissertatsiyasi (1991-yil), S.Toshaliyevaning « 0 ‘zbek tilida okkazionalizmlar» nomli nomzodlik dissertatsiyasi (1998-yil) kabilami ko'rsatish mumkin. Funksional stil turlari quyidagilar: 1) so‘zlashuv stili; 2) rasmiy stil; 3) ilmiy stil; 4) publitsistik stil; 5) badiiy stil. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling