Ўзбекистон республикаси
TARIXGA VA HAMSHIRALIK ISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
TARIXGA VA HAMSHIRALIK ISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
Kishilarning dinga ishonishi sehrli kuchlardan boshlab, ma'budlarga sig'inishi, o'zining taqdirini ularga ishonib topshirishi inson hayotiga ko'p o'zgarishlar olib kelgan. Shularga ishongan holda inson tabiatdan davo izlaydi. Sehrgarlar kishilarning ishonchini oshirgan holda duolar bilan odamlarning e'tiborini o'ziga qaratganlar, Ular mullalarga ishonishgan, o'simliklardan tayyorlangan dorilarni ichib, davo topishgan. Lekin bu davrda boshqa ko'plab kasalliklarni yaxshi tushunishmagan. Masalan, inson bir joyini kesib olsa, og'riq qayerda bo'layotganini bilgan. Lekin ichki a'zolardagi og'riqlarni, harorat ko'tarilishining sabablarini, yutalning kelib chiqishini, falaj qanday paydo bo'lishi va ularga qanday yordam berishni bilishmagan. X asrda zamonaviy asboblarsiz davolash qiyin bo'lgan, albatta. Shuning uchun tabiblar kishilarning dunyoqarashiga e'tibor berganlar. Meditsina ham ba'zan sehrgarlarga ishongan. Chunki ular bemorlar qalbiga, ruhiga yo'l topib, davolashadi. Avvalgi davrda odamlar orasida «o'tgan ruhlarga siginmagan odam kasal bo'ladi» degan tushuncha yurgan. Chunki ularda gunoh yo'q, ruhlari pok bo'ladi, deb o'ylashgan. Bundan kelib chiqadiki, ularning tanasini ko'rish, o'rganish, meditsina tekshirishlari o'tkazish mumkin emas edi. Jumladan, uqalashning tarixi ham to'satdan paydo bo'lgan. Ular odam tanasidan yovuz ruhlar uchadi deb tanani har xil harakatlar bilan uqalashgan. Kishilar kasal bo'lganda Ollohdan madad so'rab, ibodatxonalarga borishgan va Ollohdan inoyat kutib, ushbu kasalga mullalardan yordam kutganlar. Mullalar ishini «hamshiralik ishi» deb qarasak bo'ladi, Turli jamiyatda meditsina hamshirasining o'z gigiyenik qoidalari mavjud. Bularga ayol kishining hayz paytida, tug'ayotganda gigiyenik qoidalarga amal qilish, infeksion kasalliklarga nazorat, karantin, dezinfeksiya qilishlar kiradi. Qadimgi greklarda sog'liq xudosi Appolon, uning o'g'li Asklepiy tibbiyot xudosi. uning qizi Gigiya va Panatseya sogliq va tozalik xudosi bo'lgan. Epidaurosda Asklepiy nomiga katta ibodatxona qurilgan. Uning yonida hozir katta tibbiyot markazi barpo etilgan. Gippokrat tibbiyot xudosi Asklepiy oilasiga mansub bo'lgan. Bugungi yoshlar, tibbiyot bilan hayotini bog'laganda, Gippokrat qasamyodini qabul qilayotganida din va tibbiyot o'rtasidagi aloqani unutmasligi kerak.
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling