Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 2-курс талабалари учун


Download 328.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi328.89 Kb.
#1569493
Bog'liq
HP fijsfd



ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҲУҚУҚНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ 
АКАДЕМИЯСИ
2-курс талабалари учун
Модул номи: Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси фаолияти 
Иш тури: Якуний назорат 
Ўтказилган сана: 23.05.2023 йил 
А бўлимдаги 2 та мантиқий саволга жавоб ёзилиши шарт. 
№ 
Баҳолаш мезонлари 
1-мантиқий 
савол 
2-мантиқий 
савол 
1.
Мантиқий саволнинг моҳияти тўғри тушунилганлиги 
ва жавобнинг тўлиқлиги ҳамда савол мазмунига мос 
келиши 
2.
Жавобнинг назарий асосланганлиги, модул асосий 
тушунча ва категорияларининг тўғри қўлланилганлиги 
ҳамда мустақил фикрларнинг баён қилинганлиги
3.
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар нормаларидан 
фойдаланилганлиги ва тўғри қўлланилганлиги 
4.
Грамматик, орфографик ва стилистик хатоларнинг 
мавжуд эмаслиги 
Жами 
балл 
Б бўлимдаги 1 та казусга жавоб ёзилиши шарт. 
№ 
Баҳолаш мезонлари 
Казус 
1.
Муаммоли масаланинг моҳияти тўғри тушунилганлиги ва жавобнинг 
тўлиқлиги ҳамда масала мазмунига мос келиши 
2.
Мустақил фикрлар, назарий қоидалар ва ҳуқуқни қўллаш 
амалиётидаги мисоллар асосида ижодий баён қилинганлиги 
3.
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар нормаларидан фойдаланилганлиги ва 
тўғри қўлланилганлиги
4. Грамматик, орфографик ва стилистик хатоларнинг мавжуд эмаслиги 
Жами балл 
Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз: 
Текширувчи имзоси:___________ 
_____________________________________________________________________________________ 
Модул номи _______________________ 
 
 
Умумий балл 


2-variant
Javob: 
A bo‘lim 2-savol.
Bugungi 
kunda 
yurtimizda 
huquqbuzarliklarning 
oldini 
olish, 
profilaktikani amalga oshrirish bo‘yicha turli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Profilaktika inspektorining hozirgi kunda o‘ziga biriktirilgan hududda turli xulq 
atvordagi shaxslar bilan profilaktika ishlarini amalga oshiradi. Xususan 
profilaktika inspektori profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan ham 
profilaktika ishlarini amalga oshiradi. Profilaktik hisob haqida “Huquqbuzarliklar 
profilaktikasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 371-sonli qonunida 
batafsil yozib o‘tilgan. Ushbu qonunning 34-moddasidan boshlab profilaktik hisob 
to‘g‘risida batafsil berib o‘tilgan. Profilaktik hisobga olinuvchi shaxslar majmui 
mavjud. Bular quyidagilar: 

Ilgari sudlangalrga ular jinoiy jazoni o‘taganidan so‘ng 

o‘ziga nisbatan sudning jazo tayinlanmagan ayblov hukmi qonuniy kuchga
kirgan shaxslarga nisbatan

o‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi 
tanlangan jinoyat sodir etishda ayblanuvchilarga
nisbatan 

ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytganlarga.
Shu kabi shaxslar profilaktik hisobga olinishi shart. Profilaktik hisobga olish 
asoslari mavjud. Bular sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi, yoki 
shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma bo‘lsa, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
ehtiyot chorasi tanlangan ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish 
to‘g‘risidagi tergovchining yoki prokurorning qarori yoki bo‘lmasa bolalar 
masalalari bo‘yicha komissiyaning qarori shu kabi asoslar profilaktik hisobga 
turishga asos bo‘ladi. Profilaktik hisobga jazoni ijro etish muassalaridan ozod 
qilingan shaxslarga nisbatan ular yashash joyiga yetib kelgandan so‘ng uch kun 
ichida qaror chiqariladi. Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish bo‘yicha qaror 
chiqargan shaxs o‘zi haqida ma’lumotlarini ismi familyasi, lavozimi yozib o‘tish 
shart. Bundan tashqari qaror chiqarilga shaxsning ham ma’lumotlati ismi familyasi 
yashash manzili kabi ma’lumotlar yozib o‘tiladi. Qaror qabul qilingandan so‘ng 


hisobda turuvchi shaxsning huquq va majburiyatlari tushuntirilib o‘tiladi. Shaxs 
profilaktik hisobga turgan kundan boshlab, bir yil muddat ichida turiladi va 
shundan so‘ng hisobdan chiqariladi. qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini 
tanlash to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilishi, shaxsning muddatidan oldin 
to‘liq tuzalganligi to‘g‘risida dalolat beruvchi ma’lumotlarning borligi profilaktik 
hisobdan chiqarishga asos bo‘ladi. Hisobda turgan shaxslar bilan profilaktika 
inspektori ish faoliyatini olib boriladi. Hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik 
suhbat yoki profilaktik ishlarini amalga oshiradi. Viktomologik profilaktika haqida 
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 371-
sonli qonuning 6-bobida batafsil berib o‘tilgan. Ushbu qonunning 44-moddasida 
chora tadbirlar haqida berib o‘tilgan. Bular
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; 
aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi nizolarni hal 
etish usullarini o‘rgatish; 
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni 
ko‘rish; 
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni 
tashkil etish; 
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 
maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uni qonunda nazarda 
tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish; 
g‘ayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-tez sodir 
bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish1; 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, viktimologik profilaktikasini profilaktika inspektori amalga 
oshiriladi. Yuqorida berilgan shaxslarga nisbatan viktimlik darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar 
qatoriga kiradi.


A bo‘lim 3- savol.
Profilaktika 
inspektorining 
huquq-tartibot 
maskani 
profilaktika 
inspektorining faoliyatini olib borishda yordam beradigan jihatlaridan hisoblanadi. 
Huquq-tartibot 
maskani 
bo‘yicha 
O‘zbekiston 
Respublikasing 
Vazirlar 
Mahkamasining 23.06.2022 yildagi 343-sonli qarorda batafsil ma’lumotlar berib 
o‘tilgan. Maskan yeti honadan iborat alohida binoda tashkil etiladi. Maskanda 
kirishda foyeda kamida to‘rt kishilik stol yoki stul bo‘lishi lozim. Onlayn sud 
bo‘ladigan xonalar tashkil etish, xotin qizlar va voyaga yrtmagan shaxslar bilan 
faoliyat olib boradigan inspektorining xonasi bo‘lishi shart, yig‘ilish xonasi va dam 
olish xonasi kamida to‘rt kishiga mo‘ljallangan bo‘lishi shart. Maskan zamonaviy 
kompyuter to‘plami, mebel jihozlari (televizor, divan, stol-stul, kitob javoni, 
hujjatlar saqlanadigan javon) va temir seyflar bilan jihozlangan, shuningdek, 
telefon aloqasi va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan hamda tegishli aloqa 
vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Maskan O‘zbekiston Respublikasi 
Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda aloqa vositalari, videokuzatuv 
kameralari uchun monitor, Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor hisob 


ma’lumotlar markazi bilan bevosita aloqa qilish imkonini beradigan ma’lumotlar 
bazasining dasturiy ta’minoti, kompyuter texnikasi bilan ta’minlanadi. Maskanning 
asosiy vazifalari mahallada (qishloqda) jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar 
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita amalga oshirish; 
fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar 
organlari, boshqa davlat organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida 
birgalikda ishlashini tashkil etishdan iborat. Huquq tartibot maskani 
huquqbuzarliklarni oldini olishda bartaraf etishda yordam beradi. Bu kabi 
maskanlar hozirgi kunda juda samarali faoliyat olib borilmoqda. 
B bo‘lim 2-kazus 
Ushbu kazusimizga to‘xtalar ekanmiz, profilaktika inspektori Q.V o‘ziga 
biriktirilgan hududda istiqomat qiladigan shaxslar bilan doimo viktimologik 
profilaktika olib boradi. Viktomologik profilaktika asosan ma’naviy va ruhiy 
jihatdan ojiz bo‘lgan shaxslar, qariyalar, ayollar, bolalar, nogironlar bilan
oshiriladi. Ushbu profilaktikadan asosiy maqsad, shu toifa shaxslarni jabrlanuvchi 
bo‘lib qolish xavfini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu holatga to‘xtalib 
o‘tishimizdan oldin viktimologiya so‘ziga ta’rif berib olsak. Bu so‘z lotincha 
“viktima” jabrlangan “logos” ta’limot degan ma’noni beradi. Ya’ni jabrlangan yoki 
jabrlanishii xavfi bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu profilaktika amalga oshirladi. 
Viktimologik profilaktika amalga oshirishda viktimik darajasini aniqlab olish 
zarur. Viktimlik darajasi asosan uchta darajaga bo‘linadi. Bular kam darajali, o‘rta 
darajali, va yuqori darajal hisoblanadi. Uchta daraja viktimologik yprofilaktikani 
qo‘llayotganda qanday qo‘llash kerak, qaysi darajaga qanday profilaktikani 
qo‘llashni aniqlab beradi. Bu darajalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak,



viktimlik darajasi kam bo‘lgan shaxslar – bular jismonan baquvvat, har bir 
vaziyatga to‘g‘ri yondashib to‘g‘ri baho beradigan o‘z fikriga ega shaxslar 

viktimlik darajasi o‘rtacha bo‘lgan shaxslar- bular betaraf shaxslar ya’ni 
neytral o‘zi nizoli holatni keltirib chiqarmaydigan, lekin nohaqlikka 
chidolmaydigan shaxslar 

viktimlik darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar – bu kabi shaxslar kasbi, ijtimoiy 
maqomi, biofizologik holati, ma’naviy-ruhiy belgilari, xarakteri jihatidan 
jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar kiradi. 
Shu kabi darajalar orqali viktimlik holatini aniqlab olamiz. Yuqoridagi holat 
bo‘yicha profilatika inspektori Q.V yosh bolalar qariyalar nogironlar, ma’naviy 
jihatdan ojiz shaxslar, nogironlar bilan suhbat olib borgan. Bu kabi shaxslar 
viktimlik darajasini aniqlashtiradigan bo‘lsak, bu toifa shaxslar viktimlik darajasi 
yuqori bo‘lgan shaxslar turiga kiradi. Viktomologik profilaktika haqida 
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; 
aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi 
nizolarni hal etish usullarini o‘rgatish; 
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha chora-
tadbirlarni ko‘rish; 
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan 
muassasalarni tashkil etish; 
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini 
ta’minlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari 
va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish; 
g‘ayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-
tez sodir bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish2; 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, viktimologik profilaktikasini profilaktika 
inspektori amalga oshiriladi. Yuqorida berilgan shaxslarga nisbatan viktimlik 
darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar qatoriga kiradi.

Download 328.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling