Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- If(b) return
- 10.1.2-misol
- 10.1.6-misol
return operatori. return operatori asosan klasslar va undagi metodlarda qo‗llaniladi. Klasslar va metodlar mavzusida bu operatorga batafsil to‗xtalamiz. Agar biror metodning ichida bu operator qo‗llangan bo‗lsa, va programmaning biror joyidan bu metodga murojaat bo‗lsa, return metodga murojaat qilingan joyga qaytaradi. Bosh metod main ning ichida return ning qo‗llanishi programmaning yakunlanishiga olib keladi. Masalan, quyidagi programma bunga misol bo‗ladi[1]: public class Main { public static void main(String[] args) { boolean b=true; System.out.println("Return ning ishlashiga e‘tibor bering "); If(b) return; // programma yakunlanadi System.out.println(" Bu operator ishlamaydi "); } } Programma ishlaganda If(b) return; operatori bajarilishi bilan, programma o‗z ishini yakunlaydi, chunki b o‗zgaruvchining qiymati rost va shart bajariladi. Shartning bajarilishi return ning bajarilishiga olib keladi. Programmada if operatori sun‘iy kiritilgan. Agar bu operatorsiz to‗g‗ridan- to‗g‗ri return qo‗llanilsa, kompilyator keyingi operator hyech qachon bajarilmaydi, degan xatoni ko‗rsatadi va programma umuman ishlamaydi. 10. Mashqlar. Quyida keltirilgan misollarning blok-sxemasini va programmasini tuzing. 1. Chiziqli jarayonlarga doir misollar. 10.1.1-misol. Ixtiyoriy ikkita son berilgan. Ularning yig‗indisini, ayirmasini, ko‗paytmasini va nisbatini toping. 10.1.2-misol. To‗g‗ri burchakli uchburchakning katetlari a va b. Uchburchakning yuzi va perimetrini toping. 10.1.3-misol. Radiusi R bo‗lgan aylananing uzunligini va doiraning yuzini toping. 10.1.4-misol. Doiraning yuzi S. Uning radiusini toping. 10.1.5-misol. A(x 1 ,y 1 ) va B(x 2 ,y 2 ) nuqtalar koordinatalari bilan berilgan. Ular orasidagi masofani toping. 68 10.1.6-misol. Tekislikda uchburchak uchlarining koordinatasi A(x 1 ,y 1 ) , B(x 2 ,y 2 ) va C(x 3 ,y 3 ). Uchburchakning yuzini toping. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling