Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун


Download 44.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi44.2 Kb.
#1618845
1   2   3
Bog'liq
CRIME YAKUNI (4)

1-savol 
Kriminologiya faning obyekti jinoyat va jinoyatchi shaxsi bilan bo`gliq 
tushunchalar hamda jinoyatning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab vas hart-
sharoitlarni o`rganishni o`z ichiga oladi. Jinoyatchi shaxsi, jinoyat sodir etish 
usullari ushbu fan uchun o`rganilish obyekti bo`lganligi bois, kriminologiya fani 
boshqa fanlar bilan ya`ni jinoyat huquqi, jinoyat protsessi, ma`muriy huquq 
satsalogiya kabi fanlar bilan bog`liq holda rivojlanadi. Jinoyat protsessida jinoya 
qanday amalga oshirilganligi, shaxs nimalardan foydalanganligi, nimalar 
jinoyatchiga jinoyat sodir etishiga imkon yaratganligi kabilar o`rganilsa, bu 
ma`lumotlar kriminologiya uchun ham muhim hisoblanadi. Bundan tashqari 
kriminologiya fani uchun boshqa yuridik fanlarning ma`lumotlari ham muhim 
mahamiyatga kasb etadi. Bu borada kriminologiya jinoyatchi shaxsini tasniflash, 
jinoyatlarga qarshi kurashish, profilaktika subyektlari bo`lgan davlat organlari va 
jamoat birlashmalarini vazifa va vakolatlarini belgilash, huquqbuzarliklarni oldini 
olish chora-tadbirlarini aniqlashda ma`muriy huquqqa yaqin turadi. Kriminologiya 
ijtimoiy-huquqiy fan hisoblanganligi bois boshqa noyuridik fanlar bilan ham yaqn 
yuridik aloqalarga ega. Bunday fanlar orasida sotdologiya, ijtimoiy psixologiya va 
pedogokika alohida o`rin tutadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


B bo`lim 
2-savol 
Oilada nizolarning kelib chiqishi, turli janjallar va kelishmovchiliklar 
shuningdek, oiladagi jinoyatlar ham ichkilik ta'sirida yoki ichkilikka mukkasidan 
ketish natijasida sodir etilishi mumkin. Oiladagi jinoyatchiliklarga qarshi 
kurashishdan avval oilada sodir etiladigan jinoyatchilik sabablarini yaqindan 
o'rgansak: 
-oilada nosog'lom muhitning mavjudligi 
-oilada ma'naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi 
-oiladagi moddiy yetishmovchilk va qiyinchiliklar 
-spirtli ichimliklarga ruju qo'yish 
-oila a'zolari va qarindosh urug'lar o'rtasida mol-mulkni talashish 
-rashk, erkak yoki ayolning hiyonatkorligi 
-yoshlarning erta turmush qurayotganligi hamda qarindosh urug'larning oilaviy 
munosabatlarga aralashuvi va hokazolar.
Oiladagi jinoyatchilikka qarshi kurashishda avvalo oiladagi muhitni iziga 
solish choralari ko'rilmog'i lozim. Bunda jamiyatda erta turmush qurish, va qonun 
bilan ta'qiqlangan ko'rinish va hollardagi turmush qutish hollarini oldini olish va 
barham berish choralarini ko'rish, aniqrog'i turmush qurish ta'qiqlangan hollar Oila 
Kodeksiga binoan quyidagilar: Nikoh tuzishga:loaqal bittasi ro‘yxatga olingan 
boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri 
tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar 
o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar 
o‘rtasida;loaqal bittasi ruhiyat buzilishi ya’ni ruhiy kasalliklar va asab zaifligi 
sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o’rtasida yo’l 
qo’yilmaydi. Oila Kodeksi 16-modda. Hamda oilalardagi jinoyatchilikka qarshi 
kurashishda amaliyotda profilaktikaning umumiy va maxsus usullaridan keng 
foydalanadi. Ya'ni aholi bilan kompleks tarzida ishlash, tushuntirishlar olib borish, 
yoshlarda oilaning o'rni va muqaddasligi borasida tushunchalarni uyg'otish, 
farzandlarning ota-onaga bo'lgan xurmatini va itoatkorligini oshirish bo'yicha 
choralar ko'rilishi, ota-onalar bilan esa farzand tarbiyasi bilan bog'liq o'ziga xos 
jihatlar, ularning o'z farzandlari oldidagi qonunda belgilangan majburiyatlari 
yuzasidan bilimlarni shakllantirish, oilada sodir etilishi mumkin bo'lgan 


huquqbuzarliklar va jinoyatlarning og'ir oqibatlari va qonunda belgilangan 
jazolarning muqarrarligi uqtirish kabi sa'y harakatlarni amalga oshirish. Maxsus 
profilaktikada esa nizoli hamda jinoyat sodir etgan illar bilan ishlash, tuzalish 
yo’liga o’tishi yuzasidan choralarni amalga oshirish, jinoyat sodir etganlarga esa 
muqarrar jazo choralarini ko’rilishi lozim.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz lozimki, jamiyatdagi nohushliklar, 
huquqbuzarliklarni oldini olish va barham berish nuqtasi, ya’ni samarali choralar 
amalga oshirilish obyekti sifatida oilaga katta e’tibor qaratilishi, oiladagi muhitni 
sog’lomlashtirish, farzandlar tarbiyasi va ota-ona o’rtasidagi munosabatlar 
muvozanati ta’minlanishi kafolati bo’lib xizmat qiladi. Fikrimizcha davlatimizdagi 
har bir oila bilan yakka tartibda ishlash, ularning muammolarini o`rganish, oiladagi 
jinoyatlarga qarshi profilaktik tadbirlar o`tkazish oilalar tinchligini saqlashda va 
jinoyatlarni oldini olishda samarali yondashuv hisoblanadi. Natijada jamiyatda 
barqaror va osoyishta turmush tarzi vujudga keladi. 
Mazkur vaziyat yuzasidan bildirishimiz mumkin bo`lgan fikrlarimiz 
shulardan iborat edi. 
 

Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling