Ўзбекистон республикаси
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
11.5. HAMSHIRALIK TASHXISOTI
Hamshira tashxisi - hamshiralik jarayonining asosidir. Tibbiy tashxis (vrach tashxisi kasallikning barcha belgilari yigindisidan iborat bo'lsa, hamshira tashxisi - hamshiralik ishi mutaxassisi tomonidan qo'yilib, kasallikning kechishiga to'g'ri baho berish, bemor bilan muloqot uslubiga ega bo'lish, bemorda kasallik oqibatida paydo bo'lgan muammolarni aniqlash, shu asosda davo, parvarishlash rejasini tuzish, mustaqil ravishda bemor kuzatuv kundaligini olib borish, bemorda sog'lomlashtirishni tashkil qilishdir. Hamshira bunday tashxisi qo'yish uchun nazariy bilimlarga ega bo'lish bilan birgalikda amaliy ko'nikmalarni ham mukammal bilishi kerak. Hamshira bemordan ma'lumot yig'ish jarayonidagi kasallikning obyektiv va subyektiv belgilarini aniqlash uchun bemor bilan muloqot (kommunikatsiya) usullarini bilishy lozim. Kommunikatsiya bemor bilan hamshira o'rtasidagi muloqot bo'lib, parvarishni, bemorning shaxsiyatini himoya kilgan holda, uninig ruhiy kechinmalarini va kasallik yengillashtirilishi usullarini aniqlab, bemorga psixoemotsional osoyishtalik yaratib, olib borishdir. Aniqlangan belgilarga asoslanib xamshira, bemor muammosini bartaraf qilish maqsadida, parvarish va davolash rejasi tuzadi. Hamshira tuzilgan reja asosida ish olib borsa, bemorning tuzalishiga, sog'lomlashtirilishiga kafolat bo'ladi, chunki rejali parvarish kasallikka qarashli choraning kechishida asosiylaridan hisoblanadi. Hamshira tashxisini qo'yishda laborator va funksional tekshiruvlar katta ahamiyatga ega. Hamshira bu tekshiruvlarga bemorlar tayyorlanishi, tekshiruv ahamiyati, o'tkazish usullar, natijalari va texnika xavfsizligi kabilarni bilishi kerak. Hamshira bemorning holatini to'g'ri baholay olishi kasallik kelib chiqish sabablarini, patogeiyezini, simptomatikasini, kechishini, diagnostikasini va asoratlarini bilishi zarur. Zamonaviy hamshira doimo bu bilimlariny mustahkamlab, o'z ustida ish olib borishi, jahon tibbiyoti muammolarini, kasallik davosi, parvarish qilish va oldi olinishi usullarini bilishi kerak. Shu maqsadda, hamshira hatti-harakatlari vrach hatti-harakatlariga bog'liq hamda mos bo'lishi kerak. Hamshira tashxisi ko'yishda asosan 3 ta qysmga ahamiyat beriladi: 1. Kasallikning etiologiyasi - sabablari. 2. Kasallikning belgi va simptomlari. 3. Bemor muammosini aniqlash. Etiologiya deb kasallikni keltirib chiqaradigan sabablari aytiladi. Ularning tarkibi quyidagicha: - Ekzogen (tashqi) ta'sir. Bularga mexanik, fizik, kimyoviy ta'sirlar, mikroblar, viruslar, zamburug'lar, parazitlar zarari vaboshqalar kiradi. - Endogen (ichki) ta'sirlar. Ichki a'zolardan kelib chiqadigan sabablar - nerv sistemasining o'zgarishlari, ichki sekretsiya bezlari hamda moddalar almashinuvining izdan chiqishi, ovkat hazm kilish, qon tomirlari va qon yaratish sistemasining buzilishi, allergik holatlar kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. - Ijtimoiy omillar - salbiy his-hayajonlar, psixoemotsional holatlar. - Kasallikning ba'zi alomatlari va xususiyatlari nasldan naslga o'tishi mumkin. Bular irsiy kasallikka sabab bo'ladi. Belgi va simptomlar. Organizmda ro'y bergai patologik o'zgarishlar kasallikning belgi va simptomlari ko'rinishida namoyon bo'ladi. Har bir kasallikning o'ziga xos klinik belgilari mavjud. Masalan, o'tkir bronxit kasalligining belgi va simptomlari: istima, yo'tal, ko'krak qafasida og'riq, ishtaha pasayishi. Muammo - aniqlangan omillar va tahlillardan kelib chiqadigan xulosadir. Muammo quyidagilardan iborat: 1. Dolzarb muammo - bemorning hozirgi muammosi bo'lib, hamshiradan birinchi navbatda shu muammoni bartaraf etish talab etiladi. 2. Potensial muammo - kasallikning oldi olinmasa, kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammodir. Jumladan: insultda, oldi olinmasa, yotoq yaralar paydo bo'ladi va bemorlar tuzalishida muammo ko'payadi. 3. Organizmning oldingi holatiga bog'lik bo'lgan muammo. Masalan, surunkali xasta bemorlarda o'tkir kechuvchi kasallik paydo bo'lganda shu surunkali kasallikning huruji tutishi mumkin. Hamshira o'tkir kechuvchi kasallik belgilarini aniqlab, parvarish rejasini tuzadi hamda bemorning oldingi holatiga, ya'ni surunkali xastaligiga bog'liq belgilarini ham bartaraf etishi lozim. Hamshira muammoni aniqlash uchun Gordon jadvalidan foydalanadi. Bu jadval asosan ro'y berayotgan biron-bir patologik holatda fiziologik va biologik o'zgarishlarni nazorat qilish uchun qo'llaniladi. Bemor muammosini aniqlashda hamshira Maslov pog'onasidan foydalanish mumkin. Bunda bemorning o'z kasaliga munosabati, kasallikni yengishiga ishonchi aniqlab olinadi, ya'ni bemorning kuchli va salbiy tomonlari belgilanishi lozimligi ko'rsatiladi. Bu shaxs badanida kasallikdan oldingi davrda, og'riq bo'lganida undan qutulishga harakat qilganmi yoki shu og'riqka chidab kelganmi? Organizmda yig'ilgan shlaklarni chiqarishga harakat qilganmi yoki bunga ahamiyat bermaganmi, evqatlanish va dam olish tartibiga rioya qilganmi yoki pala-partish ovqat yeb, tartibsiz dam olganmi, nafas olishida qiyinchiliklar bo'lganmi, bo'lgan bo'lsa uning sabablari nima? Pog'ona - bemorning hayotda maqsadi bormi? Bu, maksadiga erishish uchun ishonchi bor-yo'qligini, ya'ni hayotida aqliy yoki jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishini, jinsiy zaiflik bor-yo'qligini, o'z-o'zini himoya qila olishi yoki yordamga muhtoj ekanligini, jamiyatga, yaqinlariga kerakligi yoki yolg'izlikka moyilligini, o'ziga ishonchi bor-yo'qligini aniqlaydi. Pog'onaning eng yuqorisida bemorning shaxsiyatini tan olish turadi, uning shaxsiyatiga tegishga hyech kimning - vrachning ham, hamshiraning xam haqqi yo'q. Hamshira tashxisi qo'yilishidan maqsad - xamshira bemor oldida javobgarlikni sezgan holda mavjud bo'lgan muammoni hal qilishi, parvarish rejasini tuzib, shu reja asosida malakali yordam berishi, ahvolini yengillashtirishidir; bemor shaxsiyatini himoya kilish, ruhiy kechinmalarini yengillashtirish, bemorga psixologik osoyishtalik, tinchlik yaratib berish, kasallikni yengishga va hayotga bo'lgan ishonchni oshirishdan iborat. Masalan: Shifokor tashxisi: Ikki tomonlama o'choqli bronxopnevmoniya, o'tkir kechishi. Nafas yetishmovchilikning 1-darajasi. Hamshira tashxisi: - tana haroratining ko'tarilishi; - nafas olishning qiyinlashuvi va yo'tal; - taxikardiya; - uyquninng buzilishi; - ishtaha susayishi; - holsizlanish. Hamshira yuqorida keltirilgan simptomlarning har biriga parvarish rejasini tuzib, shu reja asosida bemorni parvarish kiladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling