Ўзбекистон республикаси
III. HAMSHIRALIK ISHI VA HARBIY-DALA
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
III. HAMSHIRALIK ISHI VA HARBIY-DALA
TERAPIYASI ASOSLARI 3.1. HARAKATDAGI ARMIYADA TERAPEVTIK YORDAMNI TASHKIL ETISH ASOSLARI HARBIY-DALA TERAPIYASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Harbiy-dala terapiyasi asosiy klinik tibbiy harbiy fanlardan biridir. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) qo'shinlarning turli sharoitlardagi jangovor harakatlari paytida yaradorlar va bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatishni ishlab chiqish; ilmiy asoslash, takomillashtira borish va bevosita amalga oshirish; 2) ommaviy qirg'in (yadroviy, kimyoviy va bakteriologik) qurollari ishlatilganda inson organizmida kelib chiqadigan ichki a'zolar kasalliklarining barvaqt aniqlanishi, sabablari, kechishi, davolanishi va oldi olinishini o'rganish; 3) jangovor harakatlar paytidagi shikastlanish (kuyish, yaralanish, kontuziya holati) oqibatida ichki a'zolarda kelib chiqadigan patologik holatlarni o'rganish, ularning davolanishi va oldini olish; 4) jangovor harakatlar paytida uchraydigan kasalliklarning kelib chiqishi va davolanishini o'rganish. Harbiy-dala terapiyasi harbiy tibbiyotning bir bo'limi bo'lib, u ham harbiy tibbiyotga asoslanadi. Bularga: a) yarador va bemorlarni tibbiy ko'chirish bosqichlarida kasalliklarning kelib chiqishi va ularni davolash usullari borasida hamfikrlilik; b) tibbiy bosqichlardan o'tayotgan yarador va bemorlarni tekshirish; v) tibbiy hujjatlarni aniq, qisqa to'ldirib borish kabilar kiradi. Dastlabki tibbiy bosqichlarda qo'shimcha laborator-asbobiy tekshiruv usullaridan cheklanib, bemorga tashxis qo'yish klinik usullardan foydalanib amalga oshiriladi. Bunda kasallik aniqlanibgina qolmasdan, shu bosqich ichida ko'rsatiladigan tibbiy choralarning ma'qulini ham tanlash lozim. Jangovor harakatlar tez o'zgaruvchan sharoitda olib boriladi. Shuning uchun ham, turli qo'shin (quruqlikdagi ko'shinlar. dengiz floti, aviatsiya, tank qo'shinlari va hokazo), turli xil ommaviy qirg'in kurollari qo'llaniladigan va juda ko'p kishilar tibbiy yordamga muhtoj bo'lishini nazarda tutib, tez o'zgaruvchan sharoitlarda harbiy-dala terapiyasi oldiga qisqa vaqt ichida yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish vazifasi qo'yiladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling