Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Dasturiy mahsulotlar industriyasini rivojlantirishni ta’minlash maqsadida axborot sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish


Download 3.35 Mb.
bet9/10
Sana16.09.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1679511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boymurodov Z Hisobot

2.3. Dasturiy mahsulotlar industriyasini rivojlantirishni ta’minlash maqsadida axborot sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish.


Axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bu axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rivojlantirishdir. Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlarning milliy bozorida 268tadan ortiq kompaniya va firmalar faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va jamiyat qurilish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va milliy axborot tizimining rivojlanishini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy choralarni tezkor amalga oshirish zarurligini alohida belgilab o‘tdi.
Bugungi kunda dasturiy ta’minotlarni yaratish sanoatning muhim sohasiga aylandi. Chunki bu jarayon axborot-kommunikatsiyalari taraqqiyotining o‘zagini tashkil etib, globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday holat EHM uchun dasturlarni yaratish, foydalanish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy boshqarishning tegishli tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi 1994-yil 06.05. da qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan amalga oshiriladi. O‘tgan davr mobaynida quyidagi hujjatlarga muvofiq ushbu Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi:
• O‘zbekiston Respublikasi 2002-yil 05.04.dagi 364-II sonli Qonuni bilan (O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida);
• O‘zbekiston Respublikasi 2002-yil 30.08.dagi 405-II sonli Qonuni bilan (O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida);
• O‘zbekiston Respublikasi 2011-yil 26.12.dagi O‘RQ-312 (Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillash-tirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shim-chalar kiritish to‘g‘risidagi) Qonuni bilan talabnomani qabul qiluvchi va ko‘rib chiquvchi vakolatli organ nomiga hamda qator normalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, 2001-yilda «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi» Qonun qabul qilinishi bilan birga, bunday huquqiy institut O‘zbekiston Respublikasida vujudga keldi. Ushbu Qonunga 2002-yil 30.08.dagi 405-II sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va 2011-yil 26.12.dagi O‘RQ-312 sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan. Joriy yilning 11-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida»gi hamda «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosini Intellektual mulk Agentligi tizimida ijro etilishi yuzasidan 2012-yil 19-dekabrda qabul qilingan qo‘mita Qarorining ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojini hamda mamlakatning intellektual ishlab chiqarishini ta’minlashda «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari muhim qonunchilik bazasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur qonunlar ijrosini ta’minlash, xususan, integral mikrosxemalar topologiyalarini hamda EHM dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha mamlakatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolar, ilmiy-texnika va sanoat ishlab chiqarishlarini, badiiy-konstruktorlik va ijodiy ishlarning boshqa turlarini keng joriy etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ixtirochilikni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy-texnikaviy faoliyatga jalb etish va innovatsion sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni keng targ‘ib qilish maqsadida innovatsion sohada eng yaxshi intellektual mulk obyekti uchun har yili ko‘rik tanlovlar tashkil etilmoqda.
Faoliyatining ochiqligini ta’minlash va aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish maqsadida Intellektual mulk Agentligi rasmiy veb-saytining texnik va kontent mazmuni takomillashtirilmoqda. Unda ushbu idoraning tarkibi, vazifalari, intellektual mulk sohasiga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, muhofaza qilinadigan barcha intellektual mulk obyektlarini berish uchun talabnomalar taqdim etishda zarur bo‘lgan arizalarning shakllari, patent bojlari haqidagi va boshqa dolzarb axborotlar joylashtirilgan. Shu bilan bir qatorda, saytda intellektual mulk obyektlarining ro‘yxati to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish bo‘yicha interaktiv xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ishlab chiqarishning mazkur sohalarini qo‘llab-quvvatlashning asosidir. Ushbu Qaror respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga mos ravishda yanada rivojlantirish, sifatli, raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha milliy dasturchilarni rag‘batlantirishni kuchaytirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorda ushbu mahsulotlarning sotilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim dasturilamaldir.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarori ijrosi yuzasidan AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar belgilanib, Qarorning maqsad va vazifalariga mos ravishda soha mutaxassislari uchun tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, «EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiqdir. Bu choralar innovatsion jarayonlarning rivojlanishiga ijobiy turtki berib, intellektual mulk himoyasi mexanizmlarini sifatli yaxshilaydi, axborot tizimlari mustahkamliligini ta’minlaydi, mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantiradi.
Shuningdek, integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi hamda elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi sohasida qabul qilingan qonunlar va amalga oshirilayotgan huquqiy amaliyot milliy iqtisodiyotda yangi, barqaror, yuqori haq to‘lanadigan ishchi o‘rinlarini tashkil etishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Umuman, yuqori texnologiyalar sektorida aholining samarali bandligiga imkon bermoqda. Shunga ko‘ra hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlariga dasturiy ta’minot ishlab chiqarilishini rivojlantirish yo‘nalishlarini kiritish muhim.

Xulosa


Amaliyotni universitetda olgan nazariy bilim va ko’nikmalarimni amalda sinash uchun “Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti”da o’tadim. Menga amaliyot joyidan rahbar ajratilib, mening har kunlik ishim baholanib borildi. Amaliyotning birinchi kuni men xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirildim. Bu amaliyotni o’tash men uchun muhim bo’lgani sababli men xavfsizlik qoidalarini qunt bilan o’zlashtirdim va o’zim uchun kerakli ma’lumotlarni oldim. Jumladan men Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti hodimlari uchun o’tkazilgan “Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni jalb etish” mavzusida o’tkazilgan seminarda ham ishtirok etdim bu men uchun juda ham foydali bo’ldi.
Amaliyotda bilimlarimni oshirish va olgan bilimlarimni amalda qo’llash imkoniyati mavjud bo’ldi. Amaliyot davomida web-saytlar ishlab chiqarishda amaliyot rahbarimga ko’maklashishda o’qish jarayonida olgan bilimlarimga tayanib yordam berdim.
Bu yerda axborot xavfsizligini ta’minlashda tarmoqni qanday sozlash kerakligini o’rgandim hamda kompyuterlarga mahsus dasturlash muhitlarini o’rnatdim. Shu bilan birga ommaviy dasturlash tillarini ham o’rgandim. Misol uchun Java dasturlash tilini aytishim mumkin. Amaliyotda rahbarim har kunlik olingam ko’nikmalarni tekshirish uchun kichik vazifalar berib bordi. Bu bilan men olgan ko’nikmalar kuchayib, malakam oz-ozdan oshib bordi. Shunday qilib, amaliyot davomida oliy muassasada olgan nazariy bilimlarni amalda sinash imkoniyatiga ega bo’ldim.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling