Rp.: Tabulettas “Nicoverinum” N.20
D.S. 1 tabletkadan ichilsin.
Tabletkalar tarkibida aktivligi biologik yo‘l bilan aniqlanadigan dori moddalari bo‘lsa, bu holda og‘irlik miqdori ko‘rsatilmay ta’sir birliklari ko‘rsatiladi.
Misol. 100000 TB bulgan fenoksimetilpenitsillindan 20ta tabletkaga retsept yozib bering. 1 tabletkadan ichish buyurilsin.
Rp.: Phenoxymethylpenicillini 100 000 TB
D.t.d.N.20 in tabulettis
S. 1 tabletkadan ichilsin.
Eritmalar tayyorlash uchun tabletkalarga retsept yozganda signaturada kerakli eritma tayyorlash uchun ko‘rsatma beriladi.
Tabletkalar uchun magistral retseptlar bo‘lmaydi.
DRAJELAR
Draje (qaratqich kelishik birlik sonda - Dragee) – ichish uchun dozalarga bo‘lingan qattiq dori shakli. Drajelar dori moddasi va yordamchi moddalarni qand donalariga bir necha marotaba qavat-qavat qilib (drajelash) o‘rash yo‘li bilan olinadi. Yordamchi modda sifatida shakar, kraxmal, bug‘doy uni, kakao, shokolad, oziq-ovqat laklari, bo‘yoqlari va boshqalar ishlatiladi. Hozirgi paytda vitaminlar va ba’zi bir dori moddalari draje shaklida chiqariladi. Ular sharsimon ko‘rinishli, silliq har-xil yoqimli rangli yuzaga ega bo‘ladilar. Drajening og‘irligi 0,1 dan – 0,5 gacha bo‘lib, 1,0 dan oshmasligi kerak. Drajelar 30 daqiqada parchalanib ketishi kerak. Barcha drajelar ofitsinaldirlar. Drajega retsept yozishning faqat bir formasi mavjud. Retsept yozish dori shaklini ko‘rsatishdan boshlanib, undan keyin dori moddasining nomi, uni bir marta qabul qilish dozasi, berilayotgan drajening miqdor belgisi va signaturasi yoziladi.
Misol. Tarkibida 0,025 aminazin bo‘lgan 20 ta drajega retsept yozilsin va 1 ta drajedan ichish buyurilsin.
Rp.: Dragee Aminazini 0,025
Do'stlaringiz bilan baham: |