Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software)


Download 3.35 Mb.
bet7/10
Sana16.09.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1679511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boymurodov Z Hisobot

Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) — kompyuteming va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlami ishlab chiqish (shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan
birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo'shimcha tarzda yaratilishi mumkin.
Dasturiy mahsulotni tayyorlash (kuzatish) — dasturiy mahsulotning ishga layoqatliligini qo’lab-quvvatlash, unga yangi versiyalar, o‘zgartirishlar kiritish, topilgan xatolarni to‘g‘rilash va hokazolami o‘z ichiga oladi. Dasturiy mahsulotlar an’anaviy dasturiy mahsulotlardan farqli ravishda dasturlarni yaratishda beriladigan sifat xususiyat larining qat’iy belgilangan turkumiga ega emas yoki bu xususiyatlami oldindan aniq ko‘rsatish yoki baholash mumkin emas. Chunki dasturiy vosita ta’minlaydigan bir xil qayta ishlash vositalari turli ichki ishlanmalarga ega bo’lishi mumkin. Hatto dasturiy mahsulotlami ishlab chiqishga sarflanadigan vaqt va xarajatlami ham oldindan katta aniqlikda belgilash mumkin emas. Dasturlaming asosiy tavsiflari quyidagilar:

  • algoritmik murakkablik (axborotni qayta ishlash algoritmlari mantiqi);

  • qayta ishlashning amalga oshirilgan vazifalari ishlanmalarining tarkibi va chuqurligi;

  • qayta ishlash vazifalarining to‘laqonligi va tizimliligi;

  • dasturlar fayllarining hajmi;

  • dasturiy vosita tomonidan qayta ishlashning operatsion tizimi va texnik vositalarga talablar;

  • diskli xotira hajmi;

  • dastumi tushirish uchun operativ xotira o’lchami;

  • protsessorlar turlari;

  • operatsion tizimga o’ld yangi fikrlar;

  • hisoblash tarmoqlarining mavjudligi va boshqalar.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling