Ўзбекистон республикаси


BUTUN JAHON SOG'LIQNI SAQLASH


Download 1.12 Mb.
bet10/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

BUTUN JAHON SOG'LIQNI SAQLASH

UYUSHMASINING KONTEKSTI

1977 yilda O'ttizinchi Butun jahon Sog'liqni Saqlash Assambleyasi ikkita muhim rezolyutsiyani qabul qildi:

Birinchisi tarixiy rezolyutsiya bo'lib (WNA-30.43), unda shunday deyiladi:

«Bo'lajak o'n yillikda hukumatlarning va Butun Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining asosiy vazifalari shundan iboratki, 2000 yilga kelib, dunyoda yashovchi hamma odamlarning sog'ligi yuqori darajaga ko'tarilishi kerak. Ular ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan to'la-to'kis yashash imkoniga ega bo'lsin. Bu rezolyutsiya maqsadi endi hammaga ma'lum: «2000 yilda hamma sog'lom bo'lishi uchun».

Ikkinchi rezolyutsiya (WNA 30.4x) birlamchi sog'liqni saqlash uchun hamshira va akusherlarning muhimligini va bunda qatnashuvchi mamlakat vakillarini, bu guruhlarning vazifa va rolini o'rganishga da'vat etadi. Birlamchi sogliqni saqlashda mamlakatlar ehtiyojini hisobga olib, ular miqsorini asosli ravishda kuchaytirish ko'zlanadi. Keyinchalik sog'liqni saqlashda va salomatlikning yangi yo'nalishini ishlab chiqishda qator o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ulardan eng ko'zga ko'rinarlisi Almati Deklaratsiyasidir.

Sog'liqni saqlashning birinchi bo'g'inida sog'liqni saqlash professional xodimlariga va hukumatga keng yo'nalish va huquqlar berdi. Qatnashuvchi mamlakat vakillari o'zlarining «Salomatlik hamma uchun» milliy-strategik rejalarini ishlab chiqdilar, so'ngra regional va global strategiyalar ishlab chiqildi. Butun Jahon Sog'liqni Saqlash Assamblyoyasida «2000 yilda hamma uchun salomatlik» global strategiyasi qabul qilingan bo'lib, u yakka va jamoa milliy javobgarligining ifodasi hisoblanadi. Global strategiyada sog'liqni saqlash kadrlarini tayyorlash masalasiga alohida diqqat qaratildi. Sog'liqni Saqlash Vazirligi va boshqa vazirliklar hamda ta'limga aloqador organlar, shu jumladan, Xalq Ta'limi Vazirligi, sog'liqni saqlash xodimlarining sifati va kategoriyasiga qarab, kelajakdagi ta'minot miqdorini qayta ko'rib chiqishlari kerak. Bunday tayyorgarlik yakka va oila o'z-o'ziga yordam berishida sog'liqni saqlash (SS) xodimlarining qarashini hisobga oladi. Fanda va o'quv dargohlarida tibbiyot sohasida kerakli islohot o'tkazish uchun ular qo'ldan. kelgan kuchlarini ayamaydilar. Shunday qilib, SS xodimlari texnik tayyorlash bilan bir vaqtda sog'liqni mustahkamlash falsafasiga kirib borishlari kerak. Bu g'oya Almati Deklaratsiyasiga va hozirgi strategiyaga to'g'ri keladi.

Bundan tashqari, Ovropa mamlakatlari . o'zining sgrategiyasini ishlab chikdi. Ular boshqa mamlakatlarda ham SSning rivojlanishi uchun fundamental o'zgarishlar qilishga chaqirdilar. Salomatlik va yashash rusumida 4 ta yo'nalish ajratildi: atrof-muhit va salomatlikka tegishli ustivor omillar; SS tizimini o'zgartirish. Bu kerakli, zarur o'zgarishlarni hayotga tatbiq etish uchun siyosiy, boshqaruvchi, texnologik, kadrlar, ilmiy-tekshirish va boshqalarni qo'llab-quvvatlash kerak. Strategiya bularni joriy qilish uchun aniq maqsad qo'yishga chaqirdi. Shunday qilib, SS da yangi davr boshlandi. Mamlakat vakillari BJSST vositasida boshqa mamlakat yutuqlari bilan tajriba almashishga kelishib oldilar.

Maqsadlar 38 ta regional, 6 ta asosiy tamoyillarga ajratiladi:

- Hozirgi vaqtda mamlakatlar o'rtasidagi va mamlakat ichidagi notinchlikni mumkin qadar qisqartirish kerak.

- Odamlar pozitiv salomatlikni sezishlari kerak va o'zlarini jismoniy, aqliy va ruhiy imkoniyatlarini to'liq ishga solishlari kerak. Ko'rinib turibdiki, asosiy diqqat sog'liqni mustahkamlashga va kasallikning oldini olishga qaratilishi kerak.

- Salomatlikka odamlarning o'zlari yetishishlari kerak. To'liq ma'lumotga va yuqori motivatsiyaga ega bo'lgan faol qatnashuvchi aholi umumiy maqsadga erishishda asosiy hisoblanadi.

- Salomatlik hamma qiziquvchi sektorlarning kelishilgan harakatini talab kiladi. SS organlari xalqimizning muammolarini hal qilishi mumkin.

- SS tizimi asosiy e'tiborni birinchi tibbiy-sanitar yordamga qaratishi kerak. Aholi salomatligining asosiy ehtiyojlarini qondirishi kerak. Bu xizmat ko'rsatish, yordamni ularning yashash joylariga yoki ishlash joylariga imkon qadar yaqin qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shunday qilinsa, hamma uchun qulay va yengil bo'ladi.

- SS muammolari mamlakatlarning milliy chegarasidan tashqariga chiqib ketdi. Masalan: atrof-muhitning ifloslanishi, sog'liqqa zarar keltiruvchi mahsulotlar bilan savdo qilish kabi muammolarni hal qilish xalqaro hamkorlikni talab qiladi.

BJSST Ovropa Regional Byurosining hamshira va doyalik bo'limlari hamshiralik parvarishini tekshira boshladi. Tekshirishning asosiy natijasi shu bo'ldiki, hamshira amaliyotini 38 regional maqsadga yo'naltirish kerak, degan xulosa qilindi. Bo'lim hamshiralar ishi amaliyotida ta'lim, tekshirish va qonunchilikdagi o'zgarishlar to'g'risida barcha regionlarda diskussiya uyushtiriladigan bo'ldi. Bunda BJSST 1988 yilda Venada Hamshiralar ishi bo'yicha birinchi Yevropa konferensiyasini o'tkazdi. Ungacha mahalliy va milliy muhokamalar o'tkazilib, hattoki Yevropa davlatlaridagi 180000 hamshira tavsiyasi va amaliyoti qayta ko'rib chiqishga diqkat qaratilgan edi. Konferensiya vakillari hamshira ishini rivojlantirish, ularning diqqatini kasallikka emas, salomatlikni asrashga qaratish to'g'risida tavsiyalar berdilar.

Hamshiralik asosida yotadigan «Hamma uchun salomatlik» dasturini Almati Deklaratsiyasi quyidagicha izohladi:

Sog'liqni saqlash xizmati hamma uchun eng avvalo, ochiq, barobar bo'lishi kerak. Shaxsni va jamyyatni tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatish rejalashtirilishiga maksimal' darajada jalb qilish kerak: buning uchun shunga mos texnologiya bo'lishi zarur. Texnika va jihozlar ilmiy asoslangan bo'lishi, mahalliy sharoitga moslashgan bo'lishi, hammaga qo'llash mumkin bo'lishi kerak. Tibbiy-sanitariya yordamini SS umumiy rivojlavishining bir qismi sifatida qarash kerak. Qolgan sektorlar ham yashash sharoiti, ovqatlanishi hayot sharoitini yaxshilashi muhim hisoblanadi. Shu tuzilma chegarasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatining zarur qismlari

quyidagilar:

- SS muammosida ustun turuvchi masalalar va uning oldini olish va nazorat qilish, yoritilishi.

- Aholini toza sifatli ovqat bilan ta'minlash va shunga mos ovqatlanishni uyushtirish.

- Toza sharoit va toza suv bilan ta'minlash.

-Ona va bola muhofazasini uyushtirish (oilani rejalashtirish).

- Asosiy yuqumli kasalliklarga qarshi emlash o'tkazish.

- Mahalliy va endemik kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish.




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling