Iqtisodiyot” kafedrasi kurs ishi. Мавзу: korxonalar faoliyatini boshqarishda moliyaviy strategiyaning o’rni
Download 132.98 Kb.
|
KURS ISHI IQTISODIYOT tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorladi
- Kurs ishi himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi). Sana
- KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MOLIYAVIY STRATEGIYANING O’RNI Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI KURS ISHI. Мавзу: KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MOLIYAVIY STRATEGIYANING O’RNI
TOSHKENT-2023 KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MOLIYAVIY STRATEGIYANING O’RNI Reja: Kirish. Korxonalarda moliyaviy strategiyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Korxonalarda moliyaviy strategiyani amalga oshirish bosqichlari va strategik moliyaviy tahlil. Korxonalarda moliyaviy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning amaldagi holati tahlili. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bugungi kunda boshqaruvchilar innovatsion taraqqiyotning global o‘zgarishlariga, jumladan ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o‘zgarishlariga to‘qnash kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida, korxonani rivojlantirishda boshqaruvchilik sohasidagi hali ko‘plab o‘rganilmagan strategiyalami va jahon taraqqiyotidagi taraqqiyotga eltuvchi jarayonlami chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Global o'zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi menejerlar bunday tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani rivojlantirish bo‘yicha innovatsion strategiyalami topishga urinishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini 2017—2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o’tgan yillar davomida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, tarixiy tajribalami umumlashtirib, hozirgi kunda o‘z oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib bermoqda. O‘z mohiyatiga ko‘ra “Harakatlar strategiyasi” O‘zbekistonni rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarishini ta’minlaydi. Xalqimiz o‘rtasida “Harakatlar strategiyasi” degan nom bilan tobora mashhur bo‘lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dastuming har bir yo’nalishi va bandi, uning ajralmas qismi bo‘lgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturining samarali amalga oshirilishi har birimizning mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, shu yurtning fidoyi farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog’liqdir. Buning uchun esa eng avvalo, Harakatlar strategiyasining ma’no-mazmunini, uning har bir yo’nalish bo'yicha qo‘yilayotgan amaliy va dolzarb vazifalarini chuqur tushunib olishimiz kerak. Ma’lumki, korxonani rivojlantirishning turli yo‘nalishlari va strategik modellari mavjud. Bizning mamlakatimizda faoliyat rivojlanishning ilm sig‘imdorligi yuqori bo‘lgan, kashfiyotlar, ixtirolar, yuqori texnologiyalar, innovatsion g‘oyalarga qurilgan intensiv yo‘lni tanlab olgan. Shunday ekan, bo’lajak tadqiqotchilar, magistrlar uchun bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan korxonalarni rivojlantirishning turli modellari va strategiyalarini mukammal o‘rgatish hamda uning jahon tan olgan nazariyalarini ular ongiga singdirish fikrimizcha ancha dolzarb masalalar sirasiga kiradi hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim tizimidagi tub islohotlarning asl maqsadi ham bugungi kunda iste’molchi kadrlar uchun jahon durdonalarini mukammal tushunadigan hamda korxonalarni innovatsion rivojlantirish strategiyasi sari ildam qadam tashlashga yetaklaydigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida ana shu maqsadni amalga oshirishga sobitqadamlik bilan bel bog’laydigan hamda kamarbasta bo‘ladigan adabiyotlaming yetishmasligi va talabga javob bermasligi achinarli holdir. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek, “kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Jamiyatda yuzaga keladigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan korxonalarni zamonaviy, innovatsion bozor tamoyillari asosidagi strategiyalarini mazmun-mohiyatini tushunish zarur. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish hamda jahondagi yetuk kompaniyalarni rivojlantirish modellarini o‘rgatish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan rivojlantirish modellari sirlarini, ayniqsa, korxonalarni rivojlantirish strategiyasi mazmunini, uning jahon talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashdagi maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.09.2017 yildagi PQ-3271-son 14.09.2017 yil Download 132.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling