´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


Mustaqil retsept yozish uchun misollar


Download 1.17 Mb.
bet41/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Kerakli

Mustaqil retsept yozish uchun misollar:

  1. Xlorakon (Chloraconum) ni 0,6 dan sochma sifatida 12 marta ichish uchun retsept yozing.

  2. Tarkibida 0,025 piridoksin (Pyridoxinum) va 0,01 riboflavin (Riboflavinum) bo‘lgan 20 ta sochmaga retsept yozing.

  3. Tarkibida 0,05 adiurekrin (Adiurecrinum) bo‘lgan 12 ta sochmani parafin qog‘ozda berish uchun retsept yozing va sochmani burunga havo bilan tortish lozimligini tushun tiring.

  4. Norsulfazol (Norsulfazolum) ni 20,0 mayda (kukun) sochmasini yaraga sepish uchun retsept yozing.

  5. Tarkibida 10% kseroform (Xeroformium) bo‘lgan sochmani yaraga sepish uchun retsept yozing.

  6. Tarkibida 0,3 qaytarilgan temir (Ferrum reductum) va 0,1 askorbin kislota (Acidum ascorbinicum) si bo‘lgan sochmani jelatin kapsulalarda berish uchun retsept yozing.

  7. Tarkibida 0,25 bromkamfora (Bromcamphora) va 0,1 xinidin sulfat (Chinidini sulfas) bo‘lgan sochmani kraxmaldan tayyorlangan kapsulada berish uchun retsept yozing.

  8. Har birida 1 ml dan kanakunjut moyi (Oleum Ricini) bo‘lgan 10 ta elastik jelatin kapsula yozib berilsin. Hamma kapsulalarni bir vaqtda ichishga buyurilsin.

  9. 0,6 dan 12 ta metionin (Methioninum) sochmasi oblatkalarda yozib berilsin. Kuniga 1 oblatkadan 3 mahal ichish uchun buyurilsin.

  10. Tarkibida 0,015 prozerin (Proserinum) bo‘lgan 20 ta tabletkaga retsept yozing.

  11. Tarkibida 0,005 tiamin bromid (Thiamini bromidum), 0,002 riboflavin (Riboflavinum) va 0,01 nikotin kislota (Acidum nicotinicum) si bo‘lgan 20 ta tabletkaga retsept yozing.

  12. “Kordegit” (“Kordegitum”) ning 10 ta tabletkasiga retsept yozing.

  13. Rezerpin (Reserpinum) ning 0,00025 li tabletkasidan 12 tasiga retsept yozing.

  14. Tarkibida 0,15 diazolin (Diazolinum) bo‘lgan 20 ta drajega retsept yozing.

  15. Tarkibida 0,025 rutin (Rutinum) va 0,05 askorbin kislota (Acidum ascorbinicum) si bo‘lgan 30 ta drajega retsept yozing.

  16. Tarkibida 0,05 xlorprotiksen (Chlorprothixenum) bo‘lgan 20 ta drajega retsept yozing.

  17. Tarkibida 0,025 maprotilin (Maprotilinum) bo‘lgan 20 ta drajega retsept yozing.

  18. Tarkibida 0,0005 atropin sulfat (Atropini sulfatis) bo‘lgan 60 ta hapdoriga retsept yozing.

  19. Tarkibida 0,002 yod (Iodum), 0,002 kaliy yodid (Kalii iodidum), 0,003 fenobarbital (Phenobarbitalum) va 0,02 metiltiouratsil (Methylthiouracilum) bo‘lgan 50 ta hapdoriga retsept yozing.

  20. Tarkibida glitserofosfat (Glycerophosphas) bo‘lgan 100,0 granulaga retsept yozing. Maxsus o‘lchamli qoshiq bilan 1,0 dan ichishga buyurilsin.




Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling