Zbekiston respublikasi oriental universiteti
Download 22.91 Kb.
|
bola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Ommaviy axborot vositalarining bolaning ijtimoiy tarbiyasiga tasiri
- Ilmiy rahbar: __________Z.A.Kurbonova Taqrizchilar:________ ________ TOSHKENT-2023
- I bob Omaviy axborot vositalarining inson hayotiga ta`siri. Ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri …………………………………………………………………………………5
- 2.2Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ahamiyati……………………………………………………………………………….16 Xulosa……………………………………………………………………………18 Kirish.
- Mavzuning dolzarbligi
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ORIENTAL UNIVERSITETI “Himoyaga ruxsat etilsin” Pedagogika fakulteti dekani ________ A.Iminoxunov «____» ________2023-y KURS ISHI “Pedagogika” fakulteti “Pedagogika va psixologiya” yо‘nalishi PP(k)-2-1 guruh talabasi Mavzu: Ommaviy axborot vositalarining bolaning ijtimoiy tarbiyasiga ta'siri
TOSHKENT-2023 Mavzu: Ommaviy axborot vositalarining bolaning ijtimoiy tarbiyasiga ta'siri. Mundarija: Kirish ………………………………………………………………………2 I bob Omaviy axborot vositalarining inson hayotiga ta`siri. Ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri …………………………………………………………………………………5 II bob Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalarining roli. 2.1Barkamol avlodni tarbiyalashda matbuotning o’rni……………..9 2.2Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ahamiyati……………………………………………………………………………….16 Xulosa……………………………………………………………………………18 Kirish. Mavzuning dolzarbligi: So’nggi yillarda respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, maktabgacha ta’lim konsepsiyasi, ―Bolajon tayanch dasturi kabi qator me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda ―Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda1 .Ushbu ezgu maqsadni hayotda o’z isbotini topishida ―Ta’lim to’g’risida‖gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi‖da ko’rsatib o’tilganidek – maktabgacha ta’lim – u ko’p tomonlama maqsadga yo’naltirilgan, bolaning ta’limning keyingi bosqichi maktabga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya jarayonidir. ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonunda ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk maktabga o’qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Respublikamiz mustaqilligi yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan pedagogik jarayonlarga qo’yiladigan talablar o’zgardi. Bugungi kun bolalar bog’chalari kichkintoylarning dastlabki mehnat ko’nikmalarini shakllantirishi, ularda musiqa, nafosat tarbiyasini shakllantirishi, sog’lom-barkamol bo’lib o’sishini, ona-yurt va uning go’zal tabiatiga, xalqiga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiya topmog’i, xorijiy tillardan birini va kompyuter texnikasi alifbosini o’tagan, o’qish-yozishni o’rganib, savodxon bo’lgan bolalarni tarbiyalab berishi zarur. Xalqimizning boy tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarini, buyuk bobokalonlarimiz madaniy-ma’rifiy merosini o’rganish, ular bilan faxr va iftixor etish tuyg’usini tarbiyalash bugungi bolalar bog’chasidan boshlanadi. Mazkuralablar asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining o’quv dasturlari, bog’chalarga olib borilayotgan pedagogik ishlarning mohiyati va mazmuni tubdan o’zgardi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20-maydagi PQ-1533-sonli hamda 2011 yil 4-iyuldagi ―2011-2012 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risidagi PQ-1564-sonli qarorlari asosida yangilangan oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq 2011 yilning 16-sentyabrida O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan modernizasiyalashgan davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalari tasdiqlandi. Yangi davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalari asosida barcha o’quv kurslari fan dasturlari ham qayta takomillashtirildi. Tabiiyki, o’sib kelayotgan yosh avlodga yuqorida bayon etilgan talablar asosida ta’lim-tarbiya berish maktabgacha tarbiya tizimlarida mehnat qilayotgan pedagoglar, nazariy-metodik hamda kasbiy tayyorgarligiga yuksak talablar qo’yadi. Shu bois, bolalar bog’chalari rahbarlarini, tarbiyachilarini, pedagoglarini, musiqa rahbarlarini, jismoniy tarbiya xodimini, tibbiy hamshiralarini, logopedlari hamda defektologlarini va boshqa toifadagi xodimlarining nazariy, uslubiy, kasbiy mahoratlarini muntazam takomillashtirib turishni ta’minlovchi muassasalarning roli beqiyosdir. Ana shunday maqsadlarni ro’yobga chiqarishni ta’minlashda maktabgacha tarbiya muassasalari pedagoglari malakasini oshirish, qayta tayyorlar bo’yicha doimiy ishlab turuvchi respublika kurslari asosiy o’rinda turadi. Download 22.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling