Ўзбекистон республикаси
Rejani bajarishga ta'sir etuvchi omillar
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
Rejani bajarishga ta'sir etuvchi omillarHamshiralik parvarish rejasida belgilangan vazifalar bajarilishi bo'yicha mijozlar bilan ishlashda reja o'zgarishi mumkinligini yodsan chikarmang. Quyidagilar reja bajarilishiga ta'sir etuvchi ba'zi omillardir. Mijoz omillari, Aslida, parvarish rejasini bajarishdagi muvaffaqiyatning birlamchi determinanti mijoz hisoblanadi. Faol hamshira parvarishlash rejasini mijozning (1) davolash rejasida ishtirok etish qobiliyati (xohishi) o'zgarishlari hamda (2) hamshiralik tadbirlariga avvalgi qarashlarini e'tiborga olib tuzadi. Mijozning boshqa omillari- bo'lib rivojlanganlik va ruhiy-ijtimoiy darajasi hisoblanadi. Davolash masalalarida ko'pgina hamshiralar rivojlanganlik bosqichini rivojlanish ehtiyojlari belgilashiga e'tibor kiladilar. Ayni rivojlanish bosqichi masalalari hamda uning hamshiralik parvarishi bilan qanday tarzda bog'liqligi hamma vaqt ham hisobga olinavermaydi. Mijozlarni hamshiralik parvarishlashga rivojlanish bosqichlari to'g'risidagi bir xil tasavvurlar ham ta'sir etadi. Har tomonlama hamshiralik parvarishini rejalashda hamshira rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga ijodiy yondashishi kerak. Bu, ayniqsa, mijoz o'z oilasi va uy sharoitlaridan uzokrok vaqtga ajralgan bo'lsa, juda zarurdir. Bu, shuningdek, kishining fiziologik ehtiyojlariga ham taalluqlidir. Hamshiralik tadbirlarini tanlashda mijoz maqomiga -xurmatni ham yodda tutish kerak. Tibbiy hamshira omillari. Parvarish rejasini bajarishga ta'sir qiluvchi hamshira omillari bo'lib hamshiraning puxtalik darajasi, ijodiy yondashishi (mijoz ehtiyojiga ko'ra hamshiralik uslubi tanlay bilish), tibbiy xizmat qilish xohishi va vaqti hisoblanadi. Resurslar. Tibbiy ta'minot kamchiliklari bor bo'limda har qanday batafsil ishlangan davolash rejasi ham muvaffaqiyatsiz bo'laveradi. Mos hamshiralik mutaxassisi, jihozlari mijozni parvarishlashning zarur tarkibi hisoblanadi. Hamshiralik parvarishlashning zamonaviy standartlari. Hamshiralik parvarishlash rejasini amalga oshirish uchun tanlangan barcha hamshiralik tadbirlari xamshiralik amaliyoti standartlari bilan mos bo'lishi kerak. Mutaxassisligi bo'yicha amaliy qo'llanma hisoblangan bu standartlarni har bir hamshira o'rganishi majburiydir. Standartlarni bilmaslik ma'suliyatsizlikka olib kelishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar natijalari. O'z ishi sifatining oshishini istagan xamshiralar ilmiy tadkiqotlar natijalaridan foydalanadilar. Hamshiralik ishi bo'yicha mutaxassislik jurnallari o'qish, konferensiya va seminarlarda qatnashish hamshiralik uslublari to'g'risvdagi bilimlarni oshirishi o'z samarasini bergan. Amaliyot boshqarilishining etik va huquqiy me'yorlari. Sog'liqni saqlash va klinik amaliyot etik doiralarini boshkaruvchi konun hamda nizomlarni bilmay hamshiralik ishi amaliy puxta bo'lishi mumkin emas. Hamshiralik parvarishlash rejasi bajarilishida endi faqat chindillik va vijdonishshk yetarli emas. Har bir hamshira mutaxassis hamshira amaliyotiga xos etik, xukuqiy vaaxloqiy ma'suldir. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling