Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet8/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Mutaxassisning vazifalari:

Hamshiralik ishi bo'yicha mutaxassislar davolash-profilaktika (diagnostika markazlari. tug'ruqxonalar, ayollar maslahatxonalari, tajribaxonalar, QVP), ilmiy-tadqiqot muassasalari, SES, sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish uchun tayyorlanadi.

Kunduzgi statsionarlar, uy sharoitidagi statsionarlar, ambulatoriya, jarrohlik markazlari, qishlok vrachlik punktlarini yaratgan holda ambulatoriya, poliklinika yordamini kuchaytirish orqali kasalliklarning oldini olish hozirgi kunda ham O'zbekistonda ustivor yo'nalish bo'lib qolmokda.

Hozirgi davrda bizning Respublikamizda hamshiralik ishi mutaxassislarining majburiyatlari ro'yxatiga vrachlarning quyidagi vazifalari kiritilgan:

1. Bemorlarni operatsiyadan keyin parvarishlash, operatsiya jarohatining holatiga baho berish, chok iplarini olish va boshqalar,

2. Hushini yo'qotgan bemorlar nafas olmayotgan holda yurak, o'pka reanimatsiyasini o'tkazish.

Tayyorlanayotgan yuqori malakali tibbiyot hamshirasi reanimatolog, anesteziolog, operatsiya xonasi hamshirasi, tug'ruqxonaning doyasi sifatida ishlashi mumkin.

Respublikamizda kasbiy mahoratga ega bo'lgan va tibbiyot texnikasi doimo yangilanib turadigan sharoitga tez moslasha oladigan, madaniy-intellektual saviyasi yuqori bo'lgan, yuridik huquqlarni anglagan va maxsus qonunchilik bilan himoyalangan mutaxassislarga ehtiyoj sezilmokda.

Tashxis qo'yishga, davolash-diagnostika jarayonining teng huquqli ishtirokchisi bo'lishga qodir rahbarlik darajasiga ko'tarilishga imkoniyati bo'lgan hamshiralik ishi mutaxassislarini tayyorlash vaqti keldi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling