Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FAKULTETLARI HAQIDA


Download 3.35 Mb.
bet3/10
Sana16.09.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1679511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boymurodov Z Hisobot

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FAKULTETLARI HAQIDA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida quydagi fakultetlar mavjud:





  1. Kompyuter Injiniringi

  2. Dasturiy Injiniring

  3. Kiberxavfsizlik Fakulteti

  4. Telekommunikatsiya Texnologiyalari Fakulteti

  5. Televizion Texnologiyalar Fakulteti
  6. Radio va Mobil Aloqa Fakulteti

  7. Akt Sohasida Iqtisodiyot va Menejment Fakulteti

  8. Akt Sohasida Kasb Ta’limi Fakulteti

  9. Tatu-Bguir Qo‘shma Axborot Texnologiyalari Fakulteti


Kompyuter injiniringi fakulteti - 2013-yil 26-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Axborot texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 80-dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.

Fakultetda 5330500 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”,“Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura va 5A33501 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi, kriptografiya va kriptoanaliz”)” xamda 5A330502 – “Elektron xukumat tizimini boshqarish” mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.


3-rasm. “Kompyuter injiniringi” fakultetida tahsil olayotgan talabalar.
Dasturiy injiniring fakulteti - O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2013-yil 26-martdagi PQ-1942-sonli “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini kelgusida takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar haqida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan.
Fakultetda bakalavriat va magistratura bo‘yicha kompyuter va mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minotlarni boshqarish va ularni yaratish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va uzatish, kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturlarini yaratuvchi mutaxassislar tayyorlanadi.
Kiberxavfsizlik Fakulteti - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016-yil 25-yanvardagi yig‘ilishining 5-son bayoni bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil I yarim yilligi ish rejasining 10-bandiga muvofiq belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda vazirlik tomonidan TATUda “Axborot xavfsizligi” fakulteti va fakultet qoshidagi mutaxassislik kafedralarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish yuzasidan, shuningdek, TATUda “Axborot xavfsizligi” fakultetini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha Texnik kengashning majlisining 2016-yil 18-iyuldagi 3-son bayonini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2016-yil 29-avgustdagi 1(661)-son Kengashining universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha Qarori asosida “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi “Axborot xavfsizligi” fakulteti tarkibiga o‘tkazildi, hamda uning negizida “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Kriptologiya va diskret matematika” kafedralari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4751-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4851-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 24–sentabrdagi 33-8/6733–son xati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 30 sentabr 2021 yildagi №995 sonli buyrug‘i bilan “Axborot xavfsizligi” fakulteti “Kiberxavfsizlik” fakultetiga o‘zgartirildi.



4-rasm. “Kiberxavfsizlik jarayoni” foto rasm muallif tomonidan tayyorlandi.
Telekommunikatsiya Texnologiyalari Fakulteti - Telefon-telegraf aloqa fakulteti 1955-yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet bo‘lgan. Keyinchalik bir necha bor qayta nomlanib, hozirda telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti deb ataladi.
"Telekommunikatsiya" fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soha korxonalari (TShShT, ToshTTS, UzNET) qoshida fakultet kafedralarining filiallari ochilgan.
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti oliy ta’lim muassasasi TATUning o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

5-rasm. “Telekommunikatsiya jarayoni” foto rasm muallif tomonidan tayyorlandi.


Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling