Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari


Download 312.94 Kb.
bet2/2
Sana09.05.2020
Hajmi312.94 Kb.
#104381
1   2
Bog'liq
Tashqi qarz

Tashqi qarz oqibatlari va uni tartibga solish usullari.


Davlat qarzi tashqi va ichki qarzlarga bo`linar ekan, uning oqibatlari ham bir xil emas. Tashqi qarzni uzish uchun davlat o`zining real boyligidan kreditor mamlakatga berishi zarur. Huddi shunday qarzning foiz ulushi uchun ham. Bu esa qarzdor davlatning iqtisodini salbiy oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari qarz oluvchi mamlakatga kredit olishi uchun kreditor davlat tomonidan ma’lum shartlar qo`yiladi. Eksportning kamayishi natijasida esa tashqi savdo balansida buzilish sodir bo`ladi va yangi qarzlarga olib keladi.

Davlat qarzlarining absolyut o`lchami orqali iqtisodiyotga qanchalik muammo ekanligini aniqlab bo`lmaydi. Agar qarz summasi YaIM ning kichik bir ulushini tashkil etsa, bu unchalik xavfli emas hisoblanadi va iqtisodiyot rivojlanishda davom etadi. Uni foiz ulushi bilan birga to`lash esa iqtisodiyotga qiyinchilik tug`dirmaydi. Shuning uchun tashqi qarz baholanayotganda uning YaIM ulushi ham hisobga olinadi. Past darajadagi iqtisodiy hamda YaIM o`sishi kuzatilgan davlatlarda tashqi qarz jiddiy makroiqtisodiy muammolarga olib keladi.

Odatda mamlakat qarzni to`lamaydi, balki uni qayta moliyalashtiradi. Buning uchun davlat yangi zayomlar chiqaradi va eski qarzlarini to`lash uchun yangi qarzlar oladi. Qisqacha qilib aytganda, moliyaviy piramida yaratadi. Bundan tashqari hukumat o`zining sarf-xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida soliqlarni oshiradi hamda qo`shimcha pul ishlab chiqaradi.

Yirik davlat qarzlarining jiddiy muammolari quyidagilardan iboratdir6:



  • daromadlar tensizligi kuchayadi;

  • qarzning qayta moliyalanishi foiz stavkalarining o`sishiga olib keladi. Bu esa qisqa davrda investitsiyalarni kamaytiradi. Uzoq muddatda esa zahirasining va mamlakat ishlab chiqarish potensialining kamayishiga olib kelishi mumkin;

  • kelajakda yuqori inflasiya darajasi xavfini tug`diradi;

  • davlat byudjeti defitsiti uzoq davom etishi mumkin;

  • savdo balansi defitsiti va davlat byudjeti defitsiti birgalikda ikkilik (twin) defitsitini hosil qilishi mumkin.

Tashqi qarz muammosini bartaraf etishda shu kungacha ko`plab tajribalar amalda sinab ko`rilgan. Har bir davlat bu muammoga duch kelganligi sababli uni har xil uslublar bilan bartaraf etishga harakat qiladi.

Umuman olganda uzishlarning manbalarini biz qutilish fondlari deb atashimiz ham mumkin. Qarzlarni uzish maqsadida muhim tashkilotga asos solinadi va unga oldindan rejalashtirilib taqsimlangan davlatning to`lashi kerak bo`lgan yillik foiz qog`ozlari topshiriladi. Bu tashkilotda qog`ozlar to`lanmaydi, ya’ni qisqrtirilmaydi, balki faqat yig`iladi. Davlat esa ular bo`yicha foizlarni to`lashda davom etadi. Oxirgi to`langan foiz murakkab foiz tizimi bo`yicha oshadi va shu tarzda shunday yirik summa payd bo`ladiki, natijada davlat qarzlarining deyarli barchasi qoplanadi.

Bu g`oya ingliz olimi Prays tomonidan o`ylab topilgan va P. usuli deb nomlanadi. Angliya hukumati bu usuldan 1786 – 1828 – yillar oralig`ida, Fransiya 1871 – yilgacha, nominali esa hozirgi davrgacha, Avstriya 1817 – yildan 1859 – yilgacha foydalangan.

Bundan tashqari dunyo mamalakatlari qarzlarni boshqarish usuli bilan ham bu muammoni kamaytirmoqda. Dunyo amaliyotida qarzlarni boshqarishda 3 xil uslub bo`yicha ishlar olib boriladi:7



  1. Qarzlarni qayta tuzish – bu davlat qarzlarini tashkil etuvchi qarz majburiyatlarini boshqa xizmatlar orqali to`lash mumkin bo`lgan qarz majburiyatlariga almashtirishga asoslangan uslubdir.

  2. Qarzni o`zgartirish – bu eski qarzlarni yangisiga almashtirishdir. Bundan tashqari eski qarzni yangi aktivlarga yoki xususiy mulkka almashtirishga ham imkoniyat beradi.

  3. Hisobdan chiqarish – agar qarzdor mamlakat o`z qarzini to`lash imkoniyatiga ega emas deb topilsa, qarz majburiyati hisobdan chiqariladi.

Bu bobga qisqach xulosa qiladigan bo’lsak, tashqi qarz iqtisodiyotning rivojlanishi uchun davlatlar hukumatlari tomonidan jalb qilinsa ham, bu miqdorning nazoratdan chiqib ketishi, davlat uchun jiddiy muammalar keltirishi va bu oxir-oqibat qarzlarni qayta moliyalashtirish yoki boshqarish usullari bilan tartibga solinishiga olib keladi.


2-bob. Davlatlar misolida tashqi qarz tahlillari.

2.1. Argentinada tashqi qarz inqirozining paydo bo’lishi va oqibatlari.


1990-yillarda, Argentina dunyo iqtisodiyot tarixida kamdan-kam uchraydigan muvafaqqiyat hikoyasiga ega davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan bo’lsa, keyingi o’n yillik davomida esa davlat shunday inqirozni boshdan kechirdiki, bu oxir-oqibat tarixdagi eng katta davlat qarzi bilan bog’liq inqiroz sifatida tarixga kirdi. Bu bobda, 2001-2002-yillarda Argentinada sodir bo’lgan tashqi qarz inqirozining sabablari va bu inqirozdan olingan saboqlar haqida to’xtalamiz.

Argentina prezidenti Fernando de la Rua 2001-yil oxirlarida o’z postini tashlashga majbur qilinganda, Argentina allaqachon tarixidagi eng chuqur iz qoldirgan inqirozga “tayyorgarlik” ko’rishni boshlagandi. 1990-yillarning so’nggilaridan boshlab, fundamentlar makroekonomic ko’rsatkichlar yomonlashishni boshlagan ya’ni daromadlar tushishni, ishsizlik ko’rsatkichlari esa ko’tarilishni boshlagan edi. Hukumat esa bu muammolar hal qilish uchun xorijiy qarzlarga suyanishga majbur bo’ldi, bu esa davlat iqtisodini tashqi shoklarga yanada sezuvchan bo’lishiga olib keldi.

“Ko’zaning sinish” sanasi esa 2001-yil 30-noyabrga to’g’ri keldi. Argentina hukumati peso devaluatsiyasidan havotirga tushayotgan paytda, bir kunning ichida foiz stavkalari shunchalik ko’tarilib ketdiki, AQSh va Argentina veksellari orasidagi farq 5000 punktga oshib ketdi. Bu holatda esa banklarning kasodga uchrashi muqarrar holat edi8.

1975-yilda 4 mlrd bo’lgan Argentinaning tashqi qarzi, 1982-yilda 40 mlrdni, 2001-yilga borib esa 140 mlrd dollarni tashkil etgan edi ya’ni chorak asrda 35 marta o’sish.

Argentinaning tashqi qarz inqirozi Karlos Menem, oldingi president hukumati o’tkazgan islohotlar natijasida boshlangan edi. 1990-yillarning boshlarida, Menem boshchiligidagi hukumat o’z oldiga davlatda kuzatilayotgan giperinflatsiyani bartaraf etish vazifasini qo’ydi. Lekin, inflatsiyani barqarorlashtirish rejasi butunlay muvaffaqqiyatsizlikka uchradi va milliy valyuta keskin devalvatsiyaga uchradi, xorijiy valyutadagi rezervlar esa 58%ga kamayib ketdi. Bunday yo’qotishlar yukini kamaytirish maqsadida, hukumat milliy valyuta, pesoni AQSH dollariga bog’lab qo’ydi ya’ni 1AQSh dollari 1 pesoga tenglashtirildi.

Bu go’yoki garov edi, lekin dastavval bu siyosat o’z natijasini berdi va inflatsiya nazorat qilsa bo’ladigan holatga qaytdi. XVF yordamida amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlari esa mamlakatdagi o’n yillik iqtisodiy o’sishlarni ta’minlab berdi. Argentina moliyaviy bozorlariga nisbatan optimistic ruhiyatning paydo bo’lishi esa davlatga investitsiya oqimini sezilarli darajada oshirib yubordi. Bu o’z navbatida, ya’ni xorijiy capital oqimining oshishi hukumatning valyuta bog’lash siyosatiga bo’lgan ishonchni oshirdi va ko’plab banklar dollar qiymatidagi qarzlarni va depozitlarni qabul qila boshladi. Natijada, Argentina bank sektori aktiv va passiv miqdorlari bo’yicha dollarizatsiya muammosiga duch keldi.

Bu siyosatning juda katta kamchiligi bor edi. Eksport tovarlari qiymat jihatidan qimmatlab ketdi, import tovarlari esa aksincha ya’ni arzonlashib ketdi. Ilgarilari mamlakat hududida ishlab chiqarilgan ko’plab mahsulotlar endi xorijdan import qilinishi boshlandi. Bu dastavval Argentinaning asosiy hamkori hisoblanadigan Braziliyaning ham Argentina kabi monetar siyosat o’tkazayotgani tufayli ham birdaniga sezilmadi, lekin 1999-yilda, Braziliya milliy valyutasini devalvatsiya qildi. 9Bu esa Argentina uchun muqarrar to’lov balansi inqirozi edi, lekin hukumat buni xorijiy qarzlar evaziga vaqtinchalik qoplash uddasidan chiqdi. 2001-yil ohiriga borib esa, davlatning tashqi qarzi (asosan markaziy banklar va hukumatlardan olingan) YaIMning 50%ini tashkil etgan edi. Shunda tahminan 30 mlr dollari aynan 2002-yilda to’lanishi lozim bo’lgan qarzlar edi. Tabiiyki, bu o’nglanadigan holat emas edi.

Argentina hukumat yetakchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan fiscal yoki monetary siyosat ham bu yerda hech qanday yordam bera olmasdi. Dollar va peso o’rtasidagi bog’liqlik siyosati amalda bo’lar ekan, markaziy bank ham foiz stavkalarini o’zgartira olmasdi yoki sanoat raqobatbardoshligini tiklash uchun pesoni devalvatsiya ham qila olmasdi. Bu holatdagi yagona chora “ichki deflatsiya” deb ataladigan jarayonni davlat xarajatlarini nazorat qilish orqali amalga oshirish edi. Biroq, federal hukumat munitsipal hokimyatlarning budjet siyosatiga yetarli darajada aralasha olmasligi bu siyosatni ham ahamiyatini kamaytirib yubordi.



2-rasm. Argentina tashqi qarz dinamikasi (mlrd dollar).

Manba: Argentina iqtisodiyot vazirligi hisoboti

Tabiiyki, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan dollar va peso o’rtasidagi bog’liqlik siyosati to’g’risidagi havotirlar orta boshladi. O’z navbatida, 1990-yillardagi iqtisodiy o’sish omillaridan hisoblangan investitsiya oqimi ham endi teskari yo’nalishda harakat qilishni boshlagan edi. Ko’plab yuridik va jismoniy shaxslar hukumatning keying qadamini tahmin qilib, har ehtimolga qarshi o’z boyliklarini AQSh dollarida saqlashga qaror qildilar. Chunki, agar hukumat pesoni devalvatsiya qiladigan bo’lsa, hech bo’lmasa ular o’z jamg’armalarini saqlab qolgan bo’lardilar. Lekin, bu Argentina iqtisodi uchun halokatli bo’lib chiqdi.


3-rasm. Dollar-Peso ayirboshlar kursi.


Manba: Tradingeconomics.com

Ohir-oqibat hukumat o’zini default deb e’lon qildi. Oradan bir necha hafta o’tgandan so’ng esa, peso devalvatsiya qilindi. Dollar qiymatidagi depozitlar eski ayirboshlash kursida pesoga aylantirildi ya’ni ilgarigi 10000 dollardagi omonat endi 2500 dollarga teng bo’lib qoldi. Tasavvur qiling, 7500 ming dollaringiz endi yo’q, “havoga uchib ketdi”. Bu kuppa-kunduz kuni ochiqchasiga talon-tarojlik edi. Odamlar buni bilsalarda, hech narsa qila olmasdilar.

Argentina inqrozining iqtisodiy ta’siri mamlakat tarixida hech qachon bunchalik sezilarli ko’rsatkichlarda aks etmagan edi. 1990-yillar ohirlarida ham YaIM o’sish ko’rsatkichlar manfiy holatda bo’lgan bo’lsa ham, inqirozdan so’ng bu ko’rsatkich bir yo’la 11%ga tushib ketdi. Ishsizlik ko’rsatkichlari, Buyuk Depressiya paytida AQSHda kuzatilgan darajaga ya’ni 25%ga ko’tarilib ketdi. Mamlakat iqtisodining doimiy dushmani inflatsiya esa yanada ko’tarildi, lekin yaxshiyamki, ko’plab iqtisodchilar o’ylagan suratlarda emas. 2002-yil so’ngiga borib, 1 dollar 4 pesoga yaqinlashdi, Trading Economics malumotlariga ko’ra, inflatsiya ko’rsatkichlari 80%ni tashkil etgan. Tushib borayotgan daromadlar va ko’tarilayotgan narxlar fonida Argentina aholisining 3dan 2 qismi qashshoqlik darajasida yashayotgandi.

Odatda devalvatsiyalar aholining ijtimoiy hayoti uchun og’ir sinov hisoblanadi. Biroq, Argentinaning qayta tiklanishi shunchalik tez sodir bo’ldiki, 2002-yilning avgust oyigacha ayirboshlash kursi barqarorlashibgina qolmay, balki pesoning qadri biroz oshdi ham. Eksport zudlik bilan o’zini tklab oldi, import suratlari esa keskin tushdi. 2002-yil ohiriga kelib, mamlakat YaIMi yana ijobiy o’sish sura’tlarini ko’rsata boshladi.

2.2. Argentina hukumati tomonidan tashqi qarzni tartibga solish uchun amalga oshirilgan choralar.


Argentinaning bunchalik tez tiklanishiga qanday omillar sabab bo’lgani haqida bu bo’limda to’xtalib o’tmoqchiman. Odatda, tahlilchilar bu tiklanishga sabab bo’lgan omillarning qaysi biri ko’proq ahamiyatliroq ekanligi to’g’risida bahs yuritishadi. Ko’plab mutahassislarning fikricha, aynan default holati bu tiklanishga jiddiy yordam bergan. Lekin, bu fikrning bir kamchiligi bor. 2001-yilda, Argentinaning Qarz-YaIM ko’rsatkichi 55%ni tashkil etardi, bu qarzning esa ko’p qismi dollardaligini hisobga olsak, pesoning devalvatsiyasi Argentinaning qarzlarini sun’iy ravishda oshishiga sabab bo’lgan.. lekin, boshqa rivojlangan davlatlarning bunday ko’rsatkichlariga solishtiradigan bo’lsak (Buyuk Britaniyada 88.7%, Fransiyada 90.2%), bu kichik ko’rsatkichligi namoyon bo’ladi. Gap bu yerda qarzni to’lab berish muammosi haqida emas, balki qarzni to’lab berish vositalarining likvidlilik darajasi haqida ekanligi oydinlashadi. To’g’ri, default holat Argentinaga likvidlilik muammosini hal qilishga yordam bergan, lekin bu Argentina YaIMining o’sish ko’rsatkichlarining qayta tiklanishida hal qiluvchi factor bo’lgan degan xulosani bermaydi.

Argentina hukumatining pesoni devalvatsiya qilish qarori ko’proq mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirgan desak to’g’riroq bo’ladi. Chunki pesoni dollarga bog’liqlik siyosatidan voz kechish nafaqat Argentina eksportchilariga jahon bozoriga qaytishga imkon berdi, balki bu davlatga administrative to’lovlarga real hisobda kamroq xarajat qilishiga va bu bilan byudjetni to’ldirib olishga erishdi. Bundan tashqari, devalvatsiyaning yomon tomoni—keskin inflatsiya—ham ishsizlikning keskin ko’rsatkichlari va iqtisodiy inqiroz tufayli kutilgan ko’rsatkichlarni qayd etmadi.



4-rasm. Argentina tashqi qarz dinamikasi.



Manba: Tradingeconomics.com

Va nihoyat, jahon iqtisodiyotida kuzatilgan holat ham Argentinaning inqirozdan chiqib olishi uchun bundanda qulay bo’lishi mumkin emas edi. Bir tomonda Braziliyaning inqirozdan chiqish jarayoni, ikkinchi tomonda esa Xitoyning keskin o’sish sur’atlari Argentinaning mahsulotlari uchun yanadan ko’proq talabni yuzaga keltirdi. Uning ustiga, soya, jo’xori, bug’doy va gaz kabi Argentina tomonidan eksport qilinadigan tovarlarning jahon bozoridagi narxining ko’tarilishi ham Argentina iqtisodiyotini tez tiklanishiga yordam berdi.

Oradan to’rt yil o’tib, Argentina hukumati sobiq kreditorlar bilan qarzlarni qayta tashkillashtirish bo’yicha shartnomalar tuzishga kirisha boshladi. 2005-yil 1-martda, Argentina prezidenti Nestor Kirshner, investorlarning 75% bilan 1 dollar uchun 35 sent miqdordagi qiymatni qaytib berish sharti bilan shartnomalar tuzdi va bunga haqiqiy g’alaba deb qarasa bo’lardi10.

Ba’zi bir jihatlariga ko’ra, Argentina inqirozi hozir Evrohududda sodir bo’layotgan Gretsiya inqirozi bilan juda ham o’xshash. Masalan, huddi Argentinada dollar va peso o’rtasida bog’liqlik siyosati olib borilganidek, Gretsiyada ham milliy valyuta Germaniyaning monetar barqarorligi tufayli yevro asosida tashkillashtiriladi. Gretsiya ham huddi Argentina o’xshab inqiroz bilan monetary yoki valyuta siyosati bilan kurash olib bora olmaydi. Argentinada bunga Ariyboshlash to’g’risidagi qonun halal bergan bo’lsa, Gretsiyada bunga Evrohududga a’zo bo’lganligi to’sqinlik qiladi.

Lekin shuningdek, bu ikki davlatning holatlarida ham yetarlicha farqlar mavjud. Avvalo, Argentina inqirozi sodir bo’lganda hukumat o’z milliy valyutasiga ega edi, to’g’ri pesoni dollarga bog’liqlik siyosatida voz kechish ham murakkab qaror edi, lekin Gretsiya uchun umuman yevrodan voz keshish bu hayot-mamot masalasidir. Ikkinchidan, Gretsiya Yervohudud a’zosi hisoblanadi va bu unga Yervopa Markaziy Banki va boshqa Yevro Ittifoq a’zolarini yordamga chaqirish imkonini beradi. Argentina misolida esa hatto XVF ham 2001-yilda holat yomonlashgandan so’ng yordam berishni rad etgan edi. Uchinchidan esa, Gretsiyaning qarzi Argentina o’zini default deb e’lon qilgandagi holatidan ancha yuqori.

Shunga qaramay, Gretsiyada ham sodir bo’lishi mumkin bo’lgan inqirozni oldini olish maqsadida, Argentina inqrirozidan o’rganilishi mumkin bo’lgan tajribalar bisyor. Lekin, Argentina inqirozdan devalvatsiya qilish va jahon iqtisodiyotidagi qulay sharoitdan foydalanib chiqib ketganini hisobga oladigan bo’lsak, Gretsiya uchun bu ikkala imkoniyat ham qo’llansa bo’lmasligini tushunamiz.



Argentina mavzuiga qaytsak, hukumat yetakchilari inqirozdan kerakli saboq chiqarishmagan ko’rinadi, chunki so’nggi yillarda sodir bo’layotgan hodisalar Argentinani yana bir keskin inqirozga yaqinlashtirayotgandek tuyulmoqda. Pesoni dollarga bog’liqlik siyosatidan 2002-yilda voz kechishganiga qaramay, Markaziy bank hali ham valyuta intervensiyalari yordamida pesoni nazorat qilishga harakat qilib kelmoqda. Buning ustiga mamlakatdagi yuqori inflatsiya suratlari va unga qarshi kerakli choralar qo’llanilmayotgani kabi sabablar ham yuqoridagi fikrimizni isbotlamoqda. Shuningdek, jahon bozorida homashyo tovarlarga nisbatan narxning tushishi ham Argentina muammolarini yanada aniqroq ko’rsatib bermoqda.

2.3. O’zbekistonning tashqi qarz tahlili.


Sobiq Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning fikriga tayanadigan bo’lsak, O’zbekiston hukumatining ichki qarzi 0 ga teng11 ya’ni bu O’zbekiston hukumatini mamlakat Markaziy Bankidan yoki fuqarolaridan hech qanday qarz olmaganini anglatadi. Bu esa o’z navbatida mamlakatning barcha qarzlari faqat tashqi qarzdan iborat ekanligi deganidir.

5-rasm. O’zbekiston tashq qarz dinamikasi

Yillar

Qarz miqdori
(mln dollar)


Qarzning YaIMga nisbati

Qarzning aholi jon boshiga miqdori

2005

4029

28.2

155

2006

3633

21

138

2007

3521

15.8

132

2008

3640

12.3

135

2009

3680

10.9

134

2010

3877

10

140

2011

4591

10

163

2012

5464

10.5

184

2013

6472

11.2

214

2014

6905

10.9

224

2015

6119

9.2

196

2016

7019

10.5

220

Manba: indedmundi.com

Shuningdek, shu yilning fevral oyi ohirlarida O’zbekiston hukumati tashqi qarz mablag’larini ko’proq jalb qilish maqsadida, Nyu Yorkninig Citygroup bilan hamkorlikda 300 mln dollar miqdordagi yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirayotgani haqida O’zbekiston Markaziy banki raisi birinchi o’rinbosari Timur Ishmetov malumot berdi.

O`zbekiston qonunchiligi bo`yicha, davlat tomonidan xorijdan mablag` jalb qilish – aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O`zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o`z kreditlarini(qarzlarini) to`lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi bo`lib, uning natijasida davlat tashqi qarzlari paydo bo`ladi12.

Xorijdan mablag` quyidagi yo`llar bilan jalb qilinadi:



  • davlat yoki O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lmish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi;

  • norezidentlar mablag`larining O`zbekiston Respublikasi moliya institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;

  • lizing operatsiyalari;

  • boshqa tur va shakllardan foydalanish.

Qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki xorijdan mablag` jalb qilish borasida muayyan vakolatlarga egadirlar. Xorijdan mablag` jalb qilish borasida O`zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligining vakolatlariga quyidagilar kiradi:



  • xorijdan mablag` jalb qilish masalalari yuzasidan xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish;

  • davlatning xorijdan mablag` jalb qilishi bo`yicha loyihalarni baholash;

  • davlatning xorijdan mablag` jalb qilishi bo`yicha shartnomalarni va kafolatlarni ro`yxatga olish;

O`zbekiston Respublikasida qarz va likvidligini boshqarish bo`yicha O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasini tashkil etildi. Ushbu jamg`armaning ustav kapitali 2007-yilda 1,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo`lsa, ushbu ko`rsatkich 2008-yilda 3 mlrd. 200 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2010-yilda esa jamg`armaning ustav kapitali 5 mlrd. dollardan ortib ketdi. “Tiklanish va taraqqiyot fondining tarkibiy o`zgarishlardagi roli ortib borayotganini hisobga olib, 2016-yilgacha uning nizom jamg`armasining ikki barobar, ya’ni 5 mlrd. dollardan 10 mlrd. dollarga bosqichma - bosqich ko`paytirish to`g`risida qaror qabul qilindi”.13

Shuningdek, shu yilning fevral oyi ohirlarida O’zbekiston hukumati tashqi qarz mablag’larini ko’proq jalb qilish maqsadida, Nyu Yorkninig Citygroup bilan hamkorlikda 300 mln dollar miqdordagi yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirayotgani haqida O’zbekiston Markaziy banki raisi birinchi o’rinbosari Timur Ishmetov malumot berdi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qarzlarini yuzaga kelishida davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy siyosat juda muhim o`rin egallaydi va bevosita ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham davlat qarzlarini boshqarishni to`g`ri yo`lga qo`yish, unga ta`sir etuvchi omillarga o`rganish eng muhim taraqqiyot omili bo`lib xizmat qiladi.

Xulosa.


Davlat iqtisodiyoti uchun tashqi qarz doim xavf sifatida qarab kelingan, lekin u holda nimaga hukumatlar hozirgi kunda yanada davlat tashqi qarzlarini ko’paytirishga yo’l qo’ymoqdalar. Buning sabablarini esa bu tadqiqot ishida ko’rib chiqishga harakat qildim va tushundimki, tashqi qarz agar hukumat tomonidan “kundalik ehtiyojlar” uchun sarflanmasdan, balki istiqbolli investitsion loyihalar uchun jalb qilinsa, bu faqat mamlakat iqtisodining rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Lekin, agar tashqi qarz “kelajak” uchun emas, balki hozirgi kundagi xarajatlarni qoplash uchun sarflanadigan bo’lsa, ohir-oqibat tashqi qarz miqdor nazorat qilib bo’lmas ko’rsatkichlarga yetishi va mamlakat default e’lon qilishga majbur bo’lishi mumkin.

Bu holat, 2001-yilda Argentinada ham sodir bo’lgan. Aynan shu holatning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, uni bartaraf etish uchun qilingan ishlar va bu inqirozdan kelib chiqqan xulosalar bu tadqiqot ishimning asosini tashkil etdi. Ularda quyidagicha xulosa qilishim mumkin: yillar davomida to’planib borilgan tashqi qarz miqdori go’yoki inson gardanidagi og’ir yukka o’xshaydi, uni ko’tarib yurish mumkin, lekin qachondir oyog’imiz toyib ketganda, bu yuk insonni halok etishi mumkin. Argentina holatida “oyoq toyib ketishi” bu—valyuta siyosatining noto’g’ri yuritilishi bo’lgan.

O’zbekistonda tashqi qarz inqirozi bo’lishi holati esa ehtimoldan ancha yiroq, chunki tashqi qarz miqdori hali YaIM miqdorining 20% miqdorida ham emas. Bizda tashqi qarzdan halos bo’lish emas, balka tashqi qarzni jalb qilish muammosi mavjud.


Foydalanilgan adabiyotlar.




  1. Huquqiy normativ asoslar va Prezident asarlari.

    1. “Byudjet tizimi to`g`risida” O`zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 158-II son Qonuni.

    2. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari.-T.:O`zbekiston 2009.

    3. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. –T.:”O`zbekiston”,2011. 17-b.

  2. O’quv qo’llanmalar.

2.1. Мэнкью Н.Г. Макроэкономика.-Москва:“Издательство Московского университета”

2.2. Попова Г.В. Государственный кредит и госдолг: Учеб. пособие/ РГЭУ «РИНХ». – Ростов-н/Д

2.3. Брагинская Л.С. Государственный долг: анализ системы управления и оценка ее эффективности.-Москва


  1. Xorijiy adabiyotlar.

3.1. Argentina’s debt crisis, Victor A. Beker, 2016. (www.springer.com)

3.2. Argentina: the anatomy of a crisis, Jiri Jonas, 2005.

3.3. Debt management Offices: new developments and challenges, Nurbek Darvishov, 2011. (8th UNCTAD Debt Management Conference presentation)


  1. Onlayn resurslar.

4.1. Uzbekistan Pushes for Bond Debut Before Privatization By Paolo Sorbello (diplomat.com)

4.2. Argentina’s debt crisis by Bernardo Lischinsky (treasurytoday.com)



1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari.-T.:O`zbekiston 2009.

2 "IMF External Debt Statistics. Guide for Compilers and Users" pp. i-xvi & 1-3, 2003

3 "External Position of the Egyptian Economy, Fiscal Year 2011/12"

4 Мэнкью Н.Г. Макроэкономика.-Москва:“Издательство Московского университета”

5 Мэнкью Н.Г. Макроэкономика.-Москва:“Издательство Московского университета”

6 Брагинская Л.С. Государственный долг: анализ системы управления и оценка ее эффективности.-Москва

7 Попова Г.В. Государственный кредит и госдолг: Учеб. пособие/ РГЭУ «РИНХ». – Ростов-н/Д

8 Argentina: the anatomy of a crisis, Jiri Jonas, 2005.

9 Argentina’s debt crisis, Victor A. Beker, 2016.

10 Argentina: the anatomy of a crisis, Jiri Jonas, 2005.

11 2013-yil 30-sentabr, Sho’rtan gaz kompleksini qurish doirasida o’tkazilgan forum doirasidagi suhbatdan.

12 “Byudjet tizimi to`g`risida” O`zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 158-II son Qonuni.

13 Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. –T.:”O`zbekiston”,2011. 17-b.


Download 312.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling