Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

С
: diskning Program Files papkasiga mos 
nom bilan o‗rnatiladi. Programma o‗rnatilgandan so‗ng kompyuteringizning 
ishchi stolida (rabochiy stol) uning yorlig‗i paydo bo‗ladi (1.4-rasm). 
Bu yorliq orqali NetBeans IDE ni ishga tushirishingiz mumkin. Agar 
biror sababga ko‗ra, bu yorliq ishchi stolda bo‗lmasa, bosh menuni oching 
(
Пуск
tugmasini bosib, 1.5-rasm). Bosh menuda turgan programmaning 
yorlig‗ini ishchi stolda hosil qilish uchun uning nomini ishchi stolga 
sichqoncha yordamida sudrab kelish yetarli. Natijada 1.4-rasmdagi yorliq 
kompyuteringizning ishchi stolida paydo bo‗ladi.
Agar biror sababga ko‗ra Java bosh menuda ham bo‗lmasa, 
Пуск

Все
 
программы
 orqali kompyuterda o‗rnatilgan programmalar ro‗yxatini oching 
(1.6-rasm). U albatta shu yerda bo‗lishi kerak. Bu holda ham yuqoridagidek 
ishchi stolda yorliq hosil qilish mumkin. 



1.4-rasm. 
1.5-rasm. 
1.6-rasm. 
 
IDE muhitida biror loyiha (proyekt) va bu loyihaning programmasini 
tuzish, mumkin. Bu ikki ishni amalga oshirishda NetBeansda IDE dasturlash 
juda qulay bo‗lib, loyihaning ayrim elementlarini yaratishni avtomatlashtirish 
ham mumkin. Delphi, C++ va Java tillarida biror masalani yechish 
jarayonida uning loyihasini tuzish degan yangi tushuncha kiritildi va bu 
Windows bilan chambarchas bog‗liq. Bu tushuncha FORTRAN, Algol-60
PL/1 va b.q. shu kabi programmalashtirish tillarida uchramaydi.
Masalaning loyihasi deganda, nimani tushunish kerak? Buni ikki 
ixtiyoriy sonni qo‗shish (s=a+b) misolida tushuntirishga harakat qilamiz. 
Faraz qilaylik, biz yechmoqchi bo‗lgan masalaning loyihasi 1.7-rasmdagidek 
bo‗lsin. Bu loyihada a va b larning qiymatlari uchun ajratilgan o‗ng tomon 
dagi to‗rtburchaklarga mos qiymatlarni (masalan, 2 va 3) kiritib, Hisobla 
tugmasi bosilsa, s ning qiymati uchun ajratilgan joyda yig‗indi hosil bo‗lsin. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling