Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet68/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Muomala vositalari


Bu bo'limda hamshiralar va tibbiy jamoaning boshka a'zolari o'rtasidagi muomala vositalari to'g'risida mulohaza yuritiladi. Sog'liqni saqlash xodimlari o'rtasidagi samarali aloqa davolash uchun juda ahamiyatlidir. Yaxshi aloqa mutaxassisga o'z xizmatini to'ldirish va mijoz parvarishlashda xatolar qilmaslikka imkon beradi.

Mulohazalar, hisobotlar va hujjatlash sog'liqni saqlash xizmatida qo'llanadigan birlamchi muomala vositalari hisoblanadi. Mulohazalar - bu odatda muammoni aniqlash yoki hal etish uslublari ishlash bo'yicha axborotlar birlashtirilishi uchun ikki va undan ko'proq shaxslarning og'zaki fikr almashishlaridir. Masalan, hamshiralarning biri boshqasidan, og'riq qoldiruvchi vosita tavsiyasi bajarilgach, mijozda og'riq yengillashganligini bilishi mumkin. Agar ikkala hamshira fikrlari mos kelsa, endi bu dorini qanday berish mulohaza qilinadi.

Hisobot bu xabar berish maqsadida mijoz ma'lumotlarining og'zaki, yozma yoki kompyuter asosidagi axborotidir. Laborator tahlillar natijalari o'zida mijoz ma'lumotlarini hisobot shaklida tutadi, masalan, sut bezi to'qimasi biopsiyasida aniqlangan yomon sifatlilik yoki atipik hujayralar borligi to'g'risidagi ma'lumot. Hisobot yoki hamshira yozuvi navbatchilik oxirida qo'yilgan masalalar erishilishi bo'yicha mijozning takomillashganligi to'g'risida ma'lumot beradi.

Hujjatlash - bu bajarilgan barcha hamshiralik tadbirlari - ma'lumotlar to'plash, diagnostika, rejalash, hamshiralik parvarishlash rejasini amalga oshirish va baholashning yozma, huquqiy qayd qilinishidir. Hujjatlash maqsadlari (1) mijoz xdkidagi zarur ma'lumotlarning kayd qilinishi va axboroti, (2) hukumat yoki sug'urta kompaniyalaridan rag'batlantirishlar va (3) turli hukukiy muomalalarda ishlatish mumkin bo'lgan huquqiy hujjat taqdim etish kabilardan iborat. Sog'liqni saqlash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha qo'shma hay'at mijoz ma'lumotlari to'planishi, hamshralik tashxisi ko'yilishi yoki mijoz ehtiyojlari belgilanishi, hamshiralik tadbirlari va hamshiralik parvarishlash natijalarini aks ettiruvchi hamshiralik parvarishlash ma'lumotlari klinik axborot tizimiga kiritilishini o'rnatadi. Har bir tibbiy muassasada hamshiralik yozuvi va hisobotlariga ma'suliyatni belgilaydigan o'z siyosati bo'ladi.




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling