Mavzu 4 ta darsga (16 akademik soatga) mo’ljallangan.
Dars o’tish uslubi. Vertushka usuli.
Darsning boshlanishida talabalarning laboratoriya darsiga tayyorgarliklari
tekshiriladi. Buning uchun talabalar uchtadan guruhlarga bo’linib, ularga laboratoriya
darsi yuzasidan savollar beriladi va sanoatda ishlab chiqariladigan aniq dori
vositasining nomi aytiladi. Talabalar o’zaro fikrlashib, ushbu dori preparati uchun
keltirilishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlarni va qisqacha bu ko’rsatkichlarni aniqlash
usullarni mustaqil ravishda yozadilar. Talabalar yozib bo’lganlaridan so’ng, vazifa
guruhlarga almashtirib beriladi. 3 yoki 5 marta aylangandan so’ng o’qituvchi va
talabalar bilan umumiy to’g’ri javob aniqlanadi. Har bir guruh to’g’ri javobni alohida
rangli qalam bilan belgilash tavsiya etiladi. Vazifa o’qituvchi tomonidan tekshirilib,
har bir guruh tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar ko’rsatib o’tiladi.
O’qituvchi yangi darsning o’ziga xos tomonlarini, ya’ni talabalar ushbu darsda
nimalarga ahamiyat berishlari lozimligini tushuntirib o’tgandan so’ng tegishli dori
vositasining MTH nusxasini beradi. Uning asosida talabalar dori vositasining tahlilini
olib boradilar. Aniqlanuvchi ko’rsatkichlar, aniqlash usullari va kimyoviy
jarayonlarning tenglamalari hamda miqdoriy tahlil usullarini dori vositasi tarkibidagi
dori moddasining kimyoviy xossalari bilan asoslagan holda laboratoriya darsining
bayonnomasi yoziladi. Bayonnoma (2-shakl bo’yicha) yozib bo’lingandan so’ng,
talabalarning olgan bilimi, nazariy va amaliy ko’nikmalari reyting tizimi asosida
baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |