´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
Download 1,17 Mb.
|
Kerakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- GRANULALAR
- HAPDORI (PILYULA)
D.t.d.N.20
S. 1ta drajedan ichilsin. Ba’zi xollarda dorilar ta’sirini o‘zaytirish uchun ularni mikrodraje xolida tayyorlanadi, ya’ni dorilar o‘lchami kichik bo‘lgan granulalarga aylantirib o‘stidan ximoya pardasi bilan o‘raladi. Mikrodrajelar aloxida dori shakli sifatida qo‘llanilmaydi, lekin ulardan tabletkalar, spansullar va boshqa dori shaklini xosil qilishda qo‘llaniladi. GRANULALARGranula (bosh kelishik birlik sonda - Granulum, qaratqich kelishik birlik sonda - Granuli, qaratqich kelishik ko‘plik sonda - Granulorum) – ichishga mo‘ljallangan, bir tarkibli zarrachalardan tuzilgan qattiq dori shakllaridir. Granulalar ofitsinaldir, o‘lchami 0,2 mm dan 0,3 mm gacha bo‘ladi. Granulalar bir xil rangda bo‘lib 15 daqiqa mobaynida parchalanishlari kerak. Yordamchi moddalar sifatida shakar, choy sodasi, kraxmal, glyukoza, talk va boshqalar olinadi. Odatda, yoqimsiz hid beradigan, ta’mi yokimsiz va mahalliy ta’sirlantirishga ega bo‘lgan dori moddalari granulalarda chiqariladi. Granulalar odatda choy qoshiqlar bilan ichish uchun tavsiya etiladi. Misol. Natriy paraaminosalitsilatning granulasidan 100,0 yozilsin. 1 choy qoshiqdan ovqatdan so‘ng ichish buyurilsin. Rp.: Granulorum Natrii paraaminosalicylatis 100,0 D.S. 1 choy qoshiqdan ovqatdan keyin ichilsin. HAPDORI (PILYULA)Hapdori (bosh kelishik birlik sonda - Pilula, qaratqich kelishik birlik sonda - Pilulae). Hapdorilar dozalangan sharsimon shakldagi ichish uchun mo‘ljallangan qattiq dori shakli bo‘lib, ularning vazni 0,1 dan 0,5 gacha buladi. Agar hapdori vazni 0,5 dan katta bo‘lsa bolyus deb ataladi, 0,1 dan kam bo‘lsa – granulalar deb ataladi. Hapdorilar tayyorlash uchun hapdori asosi, ko‘pincha organik sochmalar va quyuq ekstraktlar ishlatiladi: Extractum et pulvis radicis Glycyrrhizae, Extractum et pulvis radicis Gentianae, Extractum et pulvis radicis Taraxaci. Ushbu shakl beruvchi moddalar Massae pilularum deb yuritiladi. Hozirda hapdorilar tabletka, draje, kapsulalar bo‘lganligidan kam qo‘llaniladi. Hapdorilar dorixonada ex tempore tayyorlanadi. Yordamchi vosita sifatida hapdorilar tayyorlashda kraxmal (Amylum), oq tuproq (Bolus Alba), tsink oksidi (Zinci oxydum), glitserin (Glycerinum) qo‘llaniladi. Retseptda 25 – 30 hapdori yoziladi, chunki hapdori tayyorlaydigan uskuna shu miqdorga mo‘ljalllangan, shuning uchun ham hapdorilardagi dori moddasining miqdori tayyorlanadigan hapdorilar soniga qarab belgilanadi (25 – 30; 50 – 60). Misol. Tarkibida 0,001 strixnin nitrati saqlagan 30 ta hapdori yozilsin. 1 hapdoridan ichilsin. Hisob: 0,001 x 30 = 0,03 Download 1,17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling