´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


Download 1.17 Mb.
bet34/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
Kerakli

Rp.: Codeini phosphatis 0,025
Natrii hydrocarbonatis 0,3
M.f. pulvis
D.t.d.N.20
S. 1 ta sochmadan ichish uchun.

Tarkibida uchuvchan yoki hidli moddalar bo‘lsa, yoki ular gigroskopik bo‘lsa sochmalar mumlangan (charta cerata) yoki parafinlangan (charta paraffinata) qog‘ozga o‘ralgan xolda beriladi. Bu xaqda retseptda kerakli ko‘rsatma yoziladi.


Misol. Rp.: Camphorae tritae 0,3
D.t.d.N.12 in charta cerata
S. 1 ta sochmadan ichilsin.


KAPSULALAR


Kapsula (bosh kelishik birlik sonda - Kapsula, jo‘nalish kelishigi
ko‘plik sonda - Kapsulis).
Kapsulalar ichiga dozalangan sochma, granula, xamirsimon, suyuq, ichish uchun mo‘ljallangan, dori vositalarini joylashtirish uchun qobiq bo‘lib, keyingi vaqtda keng qo‘llanilmoqda. Kapsulalarga dorilarni joylashtirishdan maqsad, ularni hidini, ta’mini yoki ularning shilliq qavatlarga tasirlantiruvchi xossasini bartaraf etishdir. Shu bilan bir qatorda kapsula ichidagi dorilar tashqi ta’sirotlardan (yorug‘lik, xavo, me’da shirasini kislotali muxiti va boshqalar) ximoyalanadi. Kapsulalar asosan zavodlarda kraxmal, bo‘g‘doy uni va jelatinadan tayyorlanadi. Kapsulalar yaxshi tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, ularga har xil shakl va yoqimli rang berish mumkin. Ularni yutish oson. Keyingi vaqtlarda mikrokapsulalar biopolimerlardan tayyorlanmoqda (5 – 500 mk). Kraxmaldan tayyorlangan (Kapsulae amylaceae s. oblatae) kapsulalar ok rangli, hidsiz, ta’msiz bo‘lib tsilindrik shaklga ega. Qopqoqchasi bir oz kattaroq bo‘ladi. Unga 0,25 dan 1,0 gacha sochma joylashtirish mumkin. Suvga tekganda u tez yumshaydi, lekin parchalanmaydi. Jelatindan kapsulalar (Kapsulae gelatinosae) tayyorlash uchun hayvon yelimini eng yaxshi navlari ishlatiladi. Ular cho‘zinchoq, tuxumsimon yoki yumoloq shaklda bo‘lib har xil o‘lchamga ega bo‘lishlari, ichiga 0,1 dan 1,5 gacha dori vositasini joylash mumkin. Jelatin kapsulalari 3 xil bo‘ladi: a) yumshoq yoki elastik – Kapsulae gelatinosae molles s. elasticae; b) qattiq - Kapsulae gelatinosae durae; v) qopqoqlik - Kapsulae gelatinosae operculatae. Jelatin kapsulalarni faqat ichakda parchalanishini ta’minlash uchun ularni formaldegid bug‘i yoki etil spirti bilan ishlov beriladi. Ular glyutoid kapsulalar (Kapsulae glutoidales) deb ataladi.
Kapsulalarda beriladigan dori moddalariga retsept yozishda Rp.: dan keyin dori moddaning nomi va miqdori, D.t.d.N. dan keyin in kapsulis gelatinosis yoki amylaceis yoziladi va S. da ko‘llanilishi yoziladi.
Misol. Tarkibida 0,1 dan bromkamfora va 0,05 dan xinidin sulfat bo‘lgan 20 ta sochma qopqoqchali jelatin kapsulalarda yozib berilsin. 1 ta kapsuladan ichish belgilansin.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling