Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1602969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-mustaqil ish (2) (2)

t
1
 
kechikish 
t
2
 
kechikish 
t
3
 
kechikish 


simvollarga ega bo‘lgan signallar qo‘shiladi va simvolaro interferensiya (Inter 
Symbol Interference, ISI,7.3- rasm) vujudga keladi. 
Bitta simvolning davomiyligi 
(Т davr) 
Тo’g’ri ketma-ketlik 
Kechiktirilgan ketma-ketlik 
Ichki simvolli interferensiya Simvollararo interferensiya 
7.3- rasm. Simvolaro interferensiya va simvollar ichki interferensiyaning 
vujudga kelishi 
Signalning buzilishiga simvollararo interferensiya eng salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Modomiki, simvol bu tashuvchi chastotasi, amplitudasi va fazasi qiymatlari orqali 
xarakterlanadigan signalning diskret holati ekan, u holda turli simvollar uchun signalning 
amplitudasi va fazasi o‘zgaradi, shuning uchun dastlabki signalni qayta tiklash juda 
murakkab bo‘ladi. Buni oldini olish, aniqrog‘i, ko‘p nurli tarqalish samarasini qisman 
kompensatsiyalash uchun chastotaviy ekvalayzerlar qo‘llaniladi, lekin simvollar tezligini 
ortishi hisobiga yoki kodlash sxemasining murakkablashishi hisobiga ma’lumotlarni 
uzatish tezligini ortishi bilan ekvalayzerlardan foydalanish samaradorligi kamayadi. 
Shuning uchun 4G standartlarda tamoyilial boshqa ma’lumotlarni kodlash usuli 
ishlatiladi, u shundan iboratki, uzatiladigan ma’lumotlar oqimi chastotalar nimkanallari 
ko‘pligi bo‘yicha taqsimlanadi va uzatish bu barcha nimkanallarda parallel olib boriladi 
(7.4- rasm)
Bunda yuqori ma’lumotlarni uzatish tezligiga aynan barcha kanallar bo‘yicha 
ma’lumotlarni bir vaqtda uzatilishi hisobiga erishiladi, alohida nimkanaldagi uzatish 
tezligi esa yuqori bo‘lmasligi ham mumkin. Agar i-nchi kanaldagi uzatish tezligi S
i
 bilan 
belgilansa,u holda
kanallar orqali umumiy uzatish tezligi quyidagiga teng 
bo‘ladi: 


Binobarin, chastotalar nimkanallaridan har birida ma’lumotlarni uzatish tezligini 
uncha yuqori bo‘lmagan qilish mumkin, bu simvollararo interferensiyani samarali 
so‘ndirish uchun zamin yaratadi. 
Bitta tashuvchi 
Ko’plab tashuvchilar 
7.4- rasm. Bitta tashuvchili (a) va OFDM(b) radiosignal spektri
Kanallar chastota bo‘yicha ajratishda alohida kanalning kengligi bir tomondan, 
alohida kanal chegaralarida signalning buzilishini minimallashtirish uchun etarlicha tor, 
boshqa tomondan esa talab qilinadigan uzatish tezligini ta’minlash uchun yetarlicha keng 
bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, nimkanallarga bo‘linadigan kanalning butun polosasidan 
tejamli foydalanish uchun iloji boricha chastotalar nimkanallarini zich joylashtirish 
kerak, lekin bunda kanallarning bir- birlariga to‘liq bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash 
uchun kanallararo interferensiyaning oldini olish kerak. Sanab o‘tilgan talablarni 
qoniqtiradigan chastotalar kanallari ortogonal kanallar deyiladi. Barcha chastotalar 
nimkanallaridagi tashuvchi signallar (aniqrog‘i, bu signallarni tavsiflaydigan funksiyalar) 
bir-birlariga ortogonal bo‘ladi. Matematik nuqtai nazardan funksiyalarni ortogonalligi 
qandaydir intervalda o‘rtachalashtirilgan ularning ko‘paytmasi nolga teng bo‘lishini 
bildiradi. Bu holda bu oddiy quyidagi munosabat orqali ifodalanadi 


bu yerda – simvolning davri, f
k
,f
l
 – va kanallar tashuvchi chastotalari. 
Tashuvchi signallarning ortogonalligini, agr bitta simvol davomiyligi vaqtida 
tashuvchi signal tebranishlar butun sonini amalga oshirsa ta’minlash mumkin. Bir necha 
ortogonal tebranishlarga misollar 7.5-rasmda tasvirlangan. 
Bitta simvolning uzunligi 
7.5- rasm. Ortogonal chastotalar 
uzunlikdagi har bir uzatiladigan simvol vaqt bo‘yicha cheklangan sinusoidal 
funksiya orqali uzatilishini hisobga olish bilan bunday funksiyaning spektrini ham 
topish qiyin emas (7.6- rasm). 
Т 
Signal spektri 
Chastota, f 
Т/2 
7.6- rasm. davomiylikdagi simvol va uning spektri 


U quyidagi funksiya orqali tavsiflanadi 
bu yerda f
i
 – i-nchi kanal markaziy (tashuvchi) chastotasi. 
Chastotalar nimkanalining shakli ham shunday funksiya orqali tavsiflanadi. Bunda 
chastotalar nimkanallarning o‘zlari bir-birlarini qoplab qolsada, tashuvchi signallarning 
ortogonalliklari kanallarning bir-birlariga bog‘liq bo‘lmasligini kafolatlashi, demak, 
kanallararo interferensiyaning bo‘lmasligi muhim (7.7-rasm). 
Chastotalar kanallari 
Chastota, f 
7.7- rasm. Ortogonal signallar tashuvchilarili kanallarni chastota bo‘yicha 
ajratish 
Ko‘rib chiqilgan keng polosali kanalni ortogonal chastotalar nimkanallariga bo‘lish 
usuli multiplekslashli ortogonal chastota bo‘icha ajratish (Orthogonal Frequency 
Division Multiplexing, OFDM) deyiladi. Uning uzatish qurilmalarida ishlatilishi uchun 
oldindan N-kanallarga multiplekslangan signalni vaqt bo‘yicha berishdan chastota 
bo‘yicha berishga 
o‘tkazadigan Fure teskari tez o‘zgartirishi ishlatiladi 
(IFFT) (2.11- rasm). 
Ta’kidlanganidek, OFDM usulining asosiy afzalliklaridan biri yuqori uzatish tezligini 
ko‘p nurli tarqalishga samarali qarshi turish bilan birligi hisoblanadi. Agar aniqroq 
aytilsa, OFDM texnologiyasi o‘zicha ko‘p nurli tarqalishni yo‘qotmaydi, balki u 
simvollararo interferensiyani yo‘qotish uchun zaminni yaratadi. Ish shundan


iboratki, OFDM texnologiyasining ajralmas qismi himoya intervali (Guard Interval, GI) 
tushunchasi hisoblanadi, u simvolning boshiga qo‘yiladigan simvolni uning tugashida 
siklli takrorlanishi hisoblanadi (7.8- rasm). 
7.8- rasm.N ortogonal chastotalar nimkanallarini olish uchun Fure teskari tez 
o‘zgartirishini amalga oshirish 
Himoya intervali ortiqcha ma’lumot hisoblanadi va bu ma’noda foydali (axborot) 
uzatish tezligini kamaytiradi. Bu ortiqcha ma’lumot uzatkichda uzatiladigan 
ma’lumotlarga qo‘shiladi va simvolni qabullagichda kabul qilinishida tashlab yuboriladi, 
lekin aynan u simvollararo interferensiyani vujudga kelishidan himoya bo‘lib xizmat 
qiladi.
Siklli ko’chirish 
7.9- rasm. Simvolning boshlanishiga qo‘yiladigan himoya intervali 


Himoya intervalining bo‘lishi alohida simvollar orasida vaqt pauzalarini hosil qiladi 
va agar himoya intervalining davomiyligi ko‘p nurli tarqalish natijasida signalni 
kechikish maksimal vaqtidan ortiq bo‘lsa, u holda simvollararo interferensiyani vujudga 
kelmaydi (7.10- rasm). 
Himoya intervalining davomiyligi odatda simvolning o‘zini davomiyligining 
to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. 
Birinchi simvol
Ikkinchi simvol
Маksimal
kechikish 
Ichki simvolli hudud 
Agar 
GI 
bo’lmasa, 
simvollararo 
interferensiya vujudga keladigan hudud 
7.10- rasm. Himoya intervali simvollararo interferensiyani vujudga kelishiga 
to‘sqinlik qiladi 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling