Ўзбекистон республикаси


HAMSHIRALIK ISHI VA UNING O'TISH DAVRI BILAN BOG'LIQLIGI


Download 1.12 Mb.
bet7/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

HAMSHIRALIK ISHI VA UNING O'TISH DAVRI BILAN BOG'LIQLIGI

1899 yilda «Hamshiralik ishi» bo'yicha «Xalqaro hamshiralar jamiyati» ochildi. U Londonda bo'lib o'tdi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan bog'landi. Uning asosiy maqsadi -hamshiralar ishi faoliyatini oshirish, Sog'liqni Saqlash Vazirligi hamkorligida ish yuritish, iqtisodiy jihatdan yordam berish.

«Hamshiralik ishi»ning nafaqat kasallarga tibbiy foydasi tegmokda, balki ko'plab ma'naviy tadbirlarni o'tkazishda ham qo'l kelmoqda.

Avvallari hamshiralar diyetolog, farrosh, yuk tashuvchi sifatida ham ishlaganlar. Florensning aytishicha, «Hamshira nafaqat tibbiyot yordamchisi, balki bemorlarni parvarish qiluvchidir».



Qayta ko'rik: Bu tadbirlarga mijozning muhtojligi yoki ularda ishtirok etish kobiliyati va xohishini batafsil aniqlash (vazifalarning nisbatan hakqoniy tartibini yozing).

Qayta ko'rik: 3 hafta o'tib qayta baholanadi; balki mijozga moslashish uchun ko'prok vaqt va ko'proq ishonch kerakdir (vaqt mezonini vazifa tartibiga moslab to'g'rilanadi).

Qayta ko'rik: Mijozning kiziqishlari hakida ko'proq bilishga harakat kilish va amaldagi dasturlar hamda tadbirlarga uni moslashtirish (hamshiralik muolajalarini o'zgartirish).

Dasturlarni baholash. Mijozning vazifalarga erishishidagi har bir baholashga va hamshiralik parvarishi rejasining shundan keyingi shakllantirilishiga qo'shimcha hamshiralik parvarishi sifati kafolati uchun ko'p rasmiy mexanizmlar bor. AQShda davlat hamshiralik boshqaruvi, sog'liqni saklash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha qo'shma hay'at, professional standartlarni qayta ko'rish tashkiloti bor. Bu tashkilotlarning barchasi davolash sifatini nazorat kilish bilan shug'ullanadi. Maksadi hamshiralik parvarishining yuqori sifatini himoyalash bo'lgan maxsus ishlangan dasturlar sifat kafolati dasturlari deb ataladi. Bu dasturlar kichikrok hamshiralik bo'limi hamshiralari olib boradigan darajadagi kabi keng bo'lmagan yoki katta tibbiy muassasalarda, shtatlarda, provinsiya yoki mamlakatda o'tkaziladigan keng bo'lishi mumkin. Sifat kafolati dasturlari hamshiraga jamiyatning hamshiralik parvarishida ma'suliyatli bo'lish imkonini beradi.

O'z-o'zini baholash. Sifatli parvarishlash ma'suliyatini olgan hamshirapar o'z-o'zini baholashni o'z hamshiralik amaliyotining integral qismi sifatida bajaradilar. O'z-o'zini baholash ko'nikmalari professional takomillashishni ta'minlaydi, shaxsiy burch sezgisini oshiradi va o'z-o'zini anglashni rivojlantiradi.

O'zbekistonda esa nisbatan yaqinda kiritilgan. «Nursing»-bokmoq, ovqatlantirmoq ma'nosini bildiradi.

Hamshiralar orasida Verjiniya Xenderson (1955) nazariyasi juda mashhur bo'lib, unda qayd etilishicha, ayrim shaxslar, bemorlar va sog'lom kishilarni parvarishlash hamshiraning asosiy vazifasidir va bu vazifa bemorning o'z Salomatligiga bo'lgan munosabatini baholashda yetarli darajada kuch, iroda hamda bilimga ega bo'lgan holda o'z sog'lig'ini mustahkamlash va tiklash uchun bemorga o'zi bajara oladigan ishlarni amalga oshirishida yordam berishdan iboratdir.

D.Orem hamshiralik ishi bo'yicha o'zining nazariyasini quyidagicha bayon etadi: «Hamshiralik ishida asosiy e'tibor ehtiyojlar va salomatlik, kasallik yoki jarohatdan keyingi sog'ayish hamda asoratlarni bartaraf etishga qaratish lozim. Hamshira faoliyatining maqsadi bemorning o'z-o'ziga g'amxo'rlik qila bilishini qo'llab-quvvatlashdan iborat».

Hamshiralik ishi quyqsagicha ham ta'riflanadi: «Tibbiyot hamshirasi tibbiy-sanitariya va ijtimoiy yordam ko'rsatishda muhim rolga ega, u kommunikabel bo'lishi, o'zining kasbiy faoliyatida tarmoqlararo aloqani amalga oshirishi zarur».

Shuni ham ta'kidlash lozimki, tibbiyot hamshirasini shifokorning yordamchisi, deb faraz qilish, hamshiralarning past ijtimoiy va kasbiy mavqyei sog'liqni saqlash tizimida mavjud muammolarning paydo bo'lishiga olib keldi.

Tibbiyot hamshiralarini tayyorlash tizimining markazlashtirilishi va inertligi, bilim yurtlari texnika-moddiy bazasining pastligi, chet el mutaxassislarining tajribasini tan olmaslik sobiq Sovet Ittifoqida hamshiralar o'quv tizimidagi samarali o'zgarishlar uchun jiddiy to'sqinlik qildi. Tabiiyki, bu hol sobik Ittifoq Respublikalarida, jumladan, Uzbekistonda ham tibbiyot hamshiralarini malakali tayyorlashga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

XIX asr boshida Turkiston hududida 192 nafar shifokor va 234 ga yaqin o'rta tibbiy xodimlar bor edi.

1920 yildan boshlab turli tibbiyot o'rta bilim yurtlari tashkil etildi.

1928-1929 yillarda tibbiyot o'rta bilim yurti qoshida bemorlarni parvarishlash bo'yicha tibbiyot texnikalari bo'limi, 1929-1930 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yichatibbiyottexniklari bo'limi ochilgan.

1926-1927 yillarda Toshkent, Farg'ona va Samarqandda tibbiyot texnikumlari ochilgan.

1955 yilga qadar 21601 nafar, 1957 yilda esa 27417 nafar tibbiyot o'rta kadrlari tayyorlangan.

1993 yilda Respublikada 44 ta o'rta tibbiyot bilim yurtlari mavjud bo'lgan.

Hozirgi vaqtda Uzbekistonda tibbiyot kadrlari bilan ta'minlanganlik 1000 nafar aholiga 10,3 foizni tashkil kiladi.

Bizning Respublikamizda sog'liqni saqlash va o'rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashdagi o'zgarishlar jarayonini rejalashtirish 1992 yildan boshlandi.

Venada 1998 yilda hamshiralik ishi bo'yicha bo'lib o'tgan birinchi Yevropa konferensiyasida Yevropa xududida hamshiralik ishini rivojlantirishga strategik yondoshishni targ'ib etuvchi deklaratsiya qabul qilindi. 1992 yilda esa Butun Jahon Sog'liqni Saqlash Asambleyasi uni «Hamshiralik ishi va xodimlar rolini barchaning salomatligiga erishish strategiyasiga ko'maklashish uchun mustahkamlash» rezolyutsiyasini qabul qilgan.

O'rta Osiyo va Qozog'iston hukumati bshi tibbiyot hamshiralarining 1993 yilda Olma-otada bo'lib o'tgan birinchi yigilishida, 1994 yilda Bishkekda bo'lgan ikkinchi yig'ilishida va 1995 yil Shvetsiyadagi yig'ilishida mamlakatlarda hamshiralik ishi yetakchilarining milliy guruhlarini tashkil etish tavsiya qilinib, ular hamshiralik ishi bo'yicha faoliyatning milliy rejasini ishlab chiqishlari va tatbiq etishlari lozim edi.

O'zbekiston Respublikasida bunday guruh 1995 yil tashkil etilib, u amaliy tibbiyot hamshirasi, tibbiyot bilim yurtlarining hamshiralaridan iborat edi.

1995 yilda Toshkentda tibbiyot bosh hamshiralarining BEST vakillari bilan birgalikda birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish ittifoqchilari tomonidan quyidagi masalalarni ko'zda tutgan deklaratsiya qabul qilindi:

1. Muvofiq qonun chiqaradigan va qonunga bo'ysunadigan chegaralarni belgilash.

2. Viloyatlar shifoxonalari tibbiyot bosh hamshiralarining javobgarligi va rolini qayta ko'rib chiqish.

3. O'rta halqa xizmatchilarining kasbiy tuzilmasini qayta ko'rib chiqish va har bir bosqichda ularning roli hamda vazifasiga aniqlik kiritish.

4. Ta'limni islohlashtirish va o'rta halqani tayyorlash.

5. Tibbiyot Hamshiralari Uyushmasini yaratish. Respublikada islohot o'rta tibbiyot ta'limining yangi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishdan boshlanib, ushbu loyiha (xamshiralik oliy malumotini olguncha) kadrlar tayyorlashning ko'p bosqichli tizimini ko'zda tutgan.

Ta'limning yangi tizimi o'rta tibbiyot xizmatchilari o'z kasbiy darajalarini doimo oshirib borishlariga imkoniyat yaratadi. Ilgari mavjud bo'lgan bazaviy ta'lim bir xil darajadagi tibbiyot hamshiralarini tayyorlashni ko'zda tutar edi.

Tibbiyot hamshiralarini tayyorlashning yangi yo'nalishi 4 ta ixtisoslikni o'z ichiga olgan:

1. Feldsher-laborant.

2. Sanitariya feldsheri.

3. Feldsher.

4. Tibbiyot hamshirasi.

Oliy ma'lumotli hamshiralarni tayyorlash zaruriyati hayot voqyeliklari. sog'liqni saqlash amaliyoti va xalqaro tajriba asosida tasdiqlanadi.

Kadrlar tayyorlashning ko'p bosqichli tizimiga o'tish, ya'ni hamshiralik oliy ta'limini olgunga qadar, DPM (davolash-profilaktika muassasasi) faoliyatini yaxshilash omillaridan biriga aylanadi.

Tibbiyot oliy ta'limining islohoti yangi kadrlarni tashkil etishni ko'zlaydi:

1. Ixtisoslashgan hamshira.

2. Hamshira-menedjer.

3. Hamshira-muallima.

Jarrohlikda hamshiralik ishi. terapiyada hamshiralik ishi, hamshiralik ishining asoslari kabi maxsus fanlar o'qitiladi.

Hamshiralik ta'limining yangi tuzshshasini kiritish natijasida quyidagilarga erishiladi:

1. Hamshira sog'liqni saqlash tizimining birinchi halqasi mutaxassisisiga aylanadi.

2. Hamshira tashxis qo'yishni, favqulodda holatlarda to'g'ri yo'l tutishni o'rganadi.

3. O'z vazifalari doirasida zarur tibbiy yordam ko'rsata oladi.

Hozirda Davlat Ta'lim Standarti ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagilarni ko'zlaydi:

1. Umumiy intellektual riaojlanish.

2. Umumiy kasbiy tayyorgarlik.

3. Hamshiralik ishi mutaxassisligining maxsus tayyorgar-ligi.

Hamshiralik ishi mutaxassisining kvalifikatsion tavsifnomasi ishlab chiqilgan.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling