URUSH SHAROITIDA YARADORLAR VA BEMORLARGA
TERAPEVTIK XIZMATNI TASHKIL ETISH
Ommaviy qirg'in kurollari ishlatiladigan urush sharoitida yaradorlarga va bemorlarga terapevtik xizmatni tashkil etish juda murakkablashadi. Chunki bunda terapevtik yordamga muhtoj bo'lganlarning aksariyati bevosita ana shu jangovor qurollar zarbiga uchragan bo'ladi. Bunda uchraydigan kasalliklar asosan o'tkir nur kasalligi, kimyoviy moddalar hamda biologik quroldan zaharlanish, kontuziya, shuningdek, bir necha qurol birga ta'sir qilishi natijasida va yadro kuroli portlashidan zararlanish, sarosimaga tushish kabilardir. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, o'tkir nur kasalligiga duchor bo'lganlarning 30 foizidan ko'prog'i terapevtik yordamga muhtoj bo'lar ekan. Shubhasizki, kimyoviy va biologik quroldan jabr ko'rganlarga terapevtik xizmatni tashkil etish: yana ham murakkab bo'ladi. Masalan, zaharlovchi moddalar ta'siriga uchragan kishilarning 60-70 foiziga terapevtik xizmatni ko'rsatishda atrofdagilar uchun xatarli bo'lgan yarador va bemorlarni yakkalab qo'yish zarur. Shu bilan birga kimyoviy va biologik qurol ta'sirida jabrlanganlardan ko'pchiligining ust-boshi va badanini tozalash ham kerak. Shuningdek, bir necha qurol ta'siri natijasida bir vaqtning o'zida ham og'ir terapevtik patologiyali, ham yengil yarador, ham kuygan bemorlar uchrashi mumkin.
Yarador va bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish bilan birga terapevtik xizmatni tashkil etish ularga ularda rivojlanadigan ichki kasalliklarning oldini olish, tashhislash va davolash bo'yicha katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |