´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
Rp.: Bromcamphorae 0,1
Chinidini sulfatis 0,05 M.f. pulvis D.t.d.N.20 in capsulis gelatinosis S. 1 ta kapsuladan ichilsin. TABLETKALARTabletka (bosh kelishik birlik sonda - Tabuletta, tushum kelishigi birlik sonda - Tabulettam; tushum kelishigi ko‘plik sonda - Tabulettas; jo‘nalish kelishigi ko‘plik sonda - in tabulettis). Tabletkalar dori vositalari va yordamchi moddalarni fabrika yoki zavodlarda maxsus avtomatlarda presslash yo‘li bilan tayyorlanadigan va ichish uchun tavsiya etiladigan, dozalarga bo‘lingan, qattiq dori shaklidir. Tabletkalarni tayyorlashda yordamchi moddalar sifatida quyidagilar ishlatiladi: shakar (Saccharum), kraxmal (Amylum), natriy xlorid (Natrii chloridum), talk (Talcum), kakao (kakao), jelatin (Gelatinum) eritmasi, suv (Aqua), spirt (Spiritus) va boshqalar. Tabletkalar asosan ichish uchun, goxo sirtga ishlatiladigan eritmalar tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Tabletkalar odatda yuzi tekkis yoki ikki tomoni qavariq bo‘lib kelgan doirasimon yoki oval ko‘rinishida bo‘ladi. Tabletkalarni usti qoplangan bo‘lishi mumkin (Tabulettae obductae), bunda qand, kakao, bo‘yoqlar hamda ovqatga ishlatiladigan lak va boshqalardan foydalaniladi. Tabletkalar vazni 0,1 dan 2,0 gacha bo‘lib o‘rtachasi 0,3 – 0,5 ga teng bo‘ladi. Tabletkalar diametri 9 mm dan ortiq bo‘lsa ularni 2 ga bo‘lishni osonlashtirish uchun o‘rtasiga chiziq chiziladi. Tabletkalar sochmalarga nisbatan bir qator ustunlikga egadirlar: yutish oson, noxush organoleptik xossalari nomayon bo‘lmaydi, gigienik nuqtash nazordan yaxshi, arzonroq va davomli saqlash mumkinligi. Tabletkalarga retsept yozib berilar ekan, ularning zavodda tayyorlanadigan bo‘lishini esda tutish kerak, shuning uchun tabletkalarni tayyorlash, ularning tarkibiga kiradigan yordamchi moddalar to‘g‘risida retseptlarda qanday bo‘lmasin yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilmaydi. Barcha tabletkalar ofitsinaldir. Ko‘pincha dori moddalarning nomini, ularning bitta tabletkadagi miqdorini ko‘rsatib, retsept yoziladi, keyin buyurilayotgan shu tabletkalarning soni aytilib, D.t.d.N. ... in tabulettis (shunday dozalardan ... tasini tabletkalarda ber) deb yoziladi. Tabletkalarga retseptlar 2 ko‘rinishda yoziladi: Rp.: dan keyin dori moddasining nomi va uning 1 martalik dozasi ko‘rsatilib keyin esa tabletkalar soni ko‘rsatiladi – D.t.d.N. ... in tabulettis (ber, shunday miqdorda ... tabletkalar) keyin esa signaturasi S. yoziladi. Misol. td = 0,03li dimedrolning 10ta tabletkasi yozilsin. 1 tabletkadan ichish buyurilsin. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling