-9-
0,1 va undan kam
0,1 dan ko’p va 0,3 dan kam
0,3 va undan ko’p
±10,0
±7,5
±5,0
Agar 2 ta idishdagi modda og’irligidagi chetlanish jadvaldagiga mos
kelmasayu, lekin ±15% dan oshmasa, unda tekshiruvlar yana 40 ta idishlarda olib
boriladi. Bunda topilgan chetlanishlar jadvaldagidan bittasi ham katta bo’lmasligi
kerak.
20 ta idishdagi moddaning o’rtacha og’irlikdagi chetlanishi xususiy maqolada
keltirilgan nominal miqdorga nisbatan ±5% gacha bo’lishi kerak. 0,05
g va undan
kam og’irlikda dori moddasini saqlaydigan in’ektsiya uchun quruq steril dori
vositalari va suspenziyalar dozalar bir xilligiga tekshiriladi.
Tekshirishlar 10 ta idishlarda alohida-alohida xususiy maqolada keltirilgan
miqdoriy tahlil usullari yordamida olib boriladi. Idishlardagi dori modda miqdori
nominaldan ±15% gacha chetlanishi mumkin. Agar har bir idishdan chetlanish ±15%
oshib ketsayu, lekin ±25% gacha bo’lsa, unda tekshiruvlar qo’shimcha yana 20ta
idishlarda olib boriladi. Bunda har bir idishdagi modda miqdordagi chetlanish ±15%
dan oshmasligi kerak.
Suspenziyalar uchun qatlamlar ajralishi tekshiriladi. Bunda agar xususiy
maqolalarda boshqa yo’riqlar ko’rsatilmagan bo’lsa, suspenziyalar chayqatib
bo’lgandan so’ng qatlamlarning ajralish vaqti 5 minutdan kam bo’lmasligi kerak.
Suspenziyalar 0840 sonli ignadan shpritsga osongina o’tish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: