3.5. ZUDLIK BILAN TIBBIY YORDAM
KO'RSATILADIGAN HOLATLAR (VA SHOSHILINCH
TERAPEVTIK MUOLAJA QOIDALARI)
Harbiy shifokor jang maydonida kasallikni aniqlashga yordam beruvchi qo'shimcha vositalardan foydalana olmaganligi sababli tashhis qo'yishda kiyinchiliklarga duch keladi. Ba'zan bemordan so'rab bilish yoki uni yechintirib ko'rish imkoniyati bo'lmaydi. Shuning uchun zarur tibbiyot yordami ko'rsatishda shifokor asosan kasallik belgilarga ko'ra chora izlaydi. Dala sharoitida bemorning ahvoli, kasallik belgilari paypaslab ko'rish, barmoqlar bilan urish, qon bosimini o'lchash kabi keng tarqalgan usullar yordamida aniqlanadi.
Zudlik bilan ko'rsatiladigan tibbiyot yordamidan maqsad organizmning hayot faoliyatini kerakli darajagacha ko'tarish va ushlab turishdan iborat. Bunda shifokor organizmning faoliyatini normal holatga keltirishi uchun:
a) nafasni yaxshilashi; b) qon aylanishini me'yorlashtirishi; v) qonda aylanib yurgan va tanaga so'rilgan zaharlarni chiqarishi, tana ichki muhitini yaxshilashi; g) markaziy asab tizimi faoliyatini tiklashi; d) jigar va buyrak faoliyatini maromiga keltirishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |