Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун


Download 44.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi44.2 Kb.
#1618845
1   2   3
Bog'liq
CRIME YAKUNI (4)

3-variant 
A bo`lim 
4-savol 
Har bir mamlakatga qaysidir tomondan xavf tug`dirib turuvchi omillar 
mavjud. Qaysidir davlatga qora dori savdosi xavf solsa, boshqa bir davlatga esa 
turli uydirmalar tarqatib, aholi o`rtasida qo`zg`alon uyishtirishni maqsad qilgan 
pravakatirlar muammo tug`diradi. Bugungi kunda bizning mamlakatimizga ham 
xavf solayotgan omillardan biri bu terrorizmdir. Ushbu tushunchani soddaroq qilib 
tushuntiradigan bo`lsak, terror bu turli siyosiy maqsadlarga qo`poruvchilik, kuch 
ishlatish umumiy ma`noda zo`ravonlik yo`li bilan erishish usulini anglatadi. 
Terrorizmda deganda biror-bir davlatni egallash yo`lida xalqaro munosabatlarni 
murakkablashtirish, aholi o`rtasida urush va qurolli mojarolar chiqarish, davlatning 
suverinitetini buzish, hududiy yaxlitligiga zarar yetkazish, ijtimoiy-siyosiy 
vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo'rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro 
tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron 
bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish 
uchun zo'rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug'diruvchi boshqa 
qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik 
tashkilotining mavjud bo'lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishini ta'minlashga, 
terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish kabi faoliyat tushuniladi. Ushbu 
harakatni amalga oshirishdan yagona maqsad davlat hokimiyatini egallash 
hisoblanadi. Afsuski, terrorchilik harakatlari so`ngi yillarda ortib bormoqda. Bunga 
sabab qilib ayrim davlatlarni mana shunday terrorchilik tashkilotlarini ham qurolli, 
ham moliyaviy jihatdan qo`llab kelayotganligini keltirishimiz mumkin.
Amaldagi qonunchiligimizga ko`ra mazkur harakat o`ta o`gir jinoyat 
hisoblanadi. Isbot o`rnida Jinoyat kodeksining 155-moddasini keltirishimiz 
mumkin. 155-modda: Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, 
davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur 
yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, 
ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni 
amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, 
kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud 


ularni amalga oshirish tahdidi — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum 
qilish bilan jazolanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda avvalo bu harakatlarni sodir etishga imkon 
berayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashimiz lozim. Shundan so`ng ushbu 
harakatqa harshi kurashishimiz samarali kechadi. Fikrimizcha, terrorizmga qarshi 
profilaktik choralar ko`rishda mavjud vaziyatni oldindan ko`ra bilish lozim. 
Shundagina zaruriy mudofaa va profilaktik harakatlar o`z natijasini ko`rsatadi. 
Bundan tashqari yoshlar, o`smirlar va taabalar ongini turli pravakatsiyon 
go`yalardan saqlashda mamlakatni sevishga va to`gri fikirlashga qaratilgan 
olimlarning nazariy va amaliy ahamiyati kuchli bo`lgan ma`ruzalari, o`quv 
qo`llanmalar, darslik va risolalar muhim ahamiyat kasb etadi. 



Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling