Rp.: Strychnini nitratis 0,03
Massae pilularum q.s. (qancha kerak bo‘lsa)
ut f. pilulae N.30
D.S. 1 ta hapdoridan ichilsin.
Hozirgi vaqtda qattiq dori shaklida tabletkalar, drajelar, kapsulalar, sochmalar, granulalar va hapdorilardan tashqari yangi qattiq dori shakllari qo‘llanilmoqda, jumladan karamellar va troshlar.
KARAMELLAR (Karamel)
Qattiq dori shakli bo‘lib, dori moddasining shakar bilan aralashtirish yo‘li orqali olinadi. Ularni tayyorlashda rangi va organoleptik xossalariga ahamiyat berish kerak. Karamellar og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavati kasalliklarida mahalliy ishlatiladi va to so‘rilib ketguncha og‘izda saqlanadi.
Masalan, zamburug‘larga va bakteriyalarga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan dekamin preparati shunday karamellar shaklida qo‘llaniladi.
Troshe (bosh kelishik birlik sonda - Trochiscius, qaratqich kelishik birlik sonda - Trochisci) yassi shaklda zich xususiyatga ega bo‘lgan qattiq dori shakli. Ular qand va shilimshiq bilan dori moddasini aralashtirish yo‘li bilan olinadi. Ular og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarida ishlatiladi. Gohida ovqat hazm qilish yo‘llari kasalliklarida ham ichishga tavsiya etiladi.
YANGI DORI MODDALARI
Ko‘z plyonkalari va aerozollari. Ko‘z plyonkalari bosh kelishik ko‘plik sonda - Membranulae ophthalmicae, s. Lamellae, o‘rin payt kelishigi ko‘plik sonda - Membranulas ophthalmicas, s. Lamellas.
Ko‘z plyonkalari ko‘z suyuqligi (yoshida) eriydigan va tarkibida ma’lum dori miqdori bo‘lgan, o‘lchami 9 x 4,5 va 0,35 mm ga teng steril polimorf plyonkalar hisoblanadi. Ko‘z tomchilariga nisbatan afzalligi quyidagicha: dori uzoqroq saqlanadi, sterilligi saqlanadi va mustahkamdir.
Misol, tarkibida pilokarpin gidroxloridi bo‘lgan 30 ta ko‘z plyonkasi yozilsin. 1 plyonkadan pastki qovoq ostiga sutkasiga 1 mahal quyish buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |